Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
158-modda. Soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi
materiallarini koʻrib chiqish tartibi (1-q.) Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlari qaysi soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi davomida aniqlangan boʻlsa, oʻsha soliq auditi dalolatnomasi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi materiallari soliq tekshiruvini oʻtkazgan soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) tomonidan ushbu soliq tekshiruvi dalolatnomasi tuzilgan kundan eʼtiboran oʻn kun oʻtgach, lekin oʻn besh kundan kechirtirmay koʻrib chiqilishi kerak. Ularga doir qaror soliq tekshiruvi materiallari koʻrib chiqilganidan keyin besh kundan kechiktirmay qabul qilinishi lozim. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ- 683-son Qonuni tahriridagi qism) (2-q.) Agar tekshirilayotgan shaxs (uning vakili) soliq auditining dalolatnomasiga va (yoki) sayyor soliq tekshiruvining materiallariga doir yozma eʼtirozlarini ushbu Kodeksning 156- moddasi oʻn ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarda taqdim etgan boʻlsa, ushbu eʼtirozlar ham koʻrib chiqilishi lozim. (3-q.) Soliq organi tekshiruv materiallari koʻrib chiqiladigan sana, vaqt va joy toʻgʻrisida soliq toʻlovchini koʻrib chiqish boshlanguniga qadar kamida ikki ish kuni oldin xabardor qiladi. (4-q.) Agar soliq toʻlovchi soliq organini uzrli sabablarga koʻra soliq tekshiruvi materiallarining koʻrib chiqilishiga kela olmasligi toʻgʻrisida xabardor qilgan boʻlsa, soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) soliq tekshiruvi materiallarining koʻrib chiqishni kamida besh kun muddatga qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, soliq toʻlovchi bu haqda xabardor qilinadi. (5-q.) Oʻziga nisbatan soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilgan shaxs soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish jarayonida shaxsan va (yoki) oʻz vakili orqali ishtirok etishga haqli. (6-q.) Oʻziga nisbatan soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilgan, tekshiruv materiallari koʻrib chiqiladigan vaqt va joy haqida tegishli tarzda xabardor qilingan shaxsning (uning vakilining) kelmaganligi soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi, bundan ushbu shaxsning ishtirok etishi soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) tomonidan mazkur materiallar koʻrib chiqilishi uchun shart deb topilgan holatlar mustasno. (7-q.) Soliq tekshiruvi materiallarini mohiyatiga koʻra koʻrib chiqishdan oldin soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari): 1) ishni kim koʻrib chiqayotganligini va qaysi soliq tekshiruvi materiallari koʻrib chiqilishi lozimligini eʼlon qilishi; 2) koʻrib chiqishda ishtirok etish uchun taklif etilgan shaxslarning kelgan-kelmaganligi faktini aniqlashi shart. Ushbu shaxslar kelmagan taqdirda soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) ish yuritish ishtirokchilari belgilangan tartibda xabardor qilingan-qilinmaganligini aniqlashtiradi va soliq tekshiruvi materiallarini mazkur shaxslarning yoʻqligida koʻrib chiqish yoki ushbu koʻrib chiqishni keyinga qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi; 3) oʻziga nisbatan soliq tekshiruvi oʻtkazilgan shaxsning vakili ishtirok etgan taqdirda ushbu vakilning vakolatlarini tekshirishi; 4) koʻrib chiqish tartib-taomilida ishtirok etayotgan shaxslarga ularning huquqlari va majburiyatlarini tushuntirishi; 5) koʻrib chiqish uchun ishtirok etishi zarur boʻlgan shaxs kelmagan taqdirda, soliq tekshiruvi materiallarining koʻrib chiqilishini keyinga qoldirish toʻgʻrisida qaror chiqarishi kerak. (8-q.) Soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish chogʻida tekshiruv dalolatnomasi, zarur boʻlgan taqdirda esa soliq nazorati tadbirlarining boshqa materiallari, shuningdek oʻziga nisbatan tekshiruv oʻtkazilgan shaxsning yozma eʼtirozlari ham oʻqib eshittirilishi mumkin. (9-q.) Yozma eʼtirozlarning mavjud emasligi ushbu shaxsni (uning vakilini) tekshiruv materiallarini koʻrib chiqish bosqichida oʻz tushuntirishlarini berish huquqidan mahrum etmaydi. (10-q.) Soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish vaqtida taqdim etilgan dalillar, shu jumladan oʻziga nisbatan tekshiruv oʻtkazilgan shaxsdan ilgari talab qilib olingan hujjatlar, ushbu shaxs soliq tekshiruvlaridan oʻtkazilganda soliq organlariga taqdim etilgan hujjatlar hamda soliq organida mavjud boʻlgan boshqa hujjatlar oʻrganiladi. (11-q.) Ushbu Kodeks talablari buzilgan holda olingan dalillardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. (12-q.) Soliq toʻlovchining faoliyati toʻgʻrisidagi qoʻshimcha maʼlumotlar (axborot), agar ular ushbu Kodeksda belgilangan muddatlar buzilgan holda soliq organiga taqdim etilgan boʻlsa ham koʻrib chiqilishi mumkin. (13-q.) Soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish davomida zarur boʻlgan taqdirda ushbu koʻrib chiqishda ishtirok etish uchun guvohni, ekspertni, mutaxassisni jalb etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi mumkin. (14-q.) Soliq tekshiruvi materiallari koʻrib chiqilayotganda bayonnoma yuritiladi. (15-q.) Soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish jarayonida soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari): 1) oʻziga nisbatan tekshiruv dalolatnomasi tuzilgan shaxs soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishini sodir etgan-etmaganligini; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 2) aniqlangan qoidabuzarliklar soliqqa oid huquqbuzarlik alomatini tashkil etish-etmasligini; 3) shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortishga asoslar mavjud-mavjud emasligini; 4) soliq toʻlovchining eʼtirozlari asoslanganligini belgilaydi. (16-q.) Soliqqa oid huquqbuzarlik alomati mavjud boʻlgan taqdirda soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etishdagi aybini istisno etuvchi holatlarni yoki soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikni yumshatuvchi yoxud ogʻirlashtiruvchi holatlarni aniqlaydi. (17-q.) Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlari sodir etilganligi faktini tasdiqlash uchun qoʻshimcha dalillar olish zarur boʻlgan taqdirda yoki ular boʻlmaganda soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) soliq nazoratining qoʻshimcha tadbirlarini bir oydan oshiq boʻlmagan muddatda oʻtkazish toʻgʻrisida qaror chiqarishga haqlidir. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (18-q.) Soliq nazoratining qoʻshimcha tadbirlarini tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda bunday qoʻshimcha tadbirlarni oʻtkazish zaruratini keltirib chiqargan holatlar bayon etiladi, ularni oʻtkazish muddati va aniq shakli koʻrsatiladi. (19-q.) Soliq nazoratining qoʻshimcha tadbirlari sifatida ushbu Kodeksning 146 va 147- moddalariga muvofiq hujjatlarni talab qilib olish, guvohni soʻroq qilish, ekspertiza amalga oshirilishi mumkin. (20-q.) Soliq nazorati qoʻshimcha tadbirlarining boshlanishi va tugashi, soliq nazoratining oʻtkazilgan qoʻshimcha tadbirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlari sodir etilganligi yoki ularning mavjud emasligi faktini tasdiqlash uchun olingan qoʻshimcha dalillar, tekshiruvchilarning aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etishga doir xulosalari va takliflari hamda ushbu Kodeksning moddalariga oid havolalar, agar ushbu Kodeksda soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikning ushbu buzilishlari uchun javobgarlik nazarda tutilgan boʻlsa, soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasiga doir qoʻshimchada qayd etiladi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (21-q.) Soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasiga doir qoʻshimcha soliq nazoratining qoʻshimcha tadbirlarini oʻtkazgan soliq organining mansabdor shaxslari tomonidan bunday tadbirlar tugagan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida tuzilishi va imzolanishi kerak. (22-q.) Soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasiga doir qoʻshimcha soliq nazoratining qoʻshimcha tadbirlari natijasida olingan materiallar ilova qilingan holda ushbu qoʻshimcha tuzilgan sanadan eʼtiboran uch kun ichida oʻziga nisbatan tekshiruv oʻtkazilgan shaxsga (uning vakiliga) imzo qoʻydirib berilishi yoki u olingan sana toʻgʻrisida dalolat beruvchi boshqa usulda topshirilishi kerak. (23-q.) Agar oʻziga nisbatan tekshiruv oʻtkazilgan shaxs (uning vakili) soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasiga doir qoʻshimchani olishdan bosh tortsa, bunday fakt tekshiruv dalolatnomasiga doir qoʻshimchada aks ettiriladi. Bunday holda soliq tekshiruvi dalolatnomasiga doir qoʻshimcha tashkilotning (alohida boʻlinmaning) joylashgan yeri yoki jismoniy shaxsning yashash joyi boʻyicha pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi va buyurtma xat yuborilgan sanadan eʼtiboran beshinchi kunda qabul qilingan deb hisoblanadi. (24-q.) Oʻziga nisbatan soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilgan shaxs (uning vakili) soliq tekshiruvi dalolatnomasiga doir qoʻshimcha olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida tekshiruv dalolatnomasiga doir bunday qoʻshimcha boʻyicha umuman yoki uning alohida qoidalari yuzasidan yozma eʼtirozlarini taqdim etishga haqli. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling