Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
182-modda. Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma
(1-q.) Soliq toʻlovchilar soliq organlarini kalendar yilda oʻzlari tuzgan, ushbu Kodeksning 180 va 181-moddalarida koʻrsatilgan nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisida xabardor qilishi shart. (2-q.) Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar soliq toʻlovchi tomonidan oʻzi hisobda turgan joydagi soliq organiga nazorat qilinadigan bitimlar tuzilgan kalendar yilga oid yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatidan kechiktirmay yuboriladigan nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnomalarda koʻrsatiladi. (3-q.) Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarda quyidagi axborot boʻlishi kerak: 1) tuzilgan nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etilayotgan kalendar yil; 2) bitimlarning predmeti; 3) bitimlarning ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: a) yuridik shaxsning toʻliq nomi va uning soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (agar yuridik shaxs Oʻzbekiston Respublikasining soliq organlarida hisobda tursa); b) yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi va uning soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami; v) yakka tartibdagi tadbirkor boʻlmagan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va fuqaroligi; 4) narxlari tartibga solinishi lozim boʻlgan bitimlar boʻyicha daromadlar (xarajatlar) summalarini ajratgan holda nazorat qilinadigan bitimlar boʻyicha olingan daromadlarning summasi va (yoki) qilingan xarajatlarning (koʻrilgan zararning) summasi. Ushbu qismda koʻrsatilgan maʼlumotlar bir turdagi bitimlarning guruhi boʻyicha tayyorlanishi mumkin. (4-q.) Soliq toʻlovchi nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisida taqdim etilgan xabarnomada maʼlumotlarning toʻliq emasligi, ularni toʻldirishda yoʻl qoʻyilgan noaniqliklar yoki xatolar aniqlanganda aniqlashtirilgan xabarnomani yuborishga haqli. (5-q.) Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma soliq organiga belgilangan shakl boʻyicha qogʻozda yoki elektron shaklda taqdim etilishi mumkin. (6-q.) Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnomaning shaklini, shuningdek uni toʻldirish va nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnomani elektron shaklda taqdim etish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ- 741-son Qonuni tahriridagi qism) Qarang: VMning 2022 yil 10-martdagi 1-son Qarori bilan tasdiqlangan "Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma shakllarini toʻldirish tartibi haqida"gi Nizom (7-q.) Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnomani olgan soliq organi u olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida ushbu xabarnomani Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga elektron shaklda yuboradi. (8-q.) Agar soliq tekshiruvini yoki soliq monitoringini oʻtkazishda soliq organi ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq maʼlumotlar taqdim etilmagan nazorat qilinadigan bitimlar tuzilganligi faktini aniqlagan boʻlsa, soliq organi aniqlangan faktlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga mustaqil tarzda xabar qiladi va oʻzi olgan bunday bitimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuboradi. (9-q.) Soliq tekshiruvini yoki soliq monitoringini oʻtkazayotgan soliq organi xabarnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay xabarnoma va tegishli maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga yuborilganligi toʻgʻrisida soliq toʻlovchiga xabar qilishi shart. (10-q.) Xabarnomaning shaklini va uni yuborish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tasdiqlaydi. (11-q.) Soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan soliq organi tomonidan nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi oʻzi tomonidan olingan maʼlumotlarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga yuborilishi bunday tekshiruvni davom ettirish va (yoki) tugatish hamda tekshiruv materiallarini koʻrib chiqish natijalariga koʻra qaror chiqarish uchun toʻsqinlik qilmaydi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling