313-modda. Umidsiz qarzlar boʻyicha xarajatlar
(1-q.)
Ushbu modda maqsadlarida, sudning qaroriga koʻra, bankrotlik, tugatish, qarzdor
vafot etganligi tufayli majburiyatlar tugatilganligi oqibatida yoki daʼvo muddati oʻtganligi
oqibatida toʻlanishi mumkin boʻlmagan qarz umidsiz qarz deb eʼtirof etiladi.
(2-q.)
Soliq toʻlovchi oldingi hisobot (soliq) davrlarida soliq solinadigan daromadlar olish
bilan bogʻliq boʻlgan umidsiz qarzlarni chegirib tashlashga haqli.
(3-q.)
Umidsiz qarzlarni chegirib tashlashga faqat qarz hisobdan chiqarilgan va soliq
toʻlovchining buxgalteriya hisobotida aks ettirilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
314-modda. Qoʻshilgan qiymat soligʻiga doir xarajatlar
(1-q.)
Agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, sotib olingan
tovarlarning (xizmatlarning) qiymatida qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha quyidagi chiqimlar
hisobga olinadi:
1) ushbu Kodeksning 267-moddasida nazarda tutilgan tartibda hisobga olinmaydigan
qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi;
2) ushbu Kodeks 268-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan tartibda qoʻshilgan
qiymat soligʻi summasi;
3) ushbu Kodeksning 270-moddasida koʻrsatilgan holda qoʻshilgan qiymat soligʻiga tuzatish
kiritish summasi.
(2-q.)
Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi hisobga olinmaydigan qoʻshilgan qiymat soligʻi
summasini quyidagi hollarda xarajatlar jumlasiga kiritishga haqli:
1) ushbu Kodeks 268-moddasining beshinchi qismiga muvofiq mutanosib usulni qoʻllashda;
2) agar soliqning tuzatish kiritish summasini bunday tuzatish amalga oshirilayotgan sotib
olingan tovarlarning (xizmatlarning) qiymatiga kiritish mumkin boʻlmasa, qoʻshilgan qiymat
soligʻiga ushbu Kodeksning 269 va 270-moddalariga muvofiq tuzatish kiritishda;
3) ushbu Kodeksning 271-moddasida nazarda tutilgan tartibda qoʻshilgan qiymat soligʻiga
tuzatish kiritishda.
Do'stlaringiz bilan baham: |