(3-q.)
Soliq toʻlovchilar uchun soliq monitoringi ixtiyoriydir.
(4-q.)
Soliq monitoringi soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror asosida soliq organi
tomonidan amalga oshiriladi.
(5-q.)
Yuridik shaxs, agar uning oldingi yil uchun daromadlari
yillik moliyaviy hisobot
maʼlumotlariga koʻra kamida besh milliard soʻmni tashkil etgan boʻlsa, soliq monitoringini
oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan soliq organiga murojaat qilishga haqli.
(OʻzR 14.09.2021-y.
OʻRQ-714-son Qonuni tahriridagi qism)
(6-q.)
Yuridik shaxs soliq organiga soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisida ariza taqdim
etgan yildan keyingi kalendar yil soliq monitoringi oʻtkaziladigan davrdir.
(7-q.)
Soliq monitoringini oʻtkazish soliq monitoringi oʻtkaziladigan yilning 1-yanvaridan
boshlanadi va soliq monitoringi oʻtkazilgan davrdan keyingi yilning 1-iyulida tugallanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: