Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
190-modda. Xarajat usuli
(1-q.) Xarajat usuli nazorat qilinadigan bitim narxining bozor narxlariga muvofiqligini aniqlashni nazarda tutadi va mazkur usul nazorat qilinadigan bitim (nazorat qilinadigan bir turdagi bitimlar guruhi) tarafi boʻlgan shaxs xarajatlarining yalpi rentabelligini taqqoslanadigan bitimlardagi xarajatlar yalpi rentabelligining ushbu Kodeksning 187-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlangan bozor oraligʻi bilan taqqoslashga asoslanadi. (2-q.) Xarajat usuli, chunonchi, quyidagi hollarda qoʻllanilishi mumkin: 1) sotuvchi bilan oʻzaro bogʻlangan shaxslar tomonidan xizmatlar koʻrsatilganda (bundan xizmatlar koʻrsatilganda sotuvchi xarajatlarining rentabellik darajasiga sezilarli taʼsir koʻrsatuvchi nomoddiy aktivlardan foydalanilgan hollar mustasno); 2) pul mablagʻlarini boshqarishga doir xizmatlar koʻrsatilganda, jumladan qimmatli qogʻozlar bozorida va (yoki) valyuta bozorida savdo operatsiyalarini amalga oshirishda; 3) yuridik shaxsning yakka ijro etuvchi organi vazifalarni bajarish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilganda; 4) sotuvchi bilan oʻzaro bogʻliq shaxslarga xom ashyo yoki yarim tayyor mahsulotlar sotilganda; 5) oʻzaro bogʻliq shaxslar oʻrtasida uzoq muddatli shartnomalar boʻyicha tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinganda. (3-q.) Agar nazorat qilinadigan bitim tarafi boʻlgan sotuvchida ushbu bitim boʻyicha xarajatlarning yalpi rentabelligi ushbu Kodeksning 187-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlangan rentabellik oraligʻi doirasida boʻlsa, nazorat qilinadigan bitimning narxi soliqqa tortish maqsadidagi bozor narxlariga muvofiq deb eʼtirof etiladi. (4-q.) Agar nazorat qilinadigan bitim tarafi boʻlgan sotuvchida xarajatlarning yalpi rentabelligi rentabellik oraligʻining eng kam miqdoridan kam yoki uning eng koʻp miqdoridan koʻp boʻlsa, nazorat qilinadigan bitimning narxi soliq solish maqsadida realizatsiya qilingan tovarlarning (xizmatlarning) amaldagi tannarxidan va rentabellik oraligʻining oʻrtacha qiymatiga muvofiq keladigan xarajatlarning yalpi rentabelligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. (5-q.) Xarajat usuli qoʻllanilganda axborot-narx agentliklarining aynan oʻxshash (bir turdagi) tovarlar (xizmatlar) narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlaridan foydalanishga hamda ushbu Kodeks 188-moddasining yettinchi qismida nazarda tutilgan tartibda aynan oʻxshash (bir turdagi) tovarlarning (xizmatlarning) bozor narxlari oraligʻini aniqlashga yoʻl qoʻyiladi. (6-q.) Ushbu moddaning toʻrtinchi qismiga muvofiq soliq solish maqsadida rentabellik oraligʻining oʻrtacha qiymatini qoʻllash, basharti bu budjet tizimiga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasining kamayishiga yoki soliq toʻlovchining zarari summasi oshishiga olib kelmasa, amalga oshiriladi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling