Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 305-modda. Umumiy qoidalar
44-BOB. XARAJATLAR
305-modda. Umumiy qoidalar 306-modda. Amortizatsiya xarajatlari 307-modda. Nomoddiy aktivlarni amortizatsiya qilish xarajatlari 308-modda. Investitsiyaviy chegirma 309-modda. Amortizatsiya qilinadigan aktivlarni taʼmirlash xarajatlari 310-modda. Foizlar va ayrim chiqimlar boʻyicha xarajatlar 311-modda. Geologik jihatdan oʻrganish, qidirish va tabiiy resurslarni qazib olishga doir tayyorgarlik ishlari uchun xarajatlar 312-modda. Ilmiy tadqiqotlarga va (yoki) tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga doir xarajatlar 313-modda. Umidsiz qarzlar boʻyicha xarajatlar 314-modda. Qoʻshilgan qiymat soligʻiga doir xarajatlar 315-modda. Zaxira fondlarini shakllantirish xarajatlari 316-modda. Kafolatli taʼmirlash va kafolatli xizmat koʻrsatish yuzasidan kelgusi xarajatlar uchun zaxirani shakllantirish xarajatlari 317-modda. Chegirib tashlanmaydigan xarajatlar 305-modda. Umumiy qoidalar (1-q.) Ushbu Kodeks 294-moddasi birinchi qismining birinchi bandida koʻrsatilgan yuridik shaxslarning soliq bazasini aniqlashda ushbu shaxslarning jami daromadidan daromad olish bilan bogʻliq barcha xarajatlar chegirib tashlanadi, bundan ushbu boʻlimga koʻra chegirib tashlanmaydigan xarajatlar mustasno. (2-q.) Ushbu boʻlim maqsadlarida soliq toʻlovchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida ham, uning hududidan tashqarida ham hisobot (soliq) davri davomida amalga oshirilgan (koʻrilgan), asoslangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan chiqimlari (ushbu Kodeksning 333-336- moddalarida nazarda tutilgan hollarda esa zararlar) xarajatlar deb eʼtirof etiladi. (3-q.) Asoslangan xarajatlar deganda bahosi pul shaklida ifodalangan, iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlagan chiqimlar tushuniladi. (4-q.) Har qanday chiqimlar, basharti ular hech boʻlmaganda quyidagi shartlardan biriga muvofiq kelgan taqdirda, iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlagan chiqimlar deb eʼtirof etiladi: 1) daromad olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida qilingan boʻlsa; 2) shunday tadbirkorlik faoliyatini saqlab turish yoki rivojlantirish uchun zarur boʻlsa yoxud xizmat qilsa va xarajatlarning tadbirkorlik faoliyati bilan aloqasi aniq asoslangan boʻlsa; 3) qonunchilikning qoidalaridan kelib chiqsa. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) (5-q.) Hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar deganda quyidagi hujjatlar bilan tasdiqlangan chiqimlar tushuniladi: 1) Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq rasmiylashtirilgan hujjatlar; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 2) tegishli xarajatlar amalga oshirilgan chet davlat hududida qoʻllaniladigan tartibga muvofiq rasmiylashtirilgan hujjatlar; 3) boshqa shaklda rasmiylashtirilgan, shu jumladan xizmat safari toʻgʻrisidagi buyruq, yoʻl hujjatlari, shartnomaga muvofiq koʻrsatilgan xizmat haqidagi hisobot bilan rasmiylashtirilgan hujjatlar. (6-q.) Ushbu Kodeksning 37-bobiga muvofiq, jumladan amortizatsiya qilinadigan aktivlarni sotib olish va hisobga olinadigan qoʻshilgan qiymat soligʻining summasi, shu xarajat sifatida eʼtirof etilmaydi, bundan ushbu Kodeksning 314-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno. (7-q.) Agar ayni bir xarajatlar xarajatlarning bir nechta moddasida nazarda tutilgan boʻlsa, soliq bazasini hisob-kitob qilishda mazkur xarajatlar faqat bir marta chegirib tashlanadi. (8-q.) Soliq toʻlovchining qiymati chet el valyutasida ifodalangan xarajatlari milliy valyutada qiymati ifodalangan xarajatlar bilan birgalikda hisobga olinadi. (9-q.) Agar buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq xarajatni eʼtirof etish ushbu Kodeksga muvofiq xarajatni aniqlash va eʼtirof etish tartibidan farq qilsa, mazkur xarajat soliq solish maqsadlarida ushbu Kodeksda belgilangan tartibda hisobga olinadi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (10-q.) Agar ushbu boʻlimda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq solish maqsadlarida, buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash chogʻida aktivlar va (yoki) majburiyatlarning qiymati oʻzgarganligi munosabati bilan buxgalteriya hisobida aks ettirilgan chiqimlarga xarajatlar sifatida qaralmaydi, bundan haqiqatda toʻlangan xarajatlar mustasno. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (11-q.) Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq, uzoq muddatli aktivlarning dastlabki qiymatiga va zaxiralarning tannarxiga kiritiladigan xarajatlar amortizatsiya ajratmalari vositasida va bunday zaxiralarning tannarxi orqali chegirmalar jumlasiga kiritilishi lozim. (OʻzR 29.12.2021- y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (12-q.) Ushbu Kodeks 306-moddasining yettinchi qismiga muvofiq amortizatsiya ajratmalari hisoblanmaydigan uzoq muddatli aktivlarning qiymati mazkur aktivlar ushbu Kodeksning 298-moddasida nazarda tutilgan tartibda chiqib ketayotganda soliq bazasini aniqlashda hisobga olinadi. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (13-q.) Soliq toʻlovchining xarajatlariga tuzatishlar kiritish ushbu Kodeksning 332- moddasiga muvofiq amalga oshiriladi. (14-q.) Ushbu Kodeksning 306-316-moddalari va 45-bobida koʻrsatilgan xarajatlar ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan shartlarga rioya etilgan holda chegirmalar jumlasiga kiritiladi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling