Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Oʻzaro kelishuv tartib-taomili


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

175-modda. Oʻzaro kelishuv tartib-taomili 
(1-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ushbu Kodeksning 174-moddasi oʻn 
beshinchi qismiga muvofiq soliq organi tomonidan taqdim etilgan eʼtirozlar va materiallar 
olinganidan keyin oʻzaro kelishuv tartib-taomilini oʻtkazish tashabbusi bilan chiqadi. 
(2-q.)
Oʻzaro kelishuv tartib-taomili asoslantirilgan fikrni tuzgan soliq organi va eʼtirozlarni 
taqdim etgan yuridik shaxs (uning vakili) ishtirokida, soliq organi tomonidan taqdim etilgan 
eʼtirozlar va boshqa materiallar olingan kundan eʼtiboran bir oy ichida Oʻzbekiston Respublikasi 
Davlat soliq qoʻmitasi rahbari (rahbarining oʻrinbosari) tomonidan oʻtkaziladi. 
(3-q.)
Oʻzaro kelishuv tartib-taomili natijalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Davlat 
soliq qoʻmitasi asoslantirilgan fikr oʻzgartirilganligi yoki oʻzgarishsiz qoldirilganligi toʻgʻrisida 
yuridik shaxsni xabardor qiladi. 
(4-q.)
Asoslantirilgan fikrni oʻzgartirish yoki oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisidagi 
bildirishnomani Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi rahbari (rahbarining oʻrinbosari) 
imzolaydi. 
(5-q.)
Bildirishnoma u tuzilgan kundan eʼtiboran uch kun ichida yuridik shaxsga beriladi 
yoki yuboriladi. 
(6-q.) 
Asoslantirilgan fikrni oʻzgartirish yoki uni oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisidagi 
bildirishnoma olingan kundan eʼtiboran bir oy ichida yuridik shaxs asoslantirilgan fikrni tuzgan 
soliq organini asoslantirilgan fikrga rozi ekanligi (rozi emasligi) haqida mazkur asoslantirilgan fikr 


bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (ular mavjud boʻlgan taqdirda) ilova qilgan holda xabardor 
qiladi. 
VI BOʻLIM. 
TRANSFERT NARXNI BELGILASHDA 
SOLIQ NAZORATI 
20-bob. Transfert narxni belgilashda narxlar va soliq 
solish toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar (176 - 179-moddalar) 
21-bob. Nazorat qilinadigan bitimlar (180 - 182-moddalar) 
22-bob. Bitimlarning taqqoslanadigan shartlari (183 - 185-moddalar) 
23-bob. Transfert narxni belgilashda soliq nazoratida 
foydalaniladigan usullar (186 - 192-moddalar) 
24-bob. Transfert narxni belgilashda soliq nazorati (193 - 195-moddalar) 
25-bob. Soliq solish maqsadlarida narxni belgilash 
toʻgʻrisidagi bitim (196 - 202-moddalar) 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling