Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Talab qilish huquqidan oʻzganing


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

300-modda. Talab qilish huquqidan oʻzganing 
foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha 
olingan daromadlar 
(1-q.)
Talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha olingan 
daromadlar quyidagilarning oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi: 
1) talab qilish huquqini oluvchi soliq toʻlovchi uchun - qarzdordan talab boʻyicha asosiy 
qarzdan olinishi lozim boʻlgan summa, shu jumladan talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga 
voz kechish sanasidagi asosiy qarzdan ortiq summa bilan talab qilish huquqini olish qiymati 
oʻrtasidagi ijobiy farq
2) talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechgan soliq toʻlovchi uchun - talab 
qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechish qaysi qiymat boʻyicha amalga oshirilgan boʻlsa, 
oʻsha qiymat bilan soliq toʻlovchining dastlabki hisobga olish hujjatlariga binoan talab qilish 


huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechish sanasida qarzdordan olinishi lozim boʻlgan talabning 
qiymati oʻrtasidagi ijobiy farq; 
3) qarzni talab qilish huquqini bundan buyon amalga oshiruvchi soliq toʻlovchi uchun - talab 
qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechish qiymati bilan mazkur talabni sotib olish 
xarajatlarining summasi oʻrtasidagi ijobiy farq. 
(2-q.)
Talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechishdan olingan daromad talab 
qilish huquqidan voz kechish amalga oshirilgan hisobot (soliq) davrida eʼtirof etiladi. 
(3-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan talab qilish huquqidan oʻzganing 
foydasiga voz kechish shartnomasiga koʻra olingan salbiy farq soliq toʻlovchining zarari deb 
eʼtirof etiladi va soliq bazasi aniqlanayotganda chegirib tashlanadi. 
301-modda. Ilgari chegirib tashlangan 
xarajatlarning yoki zararlarning oʻrnini 
qoplash tarzidagi daromad 
(1-q.)
Ilgari chegirib tashlangan xarajatlarning yoki zararlarning oʻrnini qoplash tarzidagi 
daromadlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 
1) joriy soliq davrida oʻrni qoplangan, shu jumladan bunday talablarga boʻlgan huquqlardan 
oʻzganing foydasiga qayta voz kechish yoʻli bilan oʻrni qoplangan, oldin xarajatlar jumlasiga 
kiritilgan, umidsiz (tavakkal qilingan) deb eʼtirof etilgan talablarning summalari
2) chiqimlarning (xarajatlarning) oʻrnini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat 
budjetidan olingan mablagʻlarning summalari
3) sugʻurta tashkiloti yoki zarar yetkazgan shaxs tomonidan toʻlangan zararni kompensatsiya 
qilish summalari, bundan ushbu Kodeksning 304-moddasida koʻrsatilgan sugʻurta toʻlovlari 
mustasno; 
4) ilgari chegirmalar jumlasiga kiritilgan chiqimlarning oʻrnini qoplashdan olingan boshqa 
kompensatsiyalar. 
(2-q.)
Olingan kompensatsiya u qaysi hisobot (soliq) davrida olingan boʻlsa, oʻsha hisobot 
(soliq) davrining daromadi boʻladi. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling