Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

92-modda. Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda 
soliq majburiyatini bajarish 
(1-q.)
Qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning soliq majburiyati ushbu moddada belgilangan 
tartibda uning huquqiy vorisi (huquqiy vorislari) tomonidan bajarilishi lozim. 
(2-q.)
Qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning soliq majburiyatini bajarish, qayta tashkil etish 
tugallanguniga qadar huquqiy vorisga (huquqiy vorislarga) qayta tashkil etilgan yuridik shaxs 
soliq majburiyatini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi faktlari va (yoki) holatlari 
maʼlum boʻlganligi-boʻlmaganligidan qatʼi nazar, uning huquqiy vorisi (huquqiy vorislari) 
zimmasiga yuklatiladi. 
(3-q.)
Huquqiy voris (huquqiy vorislar) oʻziga oʻtgan majburiyatlar boʻyicha jami soliq 
qarzini, shu jumladan qayta tashkil etilgan yuridik shaxsga uning qayta tashkil etilishi 
tugallanguniga qadar soliq huquqbuzarliklarini sodir etganlik uchun belgilangan jarimalar 
summalarini ham uzishi shart. 
(4-q.)
Qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquqiy vorisi (huquqiy vorislari) oʻz 
zimmasiga ushbu modda bilan yuklatilgan majburiyatlarni bajarishda soliq toʻlovchilar uchun 
ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda huquqlardan foydalanadi va zimmasida majburiyatlar 
boʻladi. 
(5-q.)
Yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi uning huquqiy vorisi (huquqiy vorislari) 
tomonidan uning soliq majburiyatlarini bajarish muddatlarini oʻzgartirmaydi. 


(6-q.)
Bir necha yuridik shaxslar qoʻshib yuborilganda ularning majburiyatlarini bajarish 
qismi boʻyicha bunday qoʻshib yuborish natijasida vujudga kelgan yuridik shaxs ularning huquqiy 
vorisi deb eʼtirof etiladi. 
(7-q.)
Bir yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qoʻshib olinganda, uni qoʻshib olgan yuridik 
shaxs soliq majburiyatini bajarish qismi boʻyicha qoʻshib olingan yuridik shaxsning huquqiy vorisi 
deb eʼtirof etiladi. 
(8-q.)
Yuridik shaxs boʻlinganda bunday boʻlish natijasida vujudga kelgan yuridik shaxslar 
soliq majburiyatini bajarish qismi boʻyicha uning huquqiy vorislari deb eʼtirof etiladi. 
(9-q.)
Bir necha huquqiy vorislar mavjud boʻlgan taqdirda, ulardan har birining qayta tashkil 
etilgan yuridik shaxsning soliq majburiyatini bajarishdagi ishtiroki ulushi fuqarolik qonunchiligiga 
muvofiq tuzilgan taqsimlash balansi bilan aniqlanadi. Agar taqsimlash balansi qayta tashkil etilgan 
yuridik shaxsning har bir huquqiy vorisining ulushini aniqlash imkonini bermasa, yangidan 
vujudga kelgan yuridik shaxslar qayta tashkil etilgan shaxsning soliq majburiyatini sudning 
qaroriga koʻra solidar bajarishi mumkin. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi 
qism) 
(10-q.)
Agar qayta tashkil etish soliq majburiyatini bajarmaslikka qaratilgan boʻlsa, qayta 
tashkil etilgan yuridik shaxs soliq majburiyatining hech boʻlmaganda bitta huquqiy voris 
tomonidan unga toʻgʻri keladigan soliq majburiyati qismini toʻliq hajmda bajarish imkoniyatini 
istisno etgan taqdirda ham, ushbu moddaning toʻqqizinchi qismida koʻrsatilgan qoida qoʻllaniladi. 
(11-q.)
Yuridik shaxs tarkibidan bir yoki bir necha yuridik shaxslar ajratib chiqarilganda 
qayta tashkil etilgan yuridik shaxsga nisbatan uning soliq majburiyatini bajarish qismi boʻyicha 
huquqiy vorislik, agar ushbu moddaning oʻn ikkinchi qismida boshqacha qoida belgilanmagan 
boʻlsa, yuzaga kelmaydi. 
(12-q.)
Agar yuridik shaxs tarkibidan bir yoki bir necha yuridik shaxslarni ajratib chiqarish 
natijasida qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxs oʻzining soliq majburiyatini toʻliq hajmda 
bajarish imkoniyatiga ega boʻlmasa va bunday qayta tashkil etish soliq majburiyatini 
bajarmaslikka qaratilgan boʻlsa, ajratib chiqarilgan yuridik shaxslar ushbu qayta tashkil etilgan 
shaxsning soliq majburiyatiga sudning qaroriga koʻra solidar ega boʻlishi mumkin. 
(13-q.)
Bir yuridik shaxs boshqa yuridik shaxs etib oʻzgartirilganda, yangidan vujudga 
kelgan yuridik shaxs soliq majburiyatini bajarish qismida qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning 
huquqiy vorisi deb eʼtirof etiladi. 
(14-q.)
Yuridik shaxs tomonidan u qayta tashkil etilgunga qadar undan ortiqcha undirilgan 
yoki ortiqcha toʻlangan soliq (penya, jarima) summasi huquqiy voris (huquqiy vorislar) qayta 
tashkil etilgan yuridik shaxsning soliq qarzini uzishi hisobiga soliq organi tomonidan hisobga 
olinishi lozim. Bunday hisobga olish qayta tashkil etish tugallangan kundan eʼtiboran bir oydan 
kechiktirmay ushbu moddada nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda amalga 
oshiriladi. 
(15-q.)
Yuridik shaxs tomonidan u qayta tashkil etilgunga qadar ortiqcha toʻlangan yoki 
undan ortiqcha undirilgan soliqning (penyaning, jarimaning) hisobga olinishi lozim boʻlgan 
summasi hisoblanishi va toʻlanishi ustidan nazorat qilish soliq organlari zimmasiga yuklatilgan 
boshqa soliqlar boʻyicha soliq qarziga mutanosib ravishda taqsimlanadi. 


(16-q.)
Qayta tashkil etilgan yuridik shaxsda soliq qarzi boʻlmagan taqdirda, ushbu yuridik 
shaxs tomonidan ortiqcha toʻlangan yoki undan ortiqcha undirilgan soliq (penya, jarima) summasi 
uning vorisiga (huquqiy vorislariga) huquqiy voris (huquqiy vorislar) ariza bergan kundan 
eʼtiboran bir oydan kechiktirmay qaytarilishi lozim. Bunda ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha 
undirilgan soliq (penya, jarima) summasi qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquqiy vorisiga 
(huquqiy vorislariga) har bir huquqiy vorisning taqsimlash balansi asosida aniqlanadigan ulushiga 
mutanosib ravishda qaytariladi. 
(17-q.)
Ushbu moddaning qoidalari yuridik shaxs qayta tashkil etilganda yigʻimlarni toʻlash 
boʻyicha majburiyatni bajarishga nisbatan ham qoʻllaniladi. 
(18-q.)
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar chet davlat qonunchiligiga muvofiq qayta 
tashkil etilgan chet el tashkiloti majburiyatlarining huquqiy vorisini (huquqiy vorislarini) 
aniqlashda ham qoʻllaniladi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(19-q.)
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining bojxona 
chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish munosabati bilan soliqlar toʻlashda ham qoʻllaniladi. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling