Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

159-modda. Soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi 
materiallarini koʻrib chiqish natijalari 
boʻyicha qaror qabul qilish 
(1-q.)
Soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi materiallarini ushbu Kodeksning 158-
moddasida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqish natijalari boʻyicha soliq organining rahbari 
(rahbar oʻrinbosari) quyidagilarni nazarda tutuvchi qarorni (bundan buyon matnda soliq tekshiruvi 
natijalari boʻyicha qaror deb yuritiladi) qabul qiladi: 
1) soliq auditi materiallari boʻyicha soliqlar va penyalar qoʻshib hisoblash yoki buni rad 
etish; 
2) soliq toʻlovchini soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish 
yoki buni rad etish. 


(2-q.)
Shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish 
toʻgʻrisidagi qarorda sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarlik holatlari mazkur holatlarni 
tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa maʼlumotlarga, oʻziga nisbatan tekshiruv oʻtkazilgan shaxs 
tomonidan oʻz himoyasi uchun keltiriladigan vajlarga hamda ushbu vajlarni tekshirish natijalariga 
havola qilgan holda, oʻtkazilgan soliq tekshiruvida qanday belgilangan boʻlsa, shunday bayon 
etiladi. 
(3-q.)
Shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish 
toʻgʻrisidagi qarorda ushbu Kodeksning shu huquqbuzarliklarni nazarda tutuvchi moddalari va 
qoʻllaniladigan javobgarlik choralari koʻrsatiladi. 
(4-q.)
Soliqlarni qoʻshib hisoblashni nazarda tutuvchi qarorda, agar soliqlarga oid qarzdorlik 
tekshiruv jarayonida aniqlangan boʻlsa, soliqlarga oid aniqlangan ushbu qarzdorlik miqdori va 
tegishli penyalar summasi koʻrsatiladi. 
(5-q.)
Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortishni rad etishni 
nazarda tutuvchi qarorda bunday rad etish uchun asos boʻlgan holatlar bayon etiladi. 
(6-q.)
Soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha qarorda oʻziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxs 
ushbu qaror ustidan qaysi muddat ichida shikoyat qilishga haqli boʻlsa, oʻsha muddat va qaror 
ustidan yuqori turuvchi soliq organiga shikoyat qilish tartibi koʻrsatiladi. 
(7-q.)
Agar soliq auditi jarayonida soliq organining qarori asosida ortiqcha qaytarilgan soliq 
summasi aniqlangan boʻlsa, soliqlar summalarini qoʻshib hisoblash toʻgʻrisidagi qarorda mazkur 
summa ushbu soliq boʻyicha soliq qarzi deb eʼtirof etiladi. Ushbu soliq summasi soliq toʻlovchiga 
qaytarilgan taqdirda, u mablagʻlarni haqiqatda olgan kundan eʼtiboran, soliq summasi hisobga 
oʻtkazishga qabul qilingan taqdirda esa - ushbu soliq summasi hisobga olishga qabul qilingan 
kundan eʼtiboran ushbu summa soliq qarzi deb eʼtirof etiladi. 
(8-q.)
Soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha qaror qabul 
qilinganidan keyin soliq organining rahbari (rahbari oʻrinbosari) ushbu Kodeksning 161-
moddasida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda ushbu qarorning ijrosi uchun taʼminlash 
choralarini koʻrishga haqli. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling