Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Soliqning oʻrnini qoplash
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
274-modda. Soliqning oʻrnini qoplash
(1-q.) Ushbu Kodeksning 272-moddasiga muvofiq oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan soliq summasi, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq boʻyicha kelgusi toʻlovlar hisobidan hisobga olinadi. (2-q.) Soliq toʻlovchi oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan soliq summasini qaytarishga doir soliq hisobotini taqdim etishda soliq organlarini bu haqda xabardor qilgan holda, soliqning salbiy summasi oʻrnini qoplash (qaytarish) uchun murojaat qilish huquqiga ham ega boʻladi. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (3-q.) Agar kameral soliq tekshiruvi natijalariga koʻra, soliq organi soliq summasining oʻrnini toʻliq yoki qisman qoplash toʻgʻrisida qaror qabul qilsa, mazkur soliq summasi soliq toʻlovchiga soliq hisobotini taqdim etishda soliq summasini qaytarish haqida soliq organlari xabardor qilingan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay qaytariladi. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (4-q.) Soliqning jami summasi oʻrnini tezlashtirilgan tarzda qoplash tartibi soliq hisobotini taqdim etishda soliq organlarini xabardor qilgan taqdirda, quyidagi toifadagi soliq toʻlovchilarga nisbatan qoʻllaniladi: (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi xatboshi) 1) Oʻzbekiston Respublikasining yirik soliq toʻlovchilar toifasiga belgilangan tartibda kiritilgan yuridik shaxslariga; 2) soliq hisoboti bilan birga amaldagi bank kafolatini taqdim etgan yoki soliq organlari bilan garov shartnomasini ushbu Kodeksning 107 yoki 109-moddalarida belgilangan tartibda rasmiylashtirgan soliq toʻlovchilarga; (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi band) 3) eksport va unga tenglashtirilgan operatsiyalarni amalga oshiradigan shaxslarga - agar ilgari bu shaxslarga soliq summasi qoplangan va bunda qonunbuzarliklar aniqlanmagan boʻlsa, nol darajali soliq stavkasi qoʻllanilishi natijasida hosil boʻlgan soliqning oshib ketgan summalari qismida; 4) chet el diplomatik vakolatxonalariga va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalariga; 5) mahsulot taqsimotiga oid bitim ishtirokchilariga, agar bunday bitimda nol darajali stavka qoʻllanilishi nazarda tutilgan boʻlsa; 6) soliq monitoringi ishtirokchilariga. (5-q.) Soliqning oʻrnini tezlashtirilgan tartibda qoplashda soliq toʻlovchi tomonidan qaytarish uchun soliq hisobotida koʻrsatilgan soliq summasining oʻrni unga yetti kun ichida toʻliq hajmda qoplanadi. Bunda oʻrni qoplanishi uchun soliq hisobotida koʻrsatilgan soliq summasi asoslantirilganligining kameral soliq tekshiruvi umumiy tartibda amalga oshiriladi. Agar kameral soliq tekshiruvi natijalariga koʻra soliq hisobotida oʻrni qoplanishi uchun koʻrsatilgan soliq summasi yoki uning bir qismi asossiz boʻlib chiqsa, soliq toʻlovchi soliqning oʻrni oʻziga asossiz ravishda qoplangan summasini qoplash sanasidan to uni budjetga toʻlash sanasigacha penya hisoblangan holda budjetga toʻlashi shart. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (6-q.) Soliq summalarining oʻrnini qoplash tartibi va shartlari, ushbu moddaga muvofiq kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish tartibi, shuningdek chet davlatlar fuqarolariga soliq summalarini qaytarish (TAX FREE) tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. (OʻzR 11.03.2022-y. OʻRQ-758-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling