Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq organlari qarorlarini ijro


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

162-modda. Soliq organlari qarorlarini ijro 
etishning oʻziga xos xususiyatlari 
(1-q.)
Qaysi qoidabuzarliklar uchun jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslarning mansabdor 
shaxslari maʼmuriy javobgarlikka tortilishi lozim boʻlsa, soliq organi tomonidan aniqlangan 
shunday qoidabuzarliklar yuzasidan soliq organining sayyor soliq tekshiruvini yoki soliq auditini 
oʻtkazgan vakolatli mansabdor shaxsi oʻz vakolatlari doirasida maʼmuriy huquqbuzarlik 
toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi. 
(2-q.)
Ushbu huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish hamda ularni sodir 
etganlikda aybdor boʻlgan jismoniy shaxslarga va yuridik shaxslarning mansabdor shaxslariga 
nisbatan maʼmuriy jazo choralarini qoʻllash maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka 
muvofiq amalga oshiriladi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 


(3-q.)
Agar soliq organi jismoniy shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka 
tortish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganidan keyin materiallarni prokuratura organlariga yuborgan 
boʻlsa, ushbu soliq organi shu jismoniy shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun 
javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosini toʻxtatib turishi shart. 
(4-q.)
Materiallarni prokuratura organlariga yuborish bilan bir vaqtning oʻzida ushbu 
jismoniy shaxsdan soliq qarzini undirish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosi toʻxtatib turiladi. Bunday 
toʻxtatib turish soliq organi rahbarining (rahbari oʻrinbosarining) qarori bilan materiallar 
prokuratura organlariga yuborilgan kundan keyingi kundan kechiktirmay amalga oshiriladi. Bunda 
ushbu Kodeksda nazarda tutilgan soliq qarzini undirish muddatlarining oʻtishi ushbu soliq qarzini 
undirish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosini toʻxtatib turish davriga toʻxtatib turiladi. 
(5-q.)
Agar prokuratura organlariga yuborilgan materiallar boʻyicha jinoyat ishini 
qoʻzgʻatishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi qaror chiqariladigan 
boʻlsa, soliq organining toʻxtatib turilgan qarorlarining amal qilishi qayta tiklanadi. Qarorning 
amal qilishini qayta tiklash soliq organi rahbarining (rahbari oʻrinbosarining) qarori bilan 
prokuratura organlaridan ushbu faktlar toʻgʻrisida bildirishnoma olingan kundan keyingi kundan 
kechiktirmay amalga oshiriladi. Agar tegishli jinoyat ishi boʻyicha oqlov hukmi chiqariladigan 
boʻlsa, xuddi shunday qoida qoʻllaniladi. 
(6-q.)
Agar jismoniy shaxsning uni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun 
javobgarlikka tortish uchun asos boʻlib xizmat qilgan harakatlari (harakatsizligi) ushbu jismoniy 
shaxsga nisbatan ayblov hukmini chiqarish uchun asos boʻlgan boʻlsa, soliq organi qabul qilingan 
qarorni ushbu jismoniy shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka 
tortish qismi boʻyicha bekor qiladi. 
(7-q.)
Soliq organlaridan materiallar olgan prokuratura organlari soliq organlariga tegishli 
qaror qabul qilingan kundan keyingi kundan kechiktirmay ularni koʻrib chiqish natijalari 
toʻgʻrisidagi bildirishnomalarni yuborishi shart. 
(8-q.)
Ushbu moddada koʻrsatilgan soliq organi qarorlarining koʻchirma nusxalari tegishli 
qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran besh kun ichida soliq organi tomonidan oʻziga nisbatan tegishli 
qaror chiqarilgan shaxsga (uning vakiliga) topshiriladi (yuboriladi). 
(9-q.)
Ushbu moddaning qoidalari soliq toʻlovchilar, yigʻimlarni toʻlovchilar va (yoki) soliq 
agentlari boʻlgan jismoniy shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling