84-modda. Soliq hisobotini saqlash muddati
(1-q.)
Soliq toʻlovchilar va soliq agentlari soliq organlariga soliq hisobotini va unga ilova
qilinadigan hujjatlarni, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, ushbu
hisobot taqdim etilgan yildan keyin kamida besh yil saqlashi shart.
(2-q.)
Agar soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik soliq stavkasini qoʻllashni, toʻlanadigan soliq
miqdorini, soliq imtiyozini yoki soliq chegirmasini qoʻllashni va (yoki) soliqni toʻlash muddatini
oʻzgartirishni soliq toʻlovchining muayyan shartlarga rioya etishi bilan bogʻlasa, ushbu soliq
toʻlovchi barcha tasdiqlovchi hujjatlarni mazkur shartlarning amal qilishi tugaydigan yildan keyin
kamida besh yil saqlashi kerak. Bunday tasdiqlovchi hujjatlar jumlasiga, xususan, ushbu soliq
boʻyicha soliq hisoboti, unga ilova qilinadigan hujjatlar, shuningdek koʻrsatilgan shartlarga yoki
majburiyatlarga rioya etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar kiradi. Ushbu qismning qoidalari, agar
koʻrsatilgan shartlar yoki majburiyatlar vaqtinchalik tusga ega boʻlsa va ularga rioya etilishini
hujjatlar bilan tasdiqlashni talab qilsa, qoʻllaniladi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni
tahriridagi qism)
III BOʻLIM.
SOLIQ MAJBURIYATINI BAJARISH
9-bob. Soliq majburiyatini bajarishning umumiy
qoidalari (85 - 88-moddalar)
10-bob. Soliq majburiyatini bajarish (89 - 96-moddalar)
11-bob. Soliqlarni toʻlash muddatlarini
oʻzgartirish (97 - 102-moddalar)
12-bob. Ortiqcha toʻlangan va ortiqcha undirilgan soliqlarni
hisobga olish hamda qaytarish (103 - 105-moddalar)
13-bob. Soliq majburiyatining bajarilishini
taʼminlash (106 - 114-moddalar)
14-bob. Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma (115 - 119-moddalar)
15-bob. Soliq qarzini undirish (120 - 125-moddalar)
9-BOB. SOLIQ MAJBURIYATINI BAJARISHNING
Do'stlaringiz bilan baham: |