Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
277-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni
olib kirishda va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tovarlarni olib chiqishda soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari (1-q.) Tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda soliq solish tanlangan bojxona rejimiga qarab, quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1) tovarlar erkin muomalada boʻlish (import) uchun chiqarish bojxona rejimiga joylashtirilganda soliq toʻliq hajmda hisoblanadi; 2) tovarlar reimport bojxona rejimiga joylashtirilganda soliq toʻlovchi ushbu Kodeksga muvofiq tovarlar eksport qilinganda toʻlashdan ozod etilgan soliq summalarini yoxud unga tovarlar eksport qilinganligi tufayli qaytarib berilgan summalarni toʻlaydi. Sanab oʻtilgan summalarni toʻlash bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 3) tovarlar tranzit, bojxona ombori, reeksport, boj olinmaydigan savdo, erkin bojxona hududi, yoʻq qilish, davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga, shuningdek gʻamlab qoʻyilgan narsalar bojxonada deklaratsiya qilinganda soliq toʻlanmaydi; 4) tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilganda, basharti qayta ishlash mahsulotlarini muayyan muddatda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqilsa, soliq toʻlanmaydi; 5) tovarlar vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilganda bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda soliq toʻlashdan toʻliq yoki qisman ozod etish qoʻllaniladi; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 6) bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash mahsulotlari olib kirilgan taqdirda, soliq toʻlovi bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 7) tovarlar ichki isteʼmol uchun qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilganda soliq toʻliq hajmda toʻlanadi. (2-q.) Tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilayotganda soliq solish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1) tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududidan eksport bojxona tartib-taomilida olib chiqilayotganda soliq toʻlanmaydi. Mazkur qoida tovarlarni keyinchalik eksport bojxona tartib- taomiliga muvofiq olib chiqish maqsadida ushbu tovarlar bojxona ombori tartib-taomiliga joylashtirilganda ham qoʻllaniladi; 2) tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga reeksport bojxona tartib- taomilida olib chiqilayotganda soliq toʻlanmaydi, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish chogʻida toʻlangan soliq summalari esa soliq toʻlovchiga bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda qaytariladi. Mazkur qoida tovarlar reeksport bojxona tartib-taomiliga muvofiq keyinchalik olib chiqish maqsadida bojxona ombori bojxona tartib-taomiliga joylashtirilganda ham qoʻllaniladi; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 3) maxsus bojxona tartib-taomilini tugallash maqsadida gʻamlab qoʻyilgan narsalar, shuningdek tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilayotganda soliq toʻlanmaydi; 4) tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududidan ushbu qismning 1-3-bandlarida koʻrsatilganlariga nisbatan boshqa tartib-taomillarga muvofiq olib chiqilayotganda, agar bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, bojxona tartib-taomillari bilan soliq toʻlashdan ozod etish va (yoki) toʻlangan soliq summalarini qaytarish amalga oshirilmaydi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) (3-q.) Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy, oilaviy, uy-roʻzgʻor ehtiyojlari va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa ehtiyojlar uchun moʻljallangan tovarlar olib oʻtilayotganda, tovarlar Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotganligi munosabati bilan soliq toʻlash tartibi bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilanadi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling