Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Soliqlarni toʻlashni kechiktirish yoki
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
101-modda. Soliqlarni toʻlashni kechiktirish yoki
boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish tartibi (1-q.) Soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi ariza manfaatdor shaxs tomonidan tegishli vakolatli organga beriladi. Tadbirkorlik subyektlari (bundan davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan korxonalar, yer qaʼridan foydalanuvchilar va aksiz osti mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar mustasno) umumiy maydoni bir ming kvadrat metrdan ortiq boʻlgan yer uchastkalariga va (yoki) binolar hamda inshootlarga boʻlgan mulkiy huquq olinganda ushbu Kodeks 17-moddasi birinchi qismining 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan soliqlarni toʻlashni taqdim etilgan xabarnoma asosida xabardor qilgan holda va garov taʼminotisiz olti oy muddatga kechiktirish huquqiga ega. Bunda kechiktirilgan soliqlar summasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yer uchastkalarining, binolarning va inshootlarning qiymatidan va (yoki) maydonlaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan soliqlar miqdorida belgilanadi. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (2-q.) Manfaatdor shaxsning soliqni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: 1) ushbu shaxs hisobda turgan joydagi soliq organining uning soliqlar, penyalar va jarimalar boʻyicha hisob-kitoblari holati toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi; 2) ushbu shaxs hisobda turgan joydagi soliq organining mazkur shaxsga banklarda ochilgan barcha hisobvaraqlar roʻyxati koʻrsatilgan maʼlumotnomasi; 3) ushbu shaxsning banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha koʻrsatilgan ariza berilishidan oldingi olti oy davomida har oylik pul mablagʻlari aylanishi toʻgʻrisida, shuningdek uning haqi toʻlanmagan hisob-kitob hujjatlarining tegishli kartotekasiga joylashtirilgan hisob-kitob hujjatlari mavjudligi toʻgʻrisida yoxud ushbu kartotekada ularning mavjud emasligi toʻgʻrisida banklar maʼlumotnomalari; 4) ushbu shaxsning banklardagi barcha hisobvaraqlarida mavjud boʻlgan pul mablagʻlarining qoldiqlari toʻgʻrisida banklar maʼlumotnomalari; 5) ushbu shaxsning soliqni toʻlash muddati oʻzgartirilgan davrda soliqni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi qaror qaysi shartlarga koʻra qabul qilingan boʻlsa, oʻsha shartlarga rioya etilishini nazarda tutuvchi majburiyati, shuningdek qarzdorlikni soʻndirishning taxminiy grafigi; 6) soliqni toʻlash muddatini oʻzgartirish asoslari mavjudligini tasdiqlovchi ushbu moddaning uchinchi - sakkizinchi qismlarida koʻrsatilgan hujjatlar. (3-q.) Ushbu Kodeks 100-moddasining ikkinchi qismi 1-bandida koʻrsatilgan asos boʻyicha soliqni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi manfaatdor shaxsning arizasiga quyidagilar ilova qilinadi: 1) ushbu shaxsga nisbatan uning ariza bilan murojaat etishi uchun asos boʻlgan bartaraf etib boʻlmaydigan holatlar vujudga kelganligi fakti toʻgʻrisidagi xulosa; 2) koʻrsatilgan holatlar natijasida ushbu shaxsga yetkazilgan zararni baholash dalolatnomasi. (4-q.) Ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqaro muhofazasi, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish sohasidagi organlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarishi organlari tomonidan tuziladi. (5-q.) Ushbu Kodeks 100-moddasining ikkinchi qismi 2-bandida koʻrsatilgan asos boʻyicha soliqni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi manfaatdor shaxsning arizasiga bunday asos mavjudligini va budjetdan (davlat maqsadli jamgʻarmalaridan) moliyalashtirish hisobiga ushbu shaxsga kelib tushmagan summani yoki ushbu shaxs tomonidan bajarilgan davlat buyurtmasining, davlat ehtiyojlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining ehtiyojlari uchun bajarilgan ishlar va (yoki) koʻrsatilgan xizmatlarning haqi toʻlanmaganligini tasdiqlovchi moliya organining hujjati ilova qilinadi. (6-q.) Ushbu Kodeks 100-moddasining ikkinchi qismi 3-bandida koʻrsatilgan asos mavjudligi manfaatdor shaxsning moliyaviy holatini tahlil qilish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi yoki u vakolat bergan soliq organi tomonidan aniqlanadi. Bunday tahlil Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan uslubiyatga muvofiq oʻtkaziladi. (7-q.) Ushbu Kodeks 100-moddasining ikkinchi qismi 4-bandida koʻrsatilgan asos boʻyicha soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi manfaatdor shaxsning arizasiga jismoniy shaxsning koʻchar va koʻchmas mulki (bundan qonunchilikka muvofiq undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan mol-mulk mustasno) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ilova qilinadi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (8-q.) Ushbu Kodeks 100-moddasining ikkinchi qismi 5-bandida koʻrsatilgan asos boʻyicha soliqni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi manfaatdor shaxsning arizasiga ushbu shaxs tomonidan tuzilgan, mazkur shaxsning umumiy daromadlarida uning mavsumiy xususiyatga ega boʻlgan faoliyatdan olingan daromadlarining ulushi kamida 50 foizni tashkil etishini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. (9-q.) Mavsumiy xususiyatga ega boʻlgan tarmoqlar va faoliyat turlarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. (10-q.) Ushbu Kodeks 100-moddasi ikkinchi qismining 3-1-bandida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, manfaatdor shaxsning arizasiga muvofiq soliqni boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati beriladi. Bunda ushbu qismda nazarda tutilgan tartibda toʻlanadigan soliq summasi oxirgi uch yil davomida toʻlangan soliqlar summasining ellik foizidan oshmasligi kerak. (OʻzR 14.10.2021-y. OʻRQ-722-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) OʻzR 14.10.2021-y. OʻRQ-722-son Qonuniga muvofiq oʻninchi-yigirmanchi qismlari oʻn birinchi-yigirma birinchi qismlar deb hisoblansin (11-q.) Soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi manfaatdor shaxsning arizasida ushbu shaxs mazkur bobga muvofiq qarz summasiga hisoblangan foizlarni toʻlash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi. (12-q.) Vakolatli organning talabiga koʻra, manfaatdor shaxs garov predmeti boʻlishi mumkin boʻlgan mol-mulk toʻgʻrisidagi hujjatlarni, kafillik xatini yoki bank kafolatini taqdim etadi. (13-q.) Vakolatli organ manfaatdor shaxsning iltimosnomasi boʻyicha ushbu shaxs tomonidan qarz summasining toʻlanishini vaqtinchalik (ariza koʻrib chiqiladigan davrda) toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli. Bunday qarorning koʻchirma nusxasi manfaatdor shaxs tomonidan oʻzi hisobga olingan joydagi soliq organiga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda taqdim etiladi. (14-q.) Soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish yoxud uni berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror vakolatli organ tomonidan manfaatdor shaxsning arizasi olingan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida qabul qilinadi. (15-q.) Soliqni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi qarorda quyidagilar koʻrsatilishi kerak: 1) qarz summasi; 2) kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilayotgan soliq; 3) qarz summasini va hisoblangan foizlarni toʻlash tartibi hamda muddatlari. (16-q.) Tegishli hollarda soliqni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi qarorda garov predmeti boʻlgan mol-mulk toʻgʻrisidagi hujjatlar, kafillik xati yoki bank kafolati koʻrsatilishi kerak. (17-q.) Soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi qaror ushbu qarorda belgilangan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. Bunda soliqni toʻlash uchun belgilangan kundan eʼtiboran ushbu qaror kuchga kiradigan kunga qadar boʻlgan butun vaqt uchun tegishli penyalar, agar toʻlovning koʻrsatilgan muddati ushbu qaror kuchga kiradigan kundan oldin boʻlsa, qarz summasiga kiritiladi. (18-q.) Agar soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash mol-mulk garovi evaziga beriladigan boʻlsa, uni berish toʻgʻrisidagi qaror faqat ushbu Kodeksning 107-moddasida nazarda tutilgan tartibda mol-mulk garovi toʻgʻrisidagi shartnoma tuzilgandan keyingina kuchga kiradi. (19-q.) Soliqni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror asoslantirilgan boʻlishi kerak. Agar soliq toʻlovchi tomonidan yuborilgan xabarnoma ushbu Kodeks 100-moddasi ikkinchi qismining 3-2-bandida nazarda tutilgan asoslarga muvofiq boʻlmasa, soliq organi uch kundan kechiktirmay soliq toʻlovchiga soliqlarni toʻlash boʻyicha kechiktirish uchun asoslar mavjud emasligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism) (20-q.) Soliqlarni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ustidan manfaatdor shaxs qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (21-q.) Soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi qarorning koʻchirma nusxasi vakolatli organ tomonidan mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kunlik muddatda ushbu shaxs hisobda turgan joydagi soliq organiga yuboriladi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling