Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Bedarak yoʻqolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

95-modda. Bedarak yoʻqolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb 
topilgan jismoniy shaxsning soliq majburiyatini bajarish 
(1-q.)
Sud tomonidan bedarak yoʻqolgan deb eʼtirof etilgan jismoniy shaxsning soliqlarni 
toʻlash boʻyicha soliq majburiyati ushbu bedarak yoʻqolgan shaxsning mol-mulkini boshqarish 
huquqiga ega boʻlgan shaxs (bundan buyon matnda vakolatli shaxs deb yuritiladi) tomonidan 
qonunchilikka muvofiq uning mol-mulki hisobidan bajariladi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-
son Qonuni tahriridagi qism) 
(2-q.)
Vakolatli shaxs sud tomonidan bedarak yoʻqolgan deb topilgan jismoniy shaxsning u 
bedarak yoʻqolgan deb topilgan kunda vujudga kelgan butun soliq qarzini shu bedarak yoʻqolgan 
shaxsning pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulki hisobidan uzishi shart. 


(3-q.)
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan jismoniy shaxsning soliq 
majburiyati shu muomalaga layoqatsiz shaxsning mol-mulki hisobidan uning vasiysi tomonidan 
bajariladi. 
(4-q.)
Vasiy muomalaga layoqatsiz jismoniy shaxsning soliqlar boʻyicha butun soliq qarzini 
shu muomalaga layoqatsiz shaxsning pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulki hisobidan uzishi 
shart. 
(5-q.)
Sud tomonidan bedarak yoʻqolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan jismoniy 
shaxsning soliqlarni toʻlash boʻyicha majburiyatini, shuningdek unga tegishli penyalar va 
jarimalarni toʻlash boʻyicha majburiyatni bajarish, shu jismoniy shaxsning pul mablagʻlari yoki 
boshqa mol-mulki koʻrsatilgan majburiyatni bajarish uchun yetarli boʻlmagan (mavjud 
boʻlmagan) taqdirda, tegishli soliq organining qarori bilan toʻxtatiladi. 
(6-q.)
Jismoniy shaxsni bedarak yoʻqolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topishni bekor 
qilish toʻgʻrisida belgilangan tartibda qaror qabul qilingan taqdirda, toʻxtatib turilgan 
majburiyatlarning bajarilishi mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran tiklanadi. 
(7-q.)
Ushbu moddaga muvofiq, sud tomonidan bedarak yoʻqolgan yoki muomalaga 
layoqatsiz deb topilgan jismoniy shaxslarning soliqlarni toʻlash boʻyicha majburiyatlari 
yuklatilgan shaxslar soliq toʻlovchilar uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda barcha 
huquqlardan foydalanadi va barcha majburiyatlarni mazkur moddada nazarda tutilgan 
xususiyatlarni hisobga olgan holda bajaradi. Ushbu modda bilan oʻziga yuklatilgan 
majburiyatlarni bajarish chogʻida, shu munosabat bilan soliq huquqbuzarliklarini sodir etganlik 
aybi uchun javobgarlikka tortiladigan mazkur shaxslar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan 
jarimalarni tegishlicha sud tomonidan bedarak yoʻqolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan 
shaxsning mol-mulki hisobidan toʻlashga haqli emas. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling