Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Amortizatsiya xarajatlari


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

306-modda. Amortizatsiya xarajatlari 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi modda) 
(Oldingi tahririga qarang) 


(1-q.)
Ushbu Kodeksga muvofiq soliq toʻlovchi amortizatsiya qilinadigan aktivlar sifatida 
hisobga oladigan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar ushbu Kodeks maqsadlarida amortizatsiya 
qilinadigan aktivlar deb eʼtirof etiladi.
(2-q.)
Oʻzbekiston Respublikasida birlik (toʻplam) uchun belgilangan (asosiy vosita sifatida 
eʼtirof etilgan sanadagi), qiymati bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdoridan yuqori 
boʻlgan, soliq toʻlovchida mulk huquqi asosida turgan (agar ushbu moddada boshqacha qoida 
nazarda tutilmagan boʻlsa) va soliq toʻlovchi tomonidan tovarlarni ishlab chiqarishda (xizmatlar 
koʻrsatishda) yoki maʼmuriy-boshqaruv ehtiyojlari uchun uzoq vaqt (davomiyligi oʻn ikki oydan 
ortiq vaqt) mobaynida foydalaniladigan mol-mulk soliq solish maqsadlarida asosiy vosita deb 
eʼtirof etiladi. 
(3-q.)
Soliq toʻlovchi soliq davri uchun soliq solish maqsadlaridagi hisob siyosatida mol-
mulk qiymatini asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun mol-mulkning eng kam chegarasini 
belgilashga haqli. 
(4-q.)
Unitar korxona amortizatsiya qilinadigan aktivni unitar korxona mulkdoridan operativ 
boshqaruvga yoki xoʻjalik yurituviga olganda bunday aktiv ushbu moddada belgilangan tartibda 
shu unitar korxonada amortizatsiya qilinishi lozim. 
(5-q.)
Ijaraga beruvchining (qarz beruvchining) roziligi bilan ijaraga va (yoki) bepul 
foydalanishga berilgan amortizatsiya qilinadigan aktivga ijaraga oluvchi (qarz oluvchi) tomonidan 
amalga oshirilgan ajratib boʻlmaydigan yaxshilash shaklidagi kapital qoʻyilmalar ham 
amortizatsiya qilinadigan aktiv deb eʼtirof etiladi. 
(6-q.)
Moliyaviy ijara shartnomasi (lizing shartnomasi) boʻyicha olingan amortizatsiya 
qilinadigan aktiv ijara (lizing) obyektini oluvchida amortizatsiya qilinadigan aktivlar tarkibiga 
kiritiladi. 
(7-q.)
Quyidagi aktivlar amortizatsiya qilinmaydi: 
1) yer va tabiatdan foydalanishga doir boshqa obyektlar (suv, yer osti boyliklari va boshqa 
tabiiy resurslar); 
2) mahsuldor chorva mollari
3) axborot-kutubxona fondi;
4) muzey ashyolari;
5) moddiy madaniy meros obyektlari;
6) umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari, yoʻlkalar, sayilgohlar, xiyobonlar, mahalliy 
davlat hokimiyati organlari tasarrufida boʻlgan obodonlashtirish inshootlari; 
7) qiymati soliq solish maqsadida ushbu soliq toʻlovchida ilgari toʻliq xarajatlar jumlasiga 
kiritilgan amortizatsiya qilinadigan aktiv; 
8) soliq toʻlovchi tomonidan amortizatsiya qilinadigan aktivlar tarkibiga oʻtkazilmagan 
kapital qoʻyilmalar; 
9) budjet tashkilotlarining amortizatsiya qilinadigan aktivlari, bundan tadbirkorlik faoliyati 
amalga oshirilishi munosabati bilan sotib olingan va bunday faoliyatni amalga oshirish uchun 
foydalaniladigan amortizatsiya qilinadigan aktivlar mustasno; 
10) maqsadli moliyalashtirishning budjet mablagʻlari hisobiga sotib olingan (yaratilgan) 
amortizatsiya qilinadigan aktivlar (tegishli qismi boʻyicha). Mazkur norma soliq toʻlovchi 
tomonidan xususiylashtirish chogʻida olingan amortizatsiya qilinadigan aktivga nisbatan 
qoʻllanilmaydi; 
11) ushbu Kodeks 304-moddasining 8, 9, 14 va 15-bandlariga muvofiq kelib tushgan 
mablagʻlar hisobidan olingan yoki sotib olingan (yaratilgan), shuningdek soliq va bojxona 


imtiyozlari berilishi natijasida boʻshagan mablagʻlar hisobidan olingan yoki sotib olingan 
(yaratilgan) amortizatsiya qilinadigan aktiv (tegishli qismi boʻyicha).
(8-q.)
Ushbu modda maqsadida quyidagilar amortizatsiya qilinadigan aktivlar tarkibidan 
chiqarib tashlanadi: 
1) konservatsiya davri uchun - qonunchilikda belgilangan tartibda konservatsiya qilingan 
amortizatsiya qilinadigan aktiv; 
2) soliq toʻlovchining qaroriga koʻra oʻn ikki oydan ortiq vaqt rekonstruksiya qilishda yoki 
modernizatsiyalashda boʻlgan amortizatsiya qilinadigan aktiv, bundan rekonstruksiya qilish yoki 
modernizatsiyalash jarayonida bunday aktivdan soliq toʻlovchi tomonidan oʻz faoliyatida 
foydalanilishi davom ettiriladigan hollar mustasno. 
(9-q.)
Agar mazkur moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu modda 
maqsadida amortizatsiya qilinadigan aktiv boshlangʻich qiymat boʻyicha hisobga olinadi. 
(10-q.)
2021-yil 31-dekabrdan keyin sotib olingan (olingan, yaratilgan) amortizatsiya 
qilinadigan aktivning boshlangʻich qiymati uni sotib olishga, qurishga, ishlab chiqarishga, 
yetkazib berishga va foydalanish uchun yaroqli boʻlgan holatga keltirishga doir xarajatlar summasi 
sifatida (agar bunday aktiv soliq toʻlovchi tomonidan bepul olingan yoxud inventarizatsiya 
natijasida aniqlangan boʻlsa, shu aktivning ushbu Kodeksning 299-moddasiga muvofiq 
belgilanadigan bozor qiymati sifatida) aniqlanadi.
(11-q.)
Moliyaviy ijara va (yoki) lizing predmeti boʻlgan amortizatsiya qilinadigan aktivning 
boshlangʻich qiymati ushbu moddaning oʻninchi qismida koʻrsatilgan tartibga oʻxshash tartibda 
aniqlanadi. 
(12-q.)
Aksiyadorning (ishtirokchining, mulkdorning) ustav fondiga (ustav kapitaliga) 
hissasi hisobidan olingan, amortizatsiya qilinadigan aktivlarning boshlangʻich qiymati deb mazkur 
aktivlarning aksiyadorlar (ishtirokchilar, mulkdorlar) tomonidan kelishilgan, lekin ushbu 
Kodeksning 299-moddasida koʻrsatilgan tartibga oʻxshash tartibda aniqlanadigan bozor 
qiymatidan yuqori boʻlmagan puldagi bahosi eʼtirof etiladi. 
(13-q.)
Soliq toʻlovchining oʻzi barpo etgan (tayyorlagan, yaratgan), amortizatsiya 
qilinadigan aktivning boshlangʻich qiymati deb bunday aktivni barpo etish (qurish, qoʻshimcha 
qurish, tayyorlash, yaratish) boʻyicha haqiqiy xarajatlar summasi eʼtirof etiladi. 
(14-q.)
Amortizatsiya qilinadigan aktivning boshlangʻich qiymati quyidagilar hisobga 
olinmagan holda aniqlanadi:
ushbu Kodeksning 37-bobiga muvofiq hisobga olingan va (yoki) 314-moddasiga muvofiq 
xarajatlar tarkibida hisobga olinadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi; 
foizlar boʻyicha xarajatlarni va ushbu Kodeksga muvofiq chegirib tashlanishi lozim boʻlgan 
yoki xarajatlar tarkibida hisobga olinadigan amortizatsiya qilinadigan aktivni sotib olish bilan 
bogʻliq boshqa xarajatlar. 
(15-q.)
Sotish uchun moʻljallangan zaxiralar yoki aktivlar tarkibidan oʻtkazilgan 
amortizatsiya qilinadigan aktivning boshlangʻich qiymati ushbu aktivning buxgalteriya hisobi 
toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq bunday kelib tushish sanasida aniqlangan balans qiymatidir. 
(16-q.)
Agar amortizatsiya qilinadigan aktiv soliq toʻlovchi tomonidan qayta tashkil etish 
natijasida (bundan tashkiliy-huquqiy shakl oʻzgargan hollar mustasno) olingan boʻlsa, bunday 
aktivning topshirish dalolatnomasida yoki taqsimlash balansida koʻrsatilgan balans qiymati uning 
boshlangʻich qiymati boʻladi. 


(17-q.)
2021-yil 1-yanvar holatiga koʻra buxgalteriya hisobi maʼlumotlariga koʻra soliq 
toʻlovchida mavjud boʻlgan, amortizatsiya qilinadigan aktivning boshlangʻich (qayta tiklanish) 
qiymati soliq solish maqsadlarida ilgari oʻtkazilgan qayta baholashlarni hisobga olgan holda uning 
boshlangʻich qiymati sifatida aniqlanadi. 
(18-q.)
Amortizatsiya qilinadigan aktivning qayta tiklanish qiymatini aniqlashda ushbu 
modda maqsadida soliq toʻlovchining qarori boʻyicha 2020-yilning 1-yanvar holatiga koʻra 
amalga oshirilgan va soliq toʻlovchining buxgalteriya hisobida 2020-yil 1-yanvardan keyin aks 
ettirilgan amortizatsiya qilinadigan aktivning qayta baholanishi hisobga olinadi. 
(19-q.)
Ushbu boʻlim maqsadida soliq toʻlovchi tomonidan 2021-yil 1-yanvardan keyin 
amortizatsiya qilinadigan aktiv qiymatini qayta baholash (narxini pasaytirish) amalga 
oshirilganda, bunday qayta baholashning ijobiy (salbiy) summasi daromad (xarajat) deb eʼtirof 
etilmaydi, amortizatsiya qilinadigan aktivning qayta tiklanish qiymatini aniqlashda va 
amortizatsiyani hisoblashda hisobga olinmaydi. 
(20-q.)
Amortizatsiya qilinadigan aktivning boshlangʻich qiymati bunday aktivga soliq 
toʻlovchi tomonidan kapital qoʻyilmalar amalga oshirilgan taqdirda, basharti ular iqtisodiy 
jihatdan oʻrinli boʻlsa, oʻzgaradi. 
(21-q.)
Amortizatsiya qilinadigan aktivning boshlangʻich qiymati tegishli obyektlar 
qoʻshimcha qurilgan, qoʻshimcha jihozlangan, rekonstruksiya qilingan, modernizatsiya qilingan, 
texnologik jihatdan qayta jihozlangan, qisman tugatilgan hollarda va boshqa shunga oʻxshash 
asoslarga, shu jumladan tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga koʻra oʻzgaradi. 
(22-q.)
Asbob-uskunalar, binolar, inshootlarning yoki boshqa amortizatsiya qilinadigan 
aktivning texnologik yoki xizmat koʻrsatish jihatidan belgilangan maqsadining oʻzgarishi va 
(yoki) boshqa yangi sifatlarning olinishi bilan bogʻliq ishlar, qoʻshimcha qurish, qoʻshimcha 
jihozlash, modernizatsiya qilishga doir ishlar jumlasiga kiradi. 
(23-q.)
Ushbu modda maqsadida ishlab chiqarishni takomillashtirish va uning texnik-
iqtisodiy koʻrsatkichlarini oshirish bilan bogʻliq boʻlgan hamda ishlab chiqarish quvvatlarini 
koʻpaytirish, tovarlar (xizmatlar) sifatini yaxshilash va (yoki) ularning nomenklaturasini 
oʻzgartirish maqsadida amortizatsiya qilinadigan aktivni rekonstruksiya qilish loyihasi boʻyicha 
amalga oshiriladigan, mavjud amortizatsiya qilinadigan aktivni qayta qurish rekonstruksiya qilish 
jumlasiga kiradi. 
(24-q.)
Amortizatsiya qilinadigan aktivning yoki uning ayrim qismlarining texnik-iqtisodiy 
koʻrsatkichlarini texnika va texnologiyani oʻzgartirish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish 
va avtomatlashtirish, maʼnan eskirgan hamda jismonan ishdan chiqqan asbob-uskunalarni 
modernizatsiyalash va almashtirish asosida oshirishga doir kompleks tadbirlar texnik jihatdan 
qayta jihozlash jumlasiga kiradi. Texnik jihatdan qayta jihozlash yangi ishlab chiqarishlarni barpo 
etishni va amaldagilarini kengaytirishni ham oʻz ichiga oladi. 
(25-q.)
Ijaraga olingan amortizatsiya qilinadigan aktivlarga va (yoki) bepul foydalanish 
shartnomasi boʻyicha olingan amortizatsiya qilinadigan aktivlarga kapital qoʻyilmalar quyidagi 
tartibda amortizatsiya qilinadi: 
ijaraga beruvchi tomonidan ijaraga oluvchiga (qarz beruvchi tomonidan qarz oluvchiga) 
qiymatining oʻrni qoplanadigan kapital qoʻyilmalar ijaraga beruvchi (qarz beruvchi) tomonidan 
amortizatsiya qilinadi; 


ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining roziligi bilan (qarz beruvchining roziligi bilan qarz 
oluvchi) amalga oshirgan, qiymatining oʻrni ijaraga beruvchi (qarz beruvchi) tomonidan qoplab 
berilmaydigan kapital qoʻyilmalar ijaraga oluvchi (qarz oluvchi) tomonidan amortizatsiya qilinadi. 
(26-q.)
2020-yil 31-dekabr holatiga koʻra soliq toʻlovchida mavjud boʻlgan amortizatsiya 
qilinadigan aktivlarning qoldiq qiymati bunday amortizatsiya qilinadigan aktivlarning 
boshlangʻich (tiklanish) qiymati va 2021-yil 1-yanvargacha hisoblangan (jamgʻarilgan) 
amortizatsiya summasi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi. 
(27-q.)
2020-yilning 31-dekabridan keyin ishga tushirilgan amortizatsiya qilinadigan 
aktivning qoldiq qiymati uning boshlangʻich qiymati va soliqni hisoblab chiqarish maqsadida 
hisoblangan (jamgʻarilgan) amortizatsiya summasi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Ushbu 
Kodeks 308-moddasining yettinchi qismiga muvofiq investitsiyaviy chegirma bekor qilingan 
taqdirda, jamgʻarilgan amortizatsiya investitsiyaviy chegirma chegirib tashlangan holda 
aniqlanadi. 
(28-q.)
Amortizatsiya qilinadigan aktivning qiymati ushbu Kodeksning 308-moddasida 
nazarda tutilgan amortizatsiya ajratmalari va (yoki) investitsiyaviy chegirmalar orqali xarajatlar 
jumlasiga kiritiladi. 
(29-q.)
Agar ushbu moddaning oʻn yettinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan 
boʻlsa, amortizatsiya qilinadigan aktivning qiymati amortizatsiya ajratmalarini qayta baholash 
hisobga olinmagan holda boshlangʻich qiymatdan hisoblanadigan amortizatsiya ajratmalari orqali 
xarajatlar jumlasiga kiritiladi. 
(30-q.)
Amortizatsiya qilinadigan aktivlar amortizatsiyani hisoblash maqsadida, ushbu 
moddaning qoidalariga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi asosiy fondlarining statistik 
tasniflari hisobga olingan holda aktivni ishga tushirish sanasida amortizatsiya guruhlari (kichik 
guruhlari) boʻyicha taqsimlanadi. 
(31-q.)
Amortizatsiya qilinadigan barcha aktivlar (bundan nomoddiy aktivlar mustasno) 
boʻyicha amortizatsiyani hisoblash amortizatsiyaning quyidagi eng yuqori normalari qoʻllanilgan 
holda toʻgʻri chiziqli usul orqali amalga oshiriladi: 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling