Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Yuridik shaxs tugatilganda


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

91-modda. Yuridik shaxs tugatilganda 
soliq majburiyatini bajarish 
(1-q.)
Tugatilayotgan yuridik shaxsning soliq majburiyati mazkur yuridik shaxsning pul 
mablagʻlari, shu jumladan uning mol-mulkini realizatsiya qilishdan olingan pul mablagʻlari 
hisobidan tugatuvchi tomonidan bajariladi. 
(2-q.)
Agar tugatilayotgan yuridik shaxsning pul mablagʻlari, shu jumladan uning mol-
mulkini realizatsiya qilishdan olingan pul mablagʻlari uning soliq qarzini toʻliq hajmda uzish 
uchun yetarli boʻlmasa, toʻlanmay qolgan qarz mazkur yuridik shaxsning ishtirokchilari 
tomonidan qonunchilikda belgilangan miqdorda va tartibda uzilishi mumkin. 
(OʻzR 21.04.2021-
y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 


(3-q.)
Yuridik shaxs tugatilayotganda soliq majburiyatini mazkur yuridik shaxsning boshqa 
kreditorlari bilan hisob-kitoblari oʻrtasida bajarish navbati fuqarolik qonunchiligi bilan 
belgilanadi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(4-q.)
Tugatilayotgan yuridik shaxs tomonidan ortiqcha toʻlangan yoki undan ortiqcha 
undirilgan soliqlar (penyalar, jarimalar) summalari soliq organi tomonidan ushbu Kodeksda 
belgilangan tartibda boshqa soliqlar boʻyicha soliq qarzini uzish hisobiga hisobga olinishi lozim. 
(5-q.)
Ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan soliqlarning (penyalarning, jarimalarning) 
hisobga olinishi lozim boʻlgan summasi boshqa soliqlar boʻyicha soliq qarziga mutanosib ravishda 
yoki tugatuvchining qaroriga binoan taqsimlanadi. 
(6-q.) 
Tugatilayotgan yuridik shaxsning soliqlar boʻyicha qarzi boʻlmagan taqdirda, ortiqcha 
toʻlangan yoki undan ortiqcha undirilgan soliqlar (penyalar, jarimalar) summasi shu yuridik 
shaxsga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda u ariza bergan kundan eʼtiboran oʻn besh kundan 
kechiktirmay qaytarilishi lozim. Soliq toʻlovchi tomonidan ariza taqdim etilmagan taqdirda, 
ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan soliqlar (penyalar, jarimalar) summasi Oʻzbekiston 
Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reestridan chiqarilgan soliq toʻlovchining shaxsiy 
hisobvaragʻidan hisobdan chiqariladi.
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi 
qism) 
(7-q.)
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining bojxona 
chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish munosabati bilan soliqlar toʻlashda ham qoʻllaniladi. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling