Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Uzoq muddatli kontraktlar
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 304-modda. Soliq solishda hisobga olinmaydigan daromadlar
303-modda. Uzoq muddatli kontraktlar
boʻyicha daromadlar (1-q.) Agar tuzilgan kontraktlar shartlarida xizmatlarni bosqichma-bosqich topshirish nazarda tutilmagan boʻlsa, uzoq texnologik siklli ishlab chiqarish (bir soliq davridan ortiq) boʻyicha mazkur xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan daromad hisobga olish maʼlumotlari asosida daromadni bir meʼyorda eʼtirof etish prinsipi inobatga olingan holda soliq toʻlovchi tomonidan taqsimlanadi. (2-q.) Uzoq muddatli kontraktni hisobot davrining oxiriga kelib haqiqatda ijro etish kontraktni bajarish boshlangandan eʼtiboran qilingan xarajatlarning solishtirma miqdorini kontraktni bajarishga doir xarajatlarning umumiy summasida hisob-kitob qilish asosida aniqlanadi. (3-q.) Hisobot davrining oxiridagi daromad qilingan xarajatlarning hisob-kitob qilingan solishtirma miqdori va kontrakt boʻyicha daromadning (kontrakt narxlari) umumiy summasidan kelib chiqib aniqlanadi. Mazkur kontrakt boʻyicha ilgari hisobga olingan daromadlar joriy hisobot davrida xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadni aniqlash chogʻida chegirib tashlanadi. 304-modda. Soliq solishda hisobga olinmaydigan daromadlar Quyidagilar daromad sifatida hisobga olinmaydi: 1) ustav fondiga (ustav kapitaliga) qoʻshilgan hissa tarzida olingan mablagʻlar; 2) aksiyalarni (ulushlarni) joylashtirish narxining ularning nominal qiymatidan (dastlabki miqdoridan) ortiqcha summasi; 3) ishtirokchilar tarkibidan chiqish (chiqib ketish) chogʻida ustav fondiga (ustav kapitaliga) qoʻshilgan hissa doirasida olingan yoki ishtirokchining ulushi miqdorini kamaytirish, shuningdek tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulkini ishtirokchilar oʻrtasida taqsimlash chogʻida olingan mablagʻlar; 4) oddiy shirkat shartnomasi boʻyicha birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun birlashtiriladigan mablagʻlar; 5) oddiy shirkat shartnomasi boʻyicha sherikning (ishtirokchining) shartnoma sheriklari (ishtirokchilari) umumiy mulkidagi ulushi qaytarilgan yoki bunday mol-mulk boʻlingan taqdirda, ushbu sherik (ishtirokchi tomonidan) qoʻshilgan hissa miqdorida olingan mablagʻlar; 6) realizatsiya qilinadigan tovarlar (xizmatlar) uchun oldindan toʻlov (boʻnak) tarzida boshqa shaxslardan olingan mablagʻlar; 6-1) boshqaruvchi tashkilotlar yoki koʻp kvartirali uylarni boshqaruvchilar tomonidan umumiy mol-mulkni boshqarish, unga texnik xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash, shuningdek koʻp kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini obodonlashtirish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlardan hamda bajarilgan ishlardan olingan mablagʻlar; (OʻzR 31.05.2022-y. OʻRQ-773-son Qonuniga muvofiq kiritilgan band) 7) qonunchilikka muvofiq ushbu majburiyatlarning taʼminoti sifatida garov yoki zakalat tarzida olingan mablagʻlar, ularga boʻlgan mulk huquqi boshqa shaxsga oʻtgan paytga qadar; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 8) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq tekinga olingan mol-mulk va xizmatlar; 9) ushbu Kodeksning 48-moddasida nazarda tutilgan talablar bajarilishi sharti bilan olingan grantlar, insonparvarlik yordami va maqsadli tushumlar; 10) sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta tovoni (sugʻurta summasi) tarzida olingan mablagʻlar; 11) vositachiga yoki boshqa ishonchli vakilga vositachilik, topshiriq shartnomasi yoki vositachilik xizmatlari koʻrsatishga doir boshqa shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarishi munosabati bilan, shuningdek vositachi yoki boshqa ishonchli vakil tomonidan komitent yoxud boshqa ishonch bildiruvchi uchun amalga oshirilgan xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan kelib tushgan mol-mulk (pul mukofoti bundan mustasno). Bunday xarajatlar, agar tuzilgan shartnomalar shartlarida bu xarajatlarning oʻrnini qoplash nazarda tutilgan boʻlsa, vositachidan yoki ishonchli vakildan chegirib tashlanmaydi; 12) moliyaviy ijara (lizing) obyektining qiymati oʻrnini ijaraga beruvchi (lizing beruvchi) tomonidan olingan ijara (lizing) toʻlovining qismi tarzida qoplash; 13) mol-mulk ijarasiga doir shartnoma boʻyicha olingan mol-mulk, bundan moliyaviy ijara (lizing) mustasno; 14) telekommunikatsiya tarmoqlaridagi tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining tekin olingan texnik vositalari, shuningdek ulardan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha xizmatlar; 15) investor va davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga binoan investitsiya majburiyatlari sifatida kiritiladigan mol-mulk; 16) kredit yoki qarz shartnomalari boʻyicha mablagʻlar yoki boshqa mol-mulk (mablagʻ jalb qilishni rasmiylashtirish usulidan qatʼi nazar, boshqa shunday mablagʻlar yoki boshqa mol-mulk, shu jumladan qarz qimmatli qogʻozlar), shuningdek bunday jalb qilingan mablagʻlarni toʻlash hisobidan mablagʻlar yoki boshqa mol-mulk; 17) konsessiya bitimi boʻyicha qonunchilikka muvofiq olingan mol-mulk; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 18) davlat muassasalari tomonidan barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlarining qaroriga koʻra olingan mol-mulk; 19) Oʻzbekiston Respublikasining davlat obligatsiyalari va davlatning boshqa qimmatli qogʻozlari boʻyicha olingan daromadlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan va Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan chiqarilgan xalqaro obligatsiyalar boʻyicha daromadlar; 20) soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq hisobdan chiqarilgan penyalarning va jarimalarning summasi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling