Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 42-BOB. SOLIQ TOʻLOVCHILAR, SOLIQ SOLISH OBYEKTI VA SOLIQ BAZASI
XII BOʻLIM.
FOYDA SOLIGʻI 42-bob. Soliq toʻlovchilar, soliq solish obyekti va soliq bazasi (294 - 296-moddalar) 43-bob. Jami daromad (297 - 304-moddalar) 44-bob. Xarajatlar (305 - 317-moddalar) 45-bob. Ayrim soliq toʻlovchilar va operatsiyalar turlari boʻyicha soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari (318 - 331-moddalar) 46-bob. Soliq bazasiga tuzatish kiritish (332 - 336-moddalar) 47-bob. Soliq stavkalari. Soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi (337 - 342-moddalar) 48-bob. Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlariga toʻlanadigan dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlarga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari (343 - 346-moddalar) 49-bob. Faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan norezidentlarning daromadlariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari (347 - 350-moddalar) 50-bob. Norezidentlarning doimiy muassasa bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari (351 - 358-moddalar) 51-bob. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning daromadlariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari (359 - 363-moddalar) 42-BOB. SOLIQ TOʻLOVCHILAR, SOLIQ SOLISH OBYEKTI VA SOLIQ BAZASI 294-modda. Soliq toʻlovchilar 295-modda. Soliq solish obyekti 296-modda. Soliq bazasi 294-modda. Soliq toʻlovchilar (1-q.) Quyidagilar foyda soligʻining soliq toʻlovchilari (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi) deb eʼtirof etiladi: 1) Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar (bundan buyon ushbu boʻlimda yuridik shaxslar deb yuritiladi); 2) Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshiradigan, yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari (bundan buyon ushbu boʻlimda faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezidentlar deb yuritiladi); 3) Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan daromadlar oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar (bundan buyon ushbu boʻlimda norezidentlar deb yuritiladi); 4) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchilari boʻlgan yuridik shaxslar; 5) soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadlari bir milliard soʻmdan ortiq boʻlgan yoki oʻz ixtiyori bilan foyda soligʻini toʻlashga oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorlar; 6) oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma) doirasida amalga oshiriladigan faoliyat boʻyicha oddiy shirkatning ishonchli shaxsi. (2-q.) Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari (bundan buyon ushbu boʻlimda konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilari deb yuritiladi) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻining mazkur guruh masʼul ishtirokchisi tomonidan hisoblab chiqarish uchun zarur boʻlgan qismi boʻyicha soliq toʻlovchilarning majburiyatlarini bajaradi. (3-q.) Ushbu Kodeksning 36-moddasi toʻqqizinchi qismiga muvofiq agent vazifalarini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs, ushbu modda birinchi qismining 2-bandiga muvofiq soliq toʻlovchi deb eʼtirof etiladi. (4-q.) Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, aylanmadan soliq toʻlovchi shaxslar soliq toʻlovchilar hisoblanmaydi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling