Bojxona organlari tizimi va tuzilmasi bojxona komplekslari va hodimlari tarkibi bojxona organlarining intizomiy ustavi


Download 22.5 Kb.
bet1/6
Sana10.02.2023
Hajmi22.5 Kb.
#1186519
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-м амалий. Davlat bojxona organining asosiy vazifasi. Xalqaro savdo va uni tartibga solish ahamiyati

4.AMALIY MASHG’ULOT: DAVLAT BOJXONA ORGANINING ASOSIY VAZIFASI. XALQARO SAVDO VA UNI TARTIBGA SOLISH AHAMIYATI

REJA



  1. BOJXONA ORGANLARI TIZIMI VA TUZILMASI

  2. BOJXONA KOMPLEKSLARI VA HODIMLARI TARKIBI

  3. BOJXONA ORGANLARINING INTIZOMIY USTAVI

  4. YAGONA AVTOMATLASHTIRILGAN AXBOROT TIZIMI

1.Bojxona organlari tizimi va tuzilmasi
Bojxona ishi O’zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini olib o’tish, boj to’lovlarini undirish, bojxona rasmiylashtiruvi, bojxona nazoratini amalga oshirish tartibi va shartlaridan hamda bojxona siyosatini amalga oshirishning boshqa vositalaridan iboratdir.
Bojxona organlari O‘zbekiston Respublikasining yagona bojxona siyosatini amalga oshirish va iqtisodiy manfaatlarni himoya qilish maqsadida tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shaxri bo‘yicha boshqarmalari, bojxona komplekslari va bojxona postlari bojxona organlaridir. Bojxona organlari o‘z faoliyatida
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Davlat bojxona xizmati to‘g‘risidagi qonunga,
O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun xujjatlariga va xalqaro shartnomalariga amal qiladilar.
Bojxona organlari qonun xujjatlariga muvofiq o‘z faoliyatini davlat xokimyati mahalliy organlaridan mustaqil tarzda amalga oshiradilar. Bojxona organlari o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlar barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ijro etilishi shart. Bojxona organlari xuquqni muxofaza qiluvchi organlar hisoblanadi va davlat byudjeti mablag‘laridan ta’minlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va o‘z nomi bilan bitilgan muhrga ega.
Bojxona xizmati O‘zbekiston Respublikasida bojxona organlarining yagona tizimi sifatida tarkib topgan va faoliyat ko‘rsatadi. Bojxona organlarning yagona tizimi qoidalari bir tomonlanma prinsip bilan bog‘langan bo‘lib bojxona ishlarini tashqil qilish va boshqarishi qoidalariga asoslanadi, bular yagona bojxona siyosati, yagona bojxona xududi, yagona bojxona qonunchiligi, yagona bojxona qiymati asosida yo‘lga solinib borish va iqtisodiy normalari bilan uyg‘ulantirilib borlishini o‘z ichiga oladi. Umuman olganda O‘zbekiston Respublikasi konistitutsiyasi tizimining asosiy qoidalaridan biri bo‘lgan yagona iqtisodiy sohalarni oddiylashtirib aniq belgilaydi.

Download 22.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling