Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Hisobga olish uchun qabul qilingan
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
269-modda. Hisobga olish uchun qabul qilingan
soliq summalariga tuzatish kiritish (1-q.) Ilgari tovarlarni (xizmatlarni) olish chogʻida hisobga olish uchun qabul qilingan, olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha soliq summasiga quyidagi hollarda tuzatish kiritilishi lozim: 1) tovarlardan (xizmatlardan) kelgusida soliq solishdan ozod etilgan aylanma uchun foydalanilganda; 2) ular buzilganda yoxud qonunchilikka muvofiq vakolatli organ tomonidan, ular yoʻqligida esa soliq toʻlovchi tomonidan belgilangan tabiiy kamayish normalaridan ortiqcha yoʻqotilgan taqdirda. Ushbu bandning qoidasi favqulodda holatlar (tabiiy ofat, yongʻin, avariya, yoʻl-transport hodisasi va boshqa shu kabi holatlar) munosabati bilan tovarlarning buzilishiga yoxud yoʻqotilishiga nisbatan tatbiq etilmaydi; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 3) yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar qonunchilikda belgilangan tartibda haqiqiy emas deb eʼtirof etilganda; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 4) soliq toʻlovchi maqomini yoʻqotganda (yoki soliq toʻlashdan ozod qilinganda); 5) ushbu tovarlar soliq organlarida hisobga qoʻyilmagan shartnomalar asosida ijaraga olingan yoki bepul foydalanilayotgan koʻchmas mulk obyektlarida saqlanganda. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan band) (2-q.) Agar ushbu Kodeksning 470-1-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, sotib olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha ushbu Kodeks 267-moddasi birinchi qismining 1-4-bandlariga muvofiq ilgari hisobga olish uchun qabul qilinmagan soliq summasi kelgusida ulardan soliq solinadigan aylanma uchun foydalanilgan hollarda tuzatiladi (hisobga olinadi). (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (3-q.) Tuzatish kiritilishi lozim boʻlgan soliq summasi bunday tuzatishlarni amalga oshirishdan oldingi oxirgi oʻn ikki oy ichida olingan tovarlarning (xizmatlarning) soliq summasi qayta tiklanishi lozim boʻlgan tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlariga toʻgʻri keladigan qiymati asosida aniqlanadi. (4-q.) Asosiy vositalarning obyektlari, koʻchmas mulk obyektlari va nomoddiy aktivlar boʻyicha tuzatish kiritilishi lozim boʻlgan soliq summasi ushbu Kodeksning 270-moddasida nazarda tutilgan tartibda qayta baholash hisobga olinmagan, ushbu obyektlarning balans qiymatiga toʻgʻri keladigan, ilgari bu obyektlar boʻyicha hisobga olingan (yoki ularning qiymatiga kiritilgan) soliq summasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. (5-q.) Ilgari bunday tovarlar (xizmatlar) boʻyicha hisobga olish uchun qabul qilingan miqdordagi, asosiy vositalarga, koʻchmas mulk obyektlariga va nomoddiy aktivlarga nisbatan esa ularning qayta baholash hisobga olinmagan holdagi qoldiq (balans) qiymatiga mutanosib miqdordagi soliq summalari tiklanishi lozim. (6-q.) Tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib beruvchi tomonidan ushbu Kodeksning 257- moddasiga muvofiq soliq bazasiga tuzatishlar kiritish amalga oshirilganda, xaridor yetkazib beruvchi tomonidan rasmiylashtirilgan qoʻshimcha (yoki tuzatilgan) hisobvaraq-faktura asosida u tomonidan ilgari hisobga qabul qilingan soliq summasiga tegishli tartibda tuzatish kiritishi kerak. (7-q.) Soliqqa tuzatish kiritish summasi koʻrsatilgan obyektlarning balans qiymatini oshirishga (yoki kamaytirishga) taalluqli boʻladi yoxud foyda soligʻini hisoblab chiqarishda hisobga olinadigan xarajatlar (yoki daromadlar) tarkibiga kiritiladi. (8-q.) Tovar reeksport bojxona tartib-taomiliga joylashtirilganda va ushbu tovarning importi chogʻida soliq toʻlovchi tomonidan toʻlangan soliq summasi unga bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda qaytarilganda, soliq toʻlovchi hisobga oʻtkaziladigan soliq summasiga oʻziga qaytarilgan soliq summasi boʻyicha tuzatish kiritadi (uni kamaytiradi). (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (9-q.) Hisobga olingan soliq summasiga tuzatishlar kiritish ushbu moddada koʻrsatilgan holatlar yuzaga kelgan soliq davrida amalga oshiriladi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling