Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-BOB. NAZORAT QILINADIGAN BITIMLAR


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

21-BOB. NAZORAT QILINADIGAN BITIMLAR 
180-modda. Oʻzaro aloqador shaxslar oʻrtasidagi 
nazorat qilinadigan bitimlar 
181-modda. Nazorat qilinadigan tashqi savdo bitimlari 
182-modda. Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma 
180-modda. Oʻzaro aloqador shaxslar oʻrtasidagi 
nazorat qilinadigan bitimlar 
(1-q.)
Ushbu Kodeks maqsadida, ushbu moddada nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga 
olingan holda oʻzaro aloqador shaxslar oʻrtasidagi bitimlar nazorat qilinadigan bitimlar deb eʼtirof 
etiladi. 
(2-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti boʻlgan oʻzaro aloqador shaxslar 
oʻrtasidagi bitim quyidagi holatlardan hech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlganda nazorat 
qilinadigan bitim deb eʼtirof etiladi: 
1) mazkur shaxslar oʻrtasidagi bitimlar boʻyicha tegishli kalendar yildagi daromadlar 
summasi (bitimlar narxlarining summasi) besh milliard soʻmdan oshsa; 
2) bitimning hech boʻlmaganda bitta tarafi maxsus soliq rejimini qoʻllasa yoki maxsus 
iqtisodiy zona ishtirokchisi boʻlsa, bunda bu bitimning boshqa taraflari orasida maxsus soliq 
rejimlarini qoʻllamaydigan shaxs boʻlsa; 
3) bitimning hech boʻlmaganda bitta tarafi foyda soligʻini toʻlashdan ozod etilgan boʻlsa, 
pasaytirilgan soliq stavkasini yoki boshqa soliq imtiyozlarini qoʻllasa, bunda bu bitimning boshqa 
taraflari orasida bunday soliqni toʻlashdan ozod etilmagan va imtiyozlarni qoʻllamaydigan shaxs 
boʻlsa; 
4) bitimning taraflaridan biri tomonidan qazib olingan foydali qazilma bitim predmeti boʻlsa, 
agar ushbu foydali qazilmaga nisbatan yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning advalor soliq 
stavkasi nazarda tutilgan boʻlsa.
(3-q.)
Ushbu moddaning ikkinchi qismi 2-4-bandlarida nazarda tutilgan bitimlar, agar 
mazkur shaxslar oʻrtasidagi bitimlar boʻyicha daromadlarning tegishli kalendar yildagi summasi 
besh yuz million soʻmdan ortiq boʻlsa. 
(4-q.)
Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir, ushbu tovarlarning (xizmatlarning) 
birinchi sotuvchisi va oxirgi xaridori bilan oʻzaro aloqador boʻlmagan shaxslar ishtirokida 
(vositachiligida) tuziladigan bitimlar ketma-ketligi yoki majmui, agar mazkur sotuvchi va xaridor 
oʻzaro aloqador shaxslar boʻlsa, ushbu Kodeks maqsadida oʻzaro aloqador shaxslar oʻrtasidagi 
bitimga tenglashtiriladi. Bunday hollarda, oʻz ishtirokida (vositachiligida) bitimlarning mazkur 
ketma-ketligi yoki majmui amalga oshiriladigan uchinchi shaxslarning mavjudligi eʼtiborga 
olinmaydi. 
(5-q.)
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida belgilangan qoida, basharti bitimlarning mazkur 
ketma-ketligida yoki majmuida ishtirok etuvchi bunday uchinchi shaxslar: 
1) bitimlarning ushbu ketma-ketligida yoki majmuida hech qanday qoʻshimcha vazifalarni 
bajarmasa, bundan tovarlarni (xizmatlarni) bir shaxs tomonidan boshqa shaxsga realizatsiya 
qilishni (qayta sotishni) tashkil etish mustasno; 


2) oʻz zimmasiga hech qanday tavakkalchiliklarni qabul qilmasa va tovarlarni (xizmatlarni) 
bir shaxs tomonidan boshqa shaxsga realizatsiya qilishni (qayta sotishni) tashkil etish uchun hech 
qanday aktivlardan foydalanmasa, qoʻllaniladi. 
(6-q.)
Ushbu modda maqsadida kalendar yil uchun bitimlar boʻyicha daromadlar summasi 
bir shaxs (oʻzaro aloqador shaxslar) bilan tuzilgan shunday bitimlar boʻyicha kalendar yilda 
olingan daromadlar summasini foyda soligʻi uchun belgilangan daromadlarni eʼtirof etish tartibini 
hisobga olgan holda qoʻshish yoʻli bilan aniqlanadi. 
(7-q.)
Nazorat qilinadigan bitimlardagi daromadlarni soliq solish maqsadida aniqlash uchun 
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bunday bitimlarni yoki jami shunday bitimlarni 
(bundan buyon ushbu boʻlimda tahlil etiladigan bitim deb yuritiladi) taraflari mustaqil shaxslar 
boʻlgan bitta yoki bir nechta bitim (bundan buyon ushbu boʻlimda taqqoslanadigan bitimlar deb 
yuritiladi) bilan taqqoslashni amalga oshiradi. Bunday taqqoslash ushbu boʻlimda nazarda tutilgan 
transfert narx belgilash chogʻida daromadlarni aniqlash uslublarini tanlash va ularni keyinchalik 
qoʻllash maqsadida amalga oshiriladi. 
(8-q.)
Bitimlar boʻyicha daromadlar summasini aniqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat 
soliq qoʻmitasi bitimlar boʻyicha olingan daromadlar summasini ularning bozordagi darajasiga 
muvofiqligini ushbu Kodeksning 22 va 23-boblari qoidalarini inobatga olgan holda tekshirishga 
haqli. 
(9-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining arizasiga koʻra, sud bitimni 
mazkur bitimning ushbu moddada belgilangan nazorat qilinadigan bitim belgilariga javob 
bermasligiga sabab boʻladigan sharoitlar yaratish maqsadida tuzilgan bir turdagi bitimlar 
guruhining qismi deb taxmin qilinishi uchun yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda nazorat 
qilinadigan bitim deb eʼtirof etishi mumkin. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling