Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Keyingi realizatsiya qilish narxi usuli
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
189-modda. Keyingi realizatsiya qilish narxi usuli
(1-q.) Keyingi realizatsiya qilish narxi usuli nazorat qilinadigan bitim narxining ushbu nazorat qilinadigan bitimda (bir turdagi bitimlar guruhida) olingan tovarni keyingi realizatsiya qilishda (qayta sotishda) nazorat qilinadigan bitim tarafi tomonidan olingan yalpi rentabellikni taqqoslash asosida bozor narxlariga muvofiqligini aniqlashni nazarda tutadi. Ushbu usuldan foydalanilganda yalpi rentabellikning bozor oraligʻi ushbu Kodeksning 187-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadi. (2-q.) Keyingi realizatsiya qilish narxi usulidan foydalanish narxlarning bozor narxlariga muvofiqligini aniqlash uchun boshqa usullarga nisbatan ustuvor boʻlib, unga koʻra tovar nazorat qilinadigan bitim doirasida olinadi va taraflari mustaqil shaxslar boʻlgan bitim doirasida qayta ishlanmagan holda qayta sotiladi. Agar qayta sotishni amalga oshirayotgan shaxs uning yalpi rentabelligi darajasiga sezilarli taʼsir koʻrsatadigan nomoddiy aktivlar obyektlariga egalik qilmasa, mazkur usuldan foydalaniladi. (3-q.) Agar tovar qayta sotilganda quyidagi operatsiyalar amalga oshirilsa ham keyingi realizatsiya qilish narxi usulidan foydalanish mumkin: 1) tovarni qayta sotishga va transportda tashishga tayyorlash (tovarlarni turkumlarga ajratish, joʻnatmalarni shakllantirish, saralash, qayta oʻrash); 2) agar yakuniy mahsulotning (yarim tayyor mahsulotlarning) xususiyatlari aralashtiriladigan tovarlarning xususiyatlaridan sezilarli farq qilmasa, tovarlarni aralashtirish. (4-q.) Agar tovarni mustaqil shaxslarga keyingi realizatsiya qilish taqqoslanadigan tijorat shartlarida va (yoki) moliyaviy shartlarda turli narxlarda amalga oshirilsa, rentabellik oraligʻini aniqlashda tovarni keyingi realizatsiya qilish narxi sifatida barcha shunday bitimlar boʻyicha ushbu tovarning oʻrtacha narxidan foydalaniladi. (5-q.) Agar qayta sotishni amalga oshirayotgan shaxsda yalpi rentabellik ushbu Kodeksning 187-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlangan rentabellik oraligʻi chegarasida boʻlsa, soliq solish maqsadida nazorat qilinadigan bitimda tovar sotib olingan narx bozor narxlariga muvofiq deb eʼtirof etiladi. (6-q.) Agar qayta sotishni amalga oshirayotgan shaxsda yalpi rentabellik ushbu Kodeksning 187-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlangan rentabellik oraligʻining eng kam miqdoridan kam boʻlsa yoki uning eng yuqori miqdoridan koʻp boʻlsa, soliq solish maqsadida nazorat qilinadigan bitim narxi tovarni keyingi realizatsiya qilishning amaldagi narxidan va rentabellik oraligʻining oʻrtacha qiymatiga muvofiq keladigan yalpi rentabellikdan kelib chiqqan holda aniqlanadi. (7-q.) Keyingi realizatsiya qilish narxi usuli qoʻllanilganida axborot-narx agentliklarining aynan oʻxshash (bir turdagi) tovarlarning (xizmatlarning) narxlari (narxlar oraligʻi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlaridan va bunday tovarlarga (xizmatlarga) bozor narxlari oraligʻi narxlaridan ushbu Kodeks 188-moddasining yettinchi qismida nazarda tutilgan tartibda foydalanishga yoʻl qoʻyiladi. (8-q.) Soliq solish maqsadida rentabellik oraligʻining oʻrtacha qiymatini ushbu moddaning yettinchi qismiga muvofiq qoʻllash, basharti bu budjet tizimiga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasini kamaytirmasa yoki soliq toʻlovchining zarari summasi oshishiga olib kelmasa, amalga oshiriladi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling