Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

41-BOB. SOLIQNI HISOBLAB CHIQARISH
SOLIQ HISOBOTINI TAQDIM ETISH VA 
SOLIQ TOʻLASH TARTIBI 
290-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi 
291-modda. Soliq davri 
292-modda. Soliq hisobotini taqdim etish tartibi 
293-modda. Soliq toʻlash tartibi 
290-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi 
(1-q.)
Soliqni hisoblab chiqarish soliq solinadigan bazadan va soliqning belgilangan 
stavkalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. 
(2-q.)
Import qilingan, aksiz toʻlanadigan, oʻziga nisbatan aralash - advalor va qatʼiy 
belgilangan soliq stavkalari belgilangan tovarlar boʻyicha soliq soliq bazasi va advalor stavkadan 
kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Bunda soliq summasi qatʼiy belgilangan stavka 
qoʻllanilgan holda hisoblab chiqarilgan summadan kam boʻlishi mumkin emas. 
291-modda. Soliq davri 
Bir oy soliq davridir. 
292-modda. Soliq hisobotini taqdim etish tartibi 


(1-q.) 
Soliq hisoboti, agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda 
tutilmagan boʻlsa, soliq boʻyicha hisobda turilgan joydagi soliq organlariga har oyda, soliq 
davridan keyingi oyning oʻninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
(2-q.)
Benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari orqali 
realizatsiya qilingan taqdirda, soliq hisoboti avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari 
joylashgan yerdagi soliq organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning oʻninchi kunidan 
kechiktirmay taqdim etiladi. 
293-modda. Soliq toʻlash tartibi 
(1-q.)
Soliqni toʻlash soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga 
oshiriladi. 
(2-q.)
Import qilinadigan tovarlar boʻyicha soliqni toʻlash bojxona toʻgʻrisidagi 
qonunchilikda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Aksiz markalari bilan tamgʻalanishi 
lozim boʻlgan olib kiriladigan aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha soliq aksiz markalari 
olinguniga qadar toʻlanadi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling