Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Ilmiy tadqiqotlarga va (yoki)
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
312-modda. Ilmiy tadqiqotlarga va (yoki)
tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga doir xarajatlar (1-q.) Ushbu boʻlim maqsadlarida yangi ilmiy yoki texnik bilimlar va gʻoyalarni olish maqsadida amalga oshirilgan original hamda rejali tadqiqotlar jumlasiga kiradigan xarajatlar ilmiy tadqiqotlarga doir xarajatlar deb eʼtirof etiladi. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (2-q.) Ushbu boʻlim maqsadlarida yangi mahsulotni (tovarlarni, xizmatlarni) yaratish yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulotni (tovarlarni, xizmatlarni) takomillashtirishga, ishlab chiqarishni va boshqaruvni tashkil etishning yangi texnologiyalarini, usullarini yaratish yoki qoʻllanilayotganlarini takomillashtirish jumlasiga kiradigan xarajatlar tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga doir xarajatlar deb eʼtirof etiladi. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) (3-q.) Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga doir xarajatlarga ilmiy- tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlgan yoki asoslantirilgan tarzda ushbu konstruktorlik faoliyati turlari jumlasiga kiritilishi mumkin boʻlgan barcha xarajatlar kiritiladi. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlari toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin (4-q.) Soliq toʻlovchining ilmiy tadqiqotlarga va (yoki) tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga doir xarajatlari, amortizatsiya qilinadigan aktivlarni olishga oid xarajatlardan tashqari, tegishli ilmiy tadqiqotlar va (yoki) tajriba konstruktorlik ishlanmalarining natijasidan qatʼi nazar, ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda bunday tadqiqotlar va ishlanmalar (xizmatlarning alohida bosqichlari) tugallangan va (yoki) qabul qilish-topshirish dalolatnomasini taraflar imzolaganidan keyin 2-koeffitsiyent qoʻllanilgan holda chegirib tashlanadi. (OʻzR 14.10.2021-y. OʻRQ-722-son Qonuni tahriridagi qism) (5-q.) Agar soliq toʻlovchi ilmiy tadqiqotlar va (yoki) tajriba-konstruktorlik ishlanmalari yuzasidan amalga oshirilgan xarajatlar natijasida intellektual faoliyat natijalariga boʻlgan mutlaq huquqlarni olsa, mazkur huquqlar nomoddiy aktivlar deb eʼtirof etiladi. Bunday holda koʻrsatilgan xarajatlar ushbu Kodeksning 307-moddasida nazarda tutilgan tartibda chegirib tashlanadi. (6-q.) Ushbu moddaning qoidalari shartnoma boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni va (yoki) tajriba- konstruktorlik ishlanmalarini ijrochi (pudratchi yoki subpudratchi) sifatida bajaruvchi soliq toʻlovchilarning xarajatlarini soliq solish maqsadlarida eʼtirof etishga nisbatan tatbiq qilinmaydi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling