Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 85-modda. Soliq majburiyati
- 86-modda. Soliq majburiyatini bajarish tartibi va muddati
UMUMIY QOIDALARI
85-modda. Soliq majburiyati 86-modda. Soliq majburiyatini bajarish tartibi va muddati 87-modda. Soliq majburiyatining tugatilishi 88-modda. Soliq majburiyati boʻyicha daʼvo qilish muddatlari 85-modda. Soliq majburiyati (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi modda matni) (1-q.) Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan soliq toʻlovchilar zimmasiga yuklatilgan soliqlarni va yigʻimlarni toʻgʻri hisoblab chiqarish hamda oʻz vaqtida toʻlash majburiyati ularning soliq majburiyatidir. (2-q.) Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan soliq agentlarining zimmasiga yuklatilgan, oʻziga nisbatan ushbu shaxslar soliq agentlari deb eʼtirof etiladigan munosabatlar doirasida soliqlarni toʻgʻri hisoblab chiqarish, ushlab qolish va oʻz vaqtida oʻtkazish majburiyati soliq majburiyatiga tenglashtiriladi. (3-q.) Soliq majburiyati ushbu Kodeks yoki boshqa soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan asoslar mavjud boʻlganda yuzaga keladi, oʻzgartiriladi va tugatiladi. (4-q.) Har bir soliqqa nisbatan soliq majburiyati soliq toʻlovchiga coliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan ushbu soliqni toʻlashni nazarda tutuvchi holatlar yuzaga kelgan paytdan eʼtiboran yuklatiladi. 86-modda. Soliq majburiyatini bajarish tartibi va muddati (1-q.) Soliq toʻlovchi oʻzining soliq majburiyatini, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, mustaqil ravishda bajaradi. (2-q.) Yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanmaydigan jismoniy shaxs boʻlgan soliq toʻlovchining soliq majburiyati oʻzga jismoniy shaxs tomonidan bajarilishi mumkin. Bunda soliq toʻlovchi uning soliq majburiyati oʻzga jismoniy shaxs tomonidan bajarilishi natijasida olgan moddiy naf soliq solish maqsadlarida shu soliq toʻlovchining daromadi deb eʼtirof etilmaydi. Oʻzga shaxs oʻzi tomonidan soliq toʻlovchi uchun toʻlangan soliqning qaytarilishini talab qilishga haqli emas. (3-q.) Soliq majburiyati soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan muddatda bajarilishi kerak. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (4-q.) Soliq majburiyatini bajarish muddatlari kalendar sana yoki vaqt davri (yil, chorak, oy, oʻn kunlik va kun) oʻtishi bilan belgilanadi. (5-q.) Muddatning oʻtishi kalendar sanadan yoki muddatning boshlanishi belgilab qoʻyilgan voqea yuz berganidan keyingi kundan boshlanadi. Soliq majburiyati ushbu majburiyatni bajarish muddatining soʻnggi kuni soat yigirma toʻrtga qadar bajarilishi kerak. (6-q.) Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining soʻnggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga toʻgʻri kelsa, undan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. (7-q.) Soliq toʻlovchi soliq majburiyatini muddatidan oldin bajarishga haqli. (8-q.) Soliq majburiyatini bajarish muddati ushbu Kodeksning 97-102-moddalarida nazarda tutilgan tartibda oʻzgartirilishi mumkin. (9-q.) Soliq toʻlovchi tomonidan soliq majburiyatining bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi unga soliq organi tomonidan soliq qarzini toʻlash toʻgʻrisida talabnoma yuborilishi uchun asos boʻladi. (10-q.) Soliq toʻlovchi tomonidan soliq majburiyati bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, soliq organlari ushbu majburiyatning majburiy tartibda bajarilishi yuzasidan ushbu Kodeksning 15-bobida nazarda tutilgan choralarni koʻrishi va (yoki) uning bajarilishini taʼminlashga doir ushbu Kodeksning 13-bobida nazarda tutilgan choralarni qoʻllashi shart. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling