Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-BOB. TRANSFERT NARXNI BELGILASHDA


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

23-BOB. TRANSFERT NARXNI BELGILASHDA 
SOLIQ NAZORATIDA FOYDALANILADIGAN 
USULLAR 
186-modda. Transfert narxni belgilashda soliq nazoratida 
foydalaniladigan usullar toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar 
187-modda. Moliyaviy koʻrsatkichlar va rentabellik oraligʻi 
188-modda. Taqqoslanadigan bozor narxlari usuli 
189-modda. Keyingi realizatsiya qilish narxi usuli 
190-modda. Xarajat usuli 
191-modda. Taqqoslanadigan rentabellik usuli 
192-modda. Foydani taqsimlash usuli 
186-modda. Transfert narxni belgilashda soliq 
nazoratida foydalaniladigan usullar 
toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar 
(1-q.)
Transfert narxni belgilash chogʻida soliq nazorati oʻtkazilganida (shu jumladan 
nazorat qilinadigan bitimning tijorat va (yoki) moliyaviy shartlari hamda uning natijalari 
taqqoslanadigan bitimlarning tijorat va (yoki) moliyaviy shartlari hamda ularning natijalari bilan 
taqqoslanganda) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ushbu moddada belgilangan 
tartibda quyidagi usullardan foydalanadi: 
1) taqqoslanadigan bozor narxlarining usulidan
2) keyingi realizatsiya qilish narxi usulidan; 
3) xarajat usulidan; 
4) taqqoslanadigan rentabellik usulidan; 
5) foydani taqsimlash usulidan. 
(2-q.)
Zarur boʻlgan hollarda ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ikki va 
undan ortiq usullar kombinatsiyasidan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi. 
(3-q.)
Taqqoslanadigan bozor narxlari usuli, agar ushbu Kodeks 189-moddasining ikkinchi 
qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, nazorat qilinadigan bitimlar narxlarining 
bozor narxlariga muvofiqligini soliq solish maqsadida aniqlash uchun ustuvor hisoblanadi. 
(4-q.)
Agar soliq solish maqsadida taqqoslanadigan bozor narxlari usulini qoʻllash mumkin 
boʻlmasa yoxud uni qoʻllash nazorat qilinadigan bitimlar narxlarining bozor narxlariga 


muvofiqligi yoki nomuvofiqligi toʻgʻrisida asoslangan xulosa chiqarish imkonini bermasa, ushbu 
moddaning birinchi qismi 2-5-bandlarida koʻrsatilgan boshqa usullarni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi. 
(5-q.)
Agar tegishli tovarlar (xizmatlar) bozorida hech boʻlmaganda bir turdagi tovarlar 
(xizmatlar) predmeti boʻlgan bitta taqqoslanadigan bitim mavjud boʻlsa, shuningdek bunday bitim 
haqida yetarlicha axborot mavjud boʻlsa, nazorat qilinadigan bitimlar narxlarining bozor 
narxlariga muvofiqligini ushbu Kodeksning 188-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlash 
uchun taqqoslanadigan bozor narxlari usulidan foydalaniladi. 
(6-q.)
Soliq toʻlovchining nazorat qilinadigan bitimi narxining bozor narxlariga 
muvofiqligini aniqlash maqsadida taqqoslanadigan bozor narxlari usulini qoʻllash uchun ushbu 
soliq toʻlovchining mustaqil shaxslar bilan tuzgan bitimlaridan, basharti bunday bitimlar 
taqqoslansa, taqqoslanadigan bitimlar sifatida foydalanilishi mumkin. 
(7-q.)
Aynan oʻxshash (bir turdagi) tovarlar (xizmatlar) bilan taqqoslanadigan bitimlarda 
narxlar toʻgʻrisidagi hamma foydalanishi mumkin boʻlgan axborot mavjud boʻlmagan taqdirda 
transfert narxni belgilashda soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlashning toʻliqligini aniqlash 
maqsadida ushbu moddaning birinchi qismi 2-5-bandlarida koʻrsatilgan usullarning biridan 
foydalaniladi. 
(8-q.)
Agar ushbu bobda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, nazorat qilinadigan 
bitimning haqiqiy holatlari va shartlarini inobatga olgan holda bitim narxining bozor narxlariga 
muvofiqligi yoki nomuvofiqligi haqida koʻproq asoslangan xulosa qilishga imkon beradigan 
usuldan foydalaniladi. 
(9-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismi 2-5-bandlarida koʻrsatilgan usullardan soliq solish 
maqsadi uchun nazorat qilinadigan bir turdagi bitimlar guruhi boʻyicha daromadlarni aniqlashda 
ham foydalanilishi mumkin. 
(10-q.)
Aynan oʻxshash (bir turdagi) tovarlar (xizmatlar) predmeti boʻlgan va 
taqqoslanadigan tijorat va (yoki) moliyaviy shartlarda amalga oshirilgan bitimlar ushbu 
boʻlimning maqsadi uchun bir turdagi bitimlar deb eʼtirof etiladi. 
(11-q.)
Nazorat qilinadigan bitimlarda soliq solish maqsadida daromadlarni (foydani, 
tushumni) aniqlash chogʻida foydalaniladigan usulni tanlashda dastlabki maʼlumotlarning 
toʻliqligi va toʻgʻriligi, shuningdek taqqoslanadigan bitimlarni nazorat qilinadigan bitim bilan 
taqqoslashni taʼminlash maqsadida amalga oshiriladigan tuzatishlarning asoslanganligi inobatga 
olinishi kerak. 
(12-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan usullarni qoʻllash maqsadida 
aniq bitimlar toʻgʻrisidagi axborotdan tashqari bozor narxlarining shakllangan darajasi va (yoki) 
birja kotirovkalari haqidagi hamma foydalanishi mumkin boʻlgan, shuningdek axborot-narx 
agentliklarining tegishli tovarlar (xizmatlar) bozorlaridagi aynan oʻxshash (bir turdagi) tovarlarga 
(xizmatlarga) oid narxlar (narxlar oraliqlari) haqidagi maʼlumotlaridan foydalanish mumkin. 
(13-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan usullarni qoʻllash maqsadida 
bozor narxlari toʻgʻrisidagi hamma foydalanishi mumkin boʻlgan axborot manbalaridan 
foydalanishga, basharti ushbu axborot manbalarida maʼlumotlari mavjud boʻlgan bitimlarning 
nazorat qiladigan bitim bilan taqqoslanishi taʼminlansa, yoʻl qoʻyiladi. 
(14-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismi 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan usullarni qoʻllash 
uchun xarajatlarni hisobga olish tartibida ushbu usullarga muvofiq hisob-kitob qilinadigan 


koʻrsatkichlarga va rentabellik oraligʻiga taʼsiri sezilarli boʻlmasligini taʼminlaydigan rentabellik 
oraligʻi hisob-kitob qilinadigan moliyaviy hisobotlarning maʼlumotlari taqqoslanadigan tarzga 
keltirilishi kerak. 
(15-q.)
Agar rentabellik oraligʻini hisob-kitob qilish va nazorat qilinadigan bitimlarda soliq 
solish maqsadida daromadlarni (foydani, tushumni) aniqlash uchun moliyaviy hisobotlar 
maʼlumotlarining taqqoslanishini taʼminlash mumkin boʻlmasa, ushbu moddaning birinchi qismi 
4 va 5-bandlarida koʻrsatilgan usullardan foydalaniladi. 
(16-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismi 4 va 5-bandlarida koʻrsatilgan usullar bozor 
narxlari koʻrsatkichlarini bevosita hisob-kitob qilmagan holda qoʻllanilishi mumkin. Koʻrsatilgan 
usullardan foydalanilganda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi nazorat qilinadigan 
bitimning moliyaviy koʻrsatkichlarini (natijalarini) taqqoslanadigan bitimlar boʻyicha rentabellik 
oraligʻi bilan taqqoslaydi va uning asosida, agar ushbu bitim taraflari mustaqil shaxslar boʻlsa, 
olinishi mumkin boʻlgan daromad summasining hisob-kitobini amalga oshiradi. 
(17-q.)
Xuddi shunday tartibda nazorat qilinadigan bir turdagi bitimlar guruhining moliyaviy 
koʻrsatkichlari (natijalari) taqqoslanadigan bitimlar boʻyicha rentabellik oraligʻi asosida hisob-
kitob qilingan moliyaviy koʻrsatkichlar bilan taqqoslanadi va daromadlarning summalariga hisob-
kitob qilish amalga oshiriladi. 
(18-q.)
Sud bitim narxining bozor narxlariga muvofiqligini belgilash uchun ahamiyatga ega 
boʻlgan boshqa holatlarni ushbu boʻlimda nazarda tutilgan cheklovlarsiz inobatga olishi mumkin. 
(19-q.)
Soliq toʻlovchilar bitimlarni tuzishda ushbu Kodeksda nazarda tutilmagan 
maqsadlarda narxni belgilash sohasidagi oʻz siyosatini asoslash uchun ushbu moddaning birinchi 
qismida koʻrsatilgan usullarga amal qilishi shart emas. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling