Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 289-1-modda. Tamaki mahsulotlariga doir soliq stavkalari
289-modda. Soliq stavkalari
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi modda) (Oldingi tahririga qarang) Soliq stavkalari tovarning yoki xizmatning qiymatiga nisbatan foizlarda (advalor), naturada ifodalangan oʻlchov birligiga nisbatan mutlaq summada (qatʼiy belgilangan), shuningdek advalor va qatʼiy belgilangan soliq stavkalarini oʻz ichiga olgan aralash stavkada belgilanadi. 289-1-modda. Tamaki mahsulotlariga doir soliq stavkalari (OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuniga muvofiq kiritilgan modda) (1-q.) Tamaki mahsulotlariga nisbatan soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi: T/r Tamaki mahsulotlari turlari Soliq stavkalari import qilinganda ishlab chiqariladigan 1. Filtrli, filtrsiz sigaretalar, papiroslar, sigarillalar (sigaritlar), bidi, kretek 342 000 soʻm/ 1 000 dona + 10 foiz 2023-yil 1-yanvardan: 203 500 soʻm/ 1 000 dona + 10 foiz 2023-yil 1-fevraldan: 223 850 soʻm/ 1 000 dona + 10 foiz 2. Sigara 5 720 soʻm/1 dona 3. Chilim uchun tamaki 341 000 soʻm/kg* 4. Chekiladigan, oʻrama tamaki 341 000 soʻm/kg 5. Chaynaladigan, hidlanadigan va shimiladigan tamaki 341 000 soʻm/kg 6. Qizdiriladigan tamaki tayoqchasi, qizdiriladigan tamakili kapsula va tarkibida tamaki boʻlgan oʻxshash tamoyil bilan foydalaniladigan boshqa mahsulotlar 341 000 soʻm/kg 7. Nikotinli tamakisiz snyus 137 500 soʻm/kg 8. Tarkibida nikotin mavjud boʻlgan suyuqlik (kartrijlarda, rezervuarlarda va elektron sigaretlarda foydalanish uchun boshqa konteynerlarda)** 605 soʻm/ml *) Belgilangan soliq stavkasi boʻyicha soliq chilim uchun tamakisiz aralashmani olib kirishda ham toʻlanadi. **) Tarkibida nikotin mavjud boʻlgan suyuqlikni (nikotinni) uni isteʼmol qilish (elektron va boshqalar) tizimlarida olib kirishda soliq tarkibida nikotin mavjud boʻlgan suyuqlik hajmidan kelib chiqqan holda toʻlanadi. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (2-q.) Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida aksiz soligʻining qatʼiy belgilangan stavkasi natura ifodalangan aksiz toʻlanadigan tovarlar hajmiga nisbatan qoʻllaniladi, aksiz soligʻining advalor soliq stavkasi ishlab chiqaruvchining aksiz soligʻi va qoʻshilgan qiymat soligʻi qoʻshilmagan holda sotilgan tovarlar qiymatiga nisbatan qoʻllaniladi. Tovar importida advalor soliq stavkasi bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadigan bojxona qiymatiga nisbatan qoʻllaniladi. (3-q.) Ushbu modda birinchi qismining 3-6-bandlarida soliq stavkasi tamaki mahsulotidagi tamaki xom ashyosi massasiga nisbatan tamaki xom ashyosi massasi toʻgʻrisidagi axborotni isteʼmol qadogʻida (idishda) koʻrsatish sharti bilan qoʻllaniladi. Agar chilim uchun tamaki boʻyicha tamaki xom ashyosi massasi netto ogʻirligining 20 foizdan kamni tashkil etgan taqdirda, u holda aksiz soligʻi netto ogʻirligining 20 foizidan hisoblab chiqariladi. Isteʼmol qadogʻida (idishida) tamaki xom ashyosining ogʻirligi toʻgʻrisida axborot mavjud boʻlmagan taqdirda, soliq stavkasi netto ogʻirligiga nisbatan qoʻllaniladi. (4-q.) Ushbu modda birinchi qismining 7-bandida soliq stavkasi tovarning netto ogʻirligiga nisbatan qoʻllaniladi, bunda isteʼmol qadogʻining (plastik bankaning, karton qutisining va shu kabilarning) ogʻirligi hisobga olinmaydi. Isteʼmol qadogʻida (idishida) tovarning ogʻirligi toʻgʻrisida maʼlumot mavjud boʻlmagan taqdirda, soliq stavkasi isteʼmol qadogʻini (idishini) hisobga olgan holda netto ogʻirligiga nisbatan qoʻllaniladi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling