Bojxona organlari tizimi va tuzilmasi bojxona komplekslari va hodimlari tarkibi bojxona organlarining intizomiy ustavi


O‘zbekiston Respublikasi bojxona kodeksiga binoan bojxona organlarining yagona tizimini tarkibiga bu tizimni tashkil etuvchi quyidagi organlar kiritiladi


Download 22.5 Kb.
bet2/6
Sana10.02.2023
Hajmi22.5 Kb.
#1186519
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-м амалий. Davlat bojxona organining asosiy vazifasi. Xalqaro savdo va uni tartibga solish ahamiyati

O‘zbekiston Respublikasi bojxona kodeksiga binoan bojxona organlarining yagona tizimini tarkibiga bu tizimni tashkil etuvchi quyidagi organlar kiritiladi:

  • O‘zbekiton Respublikasi bojxona davlat qo‘mitasi (O‘zBDK),

  • O‘zbekiston Respublikasining xududiy bojxona boshqarmalari,

  • O‘zbekiton Respublikasi bojxonasi va bojxona postlari,

  • Bojxona postlarini tashkil etish tartibi, qayta tashkil etish va tugatish.

Bojxona organlarini yagona tizimi - bu bojxona organlarining majmuidir.
2. Bojxona komplekslari va hodimlari tarkibi
Dalat bojxona xizmatini samaradorligini oshirish maqsadida Respublikadagi barcha bojxona posti komplekslari bojxona organlari hodimlari bilan komplektatsiyalangan. Unga asosan, davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari bojxona komplekslari va postlari quyidagicha strukturaga ega (1-chizma):

  • Bojxona kompleksi (posti) boshlig‘i;

  • Bojxona kompleksi boshlig‘ining o‘rinbosari – navbatchilar boshlig‘i;

  • Kontrabandaga va bojxona qoidalari buzilishlariga qarshi kurashish guruhi;

  • Bojxona nazoratini tashkil etish guruhi;

  • Bojxona to‘lovlari guruhi;

  • Bojxona statistikasi va tahlil guruhi;

  • Ekspert;

  • Kinolog; Tezkor guruhdan iborat bo‘ladi.

Bojxona kompleksi boshlig‘ining o‘rinbosari, navbatchilar boshlig‘i hisoblanib, guruhining navbatchilik qismi tuguganida keyingi navbatchilik davrigacha o‘z guruhi bilan u ham almashadi.
Bojxona organlari hodimlari ham davlatning boshqa xuquq-targ‘ibot organlari kabi o‘zining boshqaruvchi tarkiblariga ega bo‘lib u, to‘rt boshqaruvchi tarkibni o‘z ichiga oladi. Unga asosan bojxona hodimlarining bo‘ysinish pog‘onalari ham ishlab chiqilgan bo‘lib, uni organ sifatida shakllanganligidan dalolat beradi.
Mazkur xujjatga asosan quyidagilar bojxona komplekslari va postlarini inspeksiya qilish boshqarmasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilangan:

  • Bojxona komplekslari va postlari shaxsiy tarkibi tomonidan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan qoidabuzarliklarning oldini olishga, o‘z xizmat vazifalarini bajarish uchun har bir xodimning shaxsiy javobgarligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;

  • O‘zbekiston respublikasi bojxona chegarasidan olib o‘tiladigan yuklar va transport vositalarini ro‘yxatga olish, ko‘zdan kechirish, bojxonada rasmiylashtirish hamda bojxona nazorati ostida etkazib berish tartib-qoidalariga rioya etish bo‘yicha bojxona komplekslari va postlari zimmasiga yuklangan vazifalar so‘zsiz bajarilishini nazorat qilish;

  • Bojxona komplekslari va postlari xodimlarining kasbiy bilim saviyasini baholash, ularning malakasini oshirish choralarini ko‘rish;

  • Bojxona komplekslari va postlarining malakali hamda halol mutaxassislar bilan to‘ldirilganligini o‘rganish va buning uchun nomzodlarni tanlash.

SHu bilan birgalikda malakali kadrlar tayyorlash masalasini yanada takomillashtirish maqsadida bojxona organlari boshliqlar tarkibining mansabdor shaxslarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha Attestatsiya komissiyasi tarkibi tuzilgan.
Attestatsiya komissiyasi 2006 yilning 1 mayiga qadar muddatda, keyinchalik esa har yili markaziy apparat bosh boshqarmalari, boshqarmalari boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, hududiy bojxona boshqarmalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari attestatsiyadan o‘tkazilishini ta’minlash belgilab berilgan.

Download 22.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling