286-modda. Aksiz toʻlanadigan tovarlarga (xizmatlarga)
doir soliq solinadigan operatsiyalar
amalga oshiriladigan sana
(1-q.)
Ushbu Kodeksning 242-moddasida tegishli operatsiyalar uchun nazarda tutilgan sana
aksiz toʻlanadigan tovarlarga (xizmatlarga) doir soliq solinadigan operatsiyalar amalga oshirilgan
sana hisoblanadi.
(2-q.)
Olib kirilayotgan aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha soliq solish operatsiyalarini
amalga oshirish sanasi ularni bojxonaning import tartib-taomilidan chiqarish sanasi hisoblanadi.
287-modda. Soliq bazasiga tuzatish kiritish
Soliq bazasiga tuzatish kiritish ushbu Kodeksning 257-moddasida nazarda tutilgan hollarda
va tartibda, soliq toʻlovchi tomonidan amalga oshiriladi.
288-modda. Aksiz toʻlanadigan tovarlar
eksportini tasdiqlash
(1-q.)
Aksiz toʻlanadigan tovarlar eksportini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iboratdir:
1) eksport qilinadigan aksiz toʻlanadigan tovarlarni yetkazib berishga doir kontrakt
(kontraktning belgilangan tartibda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi);
2) tovarlarni eksport rejimida chiqarishni amalga oshiruvchi bojxona organining belgisi
qoʻyilgan bojxona yuk deklaratsiyasi;
3) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidagi oʻtkazish punktida joylashgan
bojxona organining tovarlar tayinlangan mamlakatga joʻnatilganligini tasdiqlovchi belgisi
qoʻyilgan, tovarga ilova qilinadigan hujjatlar;
4) chet ellik sotib oluvchi (toʻlovchi) tomonidan eksport qilinayotgan tovarlar uchun haq
toʻlanganligini tasdiqlovchi bank hujjatidan koʻchirma.
(2-q.)
Tovarlarni chet el valyutasida eksport qilish yuzasidan daromadlar tovarlar eksport
rejimiga chiqarilgan kundan eʼtiboran bir yuz sakson kalendar kuni ichida kelib tushmagan
taqdirda, tovarlarni eksportga realizatsiya qilish soliq solishning obyekti deb eʼtirof etiladi.
(3-q.)
Tovarlar eksportga vositachi (ishonchli vakil) orqali vositachilik (topshiriq)
shartnomasi boʻyicha realizatsiya qilingan taqdirda eksportni tasdiqlash uchun komitent (topshiriq
beruvchi) tomonidan soliq toʻlovchining vositachi yoki ishonchli vakil bilan tuzilgan vositachilik
shartnomasi yoki topshiriq shartnomasi (shartnomaning koʻchirma nusxasi) qoʻshimcha ravishda
taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |