Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Mol-mulkni ishonchli boshqaruvga berishda
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 94-modda. Jismoniy shaxs vafot etgan yoki u vafot etgan deb eʼlon qilingan taqdirda soliq majburiyatini bajarish
93-modda. Mol-mulkni ishonchli boshqaruvga berishda
soliq majburiyatini bajarish (1-q.) Ishonchli boshqaruvchi ishonchli boshqaruv shartnomasi tuzilgan sanadan eʼtiboran ishonchli boshqarish shartnomasi boʻyicha soliq majburiyatlarini bajaradi. (2-q.) Ishonchli boshqaruvni taʼsis etuvchi (naf oluvchi), mol-mulk ishonchli boshqaruvga topshirilishi munosabati bilan oʻzida yuzaga keladigan soliq majburiyatlarini, agar soliq majburiyatlarini bajarish (qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha majburiyatlardan tashqari) ishonchli boshqaruvchiga yuklatilmagan boʻlsa yoxud mol-mulk Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan ishonchli boshqaruvchiga ishonchli boshqarishga topshirilgan taqdirda, mustaqil ravishda bajaradi. (3-q.) Ishonchli boshqaruvchi soliq solish obyektlarining va (yoki) soliq solish bilan bogʻliq obyektlarning hisobini ishonchli boshqaruvni taʼsis etuvchining (naf oluvchining) manfaatlarida amalga oshiriladigan ishonchli boshqaruv faoliyati boʻyicha va boshqa faoliyat boʻyicha alohida- alohida yuritishi shart. (4-q.) Agar ishonchli boshqaruvni taʼsis etuvchi (naf oluvchi) uchun soliq majburiyatini bajarish, shuningdek soliq hisobotini va moliyaviy hisobotni tuzish hamda taqdim etish boʻyicha majburiyatni bajarish ishonchli boshqaruvchiga yuklatilgan boʻlsa, bunday soliq majburiyatini bajarish ishonchli boshqaruvchi hisoblanuvchi shaxs nomidan ushbu Kodeksning Maxsus qismida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. (5-q.) Agar ishonchli boshqaruvchi soliqlarni hisoblash va toʻlash boʻyicha ushbu moddada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmagan yoki toʻliq hajmda bajarmagan boʻlsa, ularni bajarish majburiyati ishonchli boshqaruvni taʼsis etuvchiga (naf oluvchiga) yuklatiladi. 94-modda. Jismoniy shaxs vafot etgan yoki u vafot etgan deb eʼlon qilingan taqdirda soliq majburiyatini bajarish (1-q.) Soliq qarzi mavjud boʻlgan jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda, soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikni lozim darajada bajarmaganlik uchun unga hisoblangan penyalar va jarimalar summasi undirilishi umidsiz summalar deb eʼtirof etiladi. Ushbu jismoniy shaxsning soliqlar boʻyicha uzilmay qolgan qarzi vafot etgan shaxsning meros qilib olinadigan mol-mulkini meros qilib olish tartibida qabul qilib olgan uning merosxoʻri (merosxoʻrlari) tomonidan meros qilib olinadigan mol-mulkning qiymati doirasida va uning (ularning) merosdagi ulushiga mutanosib ravishda, ushbu moddaning qoidalarini inobatga olgan holda uziladi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ- 683-son Qonuni tahriridagi qism) (2-q.) Agar vafot etgan jismoniy shaxsning soliqlar boʻyicha soliq qarzi meros qilib olinadigan mol-mulk qiymatidan ortiq boʻlsa, soliq qarzining meros qilib olinadigan mol-mulk qiymatidan ortiq summasi undirilishi umidsiz summa deb eʼtirof etiladi. Mazkur norma merosxoʻr (merosxoʻrlar) tomonidan meros qilib olinadigan mol-mulkning qiymati hujjatlar bilan tasdiqlangan hollarda qoʻllaniladi. (3-q.) Merosxoʻr boʻlmaganda yoki merosxoʻr (merosxoʻrlar) meros olish huquqidan voz kechganda, vafot etgan jismoniy shaxsning soliq qarzi undirilishi umidsiz qarz deb eʼtirof etiladi. Umidsiz soliq qarzi soliq organlari tomonidan hisobdan chiqarilishi lozim. (4-q.) Soliq qarzi boʻlgan jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda, mazkur jismoniy shaxs hisobga qoʻyilgan joydagi va (yoki) uning mol-mulki turgan joydagi soliq organi vafot etgan shaxsning merosxoʻri (merosxoʻrlari) toʻgʻrisida axborot olingan paytdan eʼtiboran bir oy ichida unga (ularga) soliq qarzi mavjudligi toʻgʻrisida xabar qilishi shart. (5-q.) Vafot etgan jismoniy shaxsning merosxoʻri (merosxoʻrlari) mazkur jismoniy shaxsning soliqlar boʻyicha qolgan qarzini meros qabul qilib olingan kundan eʼtiboran bir yildan kechiktirmay uzishi shart. (6-q.) Soliq organining qaroriga binoan uzish muddati, agar soliq qarzi mavjudligi toʻgʻrisidagi xabarni merosxoʻr (merosxoʻrlar) toʻlash muddati oʻtishiga olti oydan kam vaqt qolganida olgan boʻlsa, uzaytirilishi mumkin. (7-q.) Vafot etgan jismoniy shaxsning jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliqni toʻlash boʻyicha qarzi umidsiz qarz deb eʼtirof etiladi. (8-q.) Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar fuqarolik qonunchiligida belgilangan tartibda vafot etgan deb eʼlon qilingan jismoniy shaxsning soliq qarziga nisbatan ham qoʻllaniladi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling