Tamakisiz kun


Download 0.96 Mb.
Sana27.12.2022
Hajmi0.96 Mb.
#1069320
Bog'liq
tamakisiz kun


TAMAKISIZ KUN.

So`nggi 50 yil mobaynida chekish tufayli 62 million kishi hayot bilan vidolashdi. Bu Ikkinchi jahon urushida halok bo`lganlardan ancha ko`pdir.
Jahon Sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, so`nggi yillarda jamoat joylarida chekishni taqiqlash, reklamalarni cheklash va boshqa bir qator chora-tadbirlar natijasida Evropada chekuvchilar soni 40 foizgacha kamaygan. Tahlilchilarning so`zlariga ko`ra, chekish orqali yuzaga kelgan kasalliklarni davolash uchun Evropa Ittifoqi bir yilda 34 milliard dollar sarflar ekan. Evropa Ittifoqining 28 mamlakatida har yili 700 ming nafarga yaqin kishi chekish tufayli vafot etadi.
Hamma chekish zarar ekanini biladi. Biroq, uning fojiasini hammamiz ham tasavvur qila olmaymiz. XX asrda chekish tufayli yuz milliondan ortiq kishi vafot etdi. So`nggi 50 yil mobaynida chekish tufayli 62 million kishi hayot bilan vidolashdi. Bu Ikkinchi jahon urushida halok bo`lganlardan ancha ko`pdir. Tahlilchilarning fikricha, XXI asrda chekish tufayli 1 milliard kishi halok bo`lishi mumkin. Jahon Sog`liqni saqlash tashkiloti jahon mamlakatlarida chekishga qarshi keng qamrovli tadbirlar o`tkazmoqda. Buning natijasi o`laroq, Evropa va AQShda chekuvchilar soni keskin qisqarib bormoqda. Endilikda rivojlanayotgan mamlakatlarda chekuvchilar son jihatidan ko`payib borayotgani aytiladi. Bugungi kunda rivojlanish yo`liga kirgan mamlakatlar erkaklarining 60 foizi, ayollarining 10 foizi chekar ekan. Bundan 40 yil avval Osiyo va Afrika mamlakatlarida chekuvchi ayollar deyarli yo`q edi. Jahon Sog`liqni saqlash tashkiloti ekspertlarining fikricha, agar qo`shimcha zarur choralar ko`rilmaydigan bo`lsa, u holda, 2030 yilga borib har yili sigaret 8 million kishining yostig`ini quritadi.
Rivojlangan mamlakatlarning millionlab yoshlari chekishni tashlab sog`lom turmush tarzini afzal ko`rmoqda. Minglab sobiq kashandalar “chekishsiz hayot” deya, zamonaviy sport turlari bilan shug`ullanishga qaror qildi. 1995 yilda Evropa Ittifoqi mamlakatlarida istiqomat qiluvchi har 3 kishidan biri, ayollarning to`rttasidan bittasi kuniga 10 tadan 14 tagacha sigaret chekkan. O`shanda chekuvchilar soni bo`yicha Gresiya, Daniya, Italiya va Fransiya oldingi o`rinlarda turardi. 1999 yilga kelib “ko`hna qit`a”da chekuvchilar soni 34 foizga tushib qoldi.
AQShda advokatlar tamaki sanoati korxonalarini iste`molchilarni aldayotganlikda ayblab, ularga qarshi sud jarayonlarini boshlab yuborib, ko`p hollarda bo`lib o`tgan sudlarga yutib chiqishmoqda. AQShda chekishga qarshi olib borilgan targ`ibot-tashviqot ishlari natijasida so`nggi 40 yilda chekuvchilar soni ikki barobar kamayib ketdi. 1965 yilda “okeanorti” mamlakatida katta yoshdagi aholining 42 foizi chekkan bo`lsa, 2006 yilga kelib bu raqam 20,8 foizni tashkil qildi. Chekish modadan qolib, zamonaviy amerikalik yoshlar o`tmish ajdodlarining zararli odatlaridan voz kechishga qaror qildi.
Tahlilchilar 2050 yilga borib Buyuk Britaniyada chekuvchilar soni keskin qisqarib ketishini bashorat qilishmoqda. O`tgan asrning 60-yillarida bu mamlakatda aholining yarmidan ko`pi chekar edi. Ko`rilgan chora-tadbirlar natijasida chekuvchilar tamakidan voz kechmoqda. Buning samarasi o`laroq mamlakatda 1974 yildan boshlab chekuvchilar soni yil sayin kamayib bormoqda. Bugungi kunda mazkur mamlakatdagi katta yoshdagi aholining 25 foizi chekar ekan. Yaqinda o`tkazilgan ijtimoiy so`rovda ishtirok etganlarning 3 dan 2 qismi bu zararli odatni tashlash niyatida ekanini bildirgan. Buyuk Britaniyadagi barcha bar, restoran, klub va ko`plab tashkilotlarda chekish taqiqlangan.
Germaniyalik o`smirlar so`nggi yillarda chekish va ichishni tashlagani oydinlashdi. Tarqatilgan xabarlarga qaraganda, 10 yil avval har 4 nafar o`smirdan biri chekkan bo`lsa, bugungi kunda ularning soni 13 foizga kamaygan.
“Independent” gazetasining yozishicha, rivojlangan mamlakatlarda chekuvchilar soni kamayib borayotgani bois tamaki kompaniyalari o`z faoliyatlarini “uchinchi dunyo” mamlakatlarida davom etirmoqda. 1990 yilda sigaret sotilishi bo`yicha badavlat davlatlar hissasiga 38 foiz to`g`ri kelgan bo`lsa, 2009 yilda bu raqam 24 foizga kamaydi. Jahonda sotilayotgan sigaretlarning 76 foizi rivojlanayotgan mamlakatlar hissasiga to`g`ri kelar ekan.
XVIII asr oxiri, XIX asr boshlarida papiros ishlab chiqaradigan mashinaning ixtiro qilinishi bilan chekish ommalasha boshladi. Chekishga bo`lgan munosabat 1956 yilda birdaniga o`zgardi. O`shanda jahonning turli mamlakatlaridagi 40 mingga yaqin shifokor o`z mijozlarining kasalligiga tamaki aybdor degan xulosaga kelgan edi. Chekish turli kasalliklarni keltirib chiqarishdan tashqari inson umrini 15-20 yilga qisqartirishi allaqachon isbotlangan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, har yili dunyoda olti million kishi tamaki chekish tufayli eng og‘ir kasalliklarga chalinib, hayotdan ko‘z yumadi. Bu – sigaret har olti soniyada bir odamning umriga zomin bo‘lmoqda degani. Bugun dunyoda tamaki chekuvchilar soni 1,6 milliardga yaqinlashgan. Bu muammoga qarshi kurashishning eng samarali yo‘li sog‘lom hayot kechirishni tanlashdir.
Mutaxassislar fikricha, sog‘lom turmush tarzini yaratishda avvalo tamaki mahsulotlari iste’moliga chek qo‘yish zarur. Undagi nikotin moddasi inson salomatligi uchun xavfli bo‘lib, yurak, qon-tomir, nafas a’zolari kasalliklarini keltirib chiqarishi, organizmda xavfli o‘smalar paydo qilish ehtimoli kuchli. Tamaki chekuvchilarning tobora ko‘payib borishi aholi orasida «passiv chekish»ning avj olishiga sabab bo‘lmoqda. Ular orasida homilador ayollar, go‘daklar, bolalar, o‘smirlar va yoshlar hammadan ko‘p jabr ko‘rmoqda. 

– Nikotin tamaki tutuni tarkibidagi eng kuchli alkoloid bo‘lib, dastlab asab tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, so‘ng qonga so‘rilib, ichki a’zolarga zarar yetkazadi, – deydi Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti valeologiya kafedrasi dotsenti Nodira Mamatova. – Oqibatda, asab tizimi yemiriladi, xotira susayib, diqqatni jamlash qiyinlashadi. Eng achinarlisi, chekish kasalligi nasl suradi: kashanda ota-onadan tug‘ilgan farzand ham chekishga moyil bo‘ladi. 



Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling