Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
285-modda. Soliq bazasi
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi modda matni) (1-q.) Soliq bazasi belgilangan soliq stavkalariga qarab aksiz toʻlanadigan tovarlarning (xizmatlarning) har bir turi boʻyicha alohida aniqlanadi. (2-q.) Aksiz toʻlanadigan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan soliq stavkalari mutlaq (qatʼiy) summada belgilangan boʻlsa, soliq bazasi aksiz toʻlanadigan tovarlarning (xizmatlarning) naturada ifodalangan hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. (3-q.) Ishlab chiqarilayotgan aksiz toʻlanadigan tovarlarga (xizmatlarga) soliq stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan boʻlsa, soliq bazasi boʻlib realizatsiya qilingan aksiz toʻlanadigan tovarlarning (xizmatlarning) qiymati, biroq ularning haqiqiy tannarxidan past boʻlmagan qiymati hisoblanadi. (4-q.) Jismoniy shaxslar mehnatiga haq toʻlash, hisoblab chiqarilgan dividendlar hisobiga bepul yoki boshqa tovarlarga (xizmatlarga) ayirboshlash uchun beriladigan aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha soliq bazasi ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan tartibda aniqlanadi. (5-q.) Qaytarib berish sharti bilan qayta ishlangan xom ashyo va materiallardan ishlab chiqarilgan aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha soliq bazasi aksiz toʻlanadigan tovarlarni ishlab chiqarishga doir ishlarning qiymatini hamda qaytarish sharti bilan qayta ishlangan xom ashyo va materiallarning qiymatini oʻz ichiga oladi. (6-q.) Aksiz toʻlanadigan tovarlarga nisbatan qatʼiy belgilangan va advalor soliq stavkalaridan iborat boʻlgan aralash soliq stavkalari belgilangan boʻlsa, soliq bazasi, agar ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, aksiz toʻlanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmidan hamda realizatsiya qilingan aksiz toʻlanadigan tovarlarning qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. (7-q.) Chetdan olib kirilayotgan aksiz toʻlanadigan tovarlarga nisbatan foizlardagi (advalor) soliq stavkalari belgilangan boʻlsa, soliq bazasi bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq belgilanadigan bojxona qiymati asosida aniqlanadi. (8-q.) Olib kirilayotgan aksiz toʻlanadigan tovarlarga nisbatan qatʼiy belgilangan soliq stavkalari belgilangan boʻlsa, soliq bazasi import qilingan aksiz toʻlanadigan tovarlarning natura holidagi hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. (9-q.) Olib kirilayotgan aksiz toʻlanadigan tovarlarga nisbatan qatʼiy belgilangan va advalor soliq stavkalaridan iborat boʻlgan aralash soliq stavkalari belgilangan boʻlsa, soliq bazasi bojxona qonunchilikka muvofiq belgilanadigan, aksiz toʻlanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmidan va (yoki) aksiz toʻlanadigan tovarlarning bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq belgilanadigan bojxona qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. (10-q.) Benzinni, dizel yoqilgʻisini va gazni yakuniy isteʼmolchilarga realizatsiya qilish chogʻida realizatsiya qilingan va (yoki) shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalanilgan benzinning, dizel yoqilgʻisi va gazning naturada ifodalangan hajmi soliq bazasi hisoblanadi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling