kelib chiqqan holda, tegishli soliq davrida soliq bazasini koʻpaytiradigan
yoki kamaytiradigan
barcha oʻzgartishlar hisobga olingan holda har bir soliq davrining yakunlariga koʻra hisoblab
chiqariladi.
(3-q.)
Tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda soliqning umumiy
summasi ushbu Kodeksning 254-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq bazasining soliq
stavkasiga mos keladigan foizli ulushi sifatida hisoblab chiqariladi.
(4-q.)
Agar ushbu Kodeksning 254-moddasi toʻrtinchi qismida
belgilangan talablarga
muvofiq soliq bazasi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan tovarlarning har bir
guruhi boʻyicha alohida aniqlansa, soliq summasi mazkur soliq bazalarining har biri boʻyicha
alohida hisoblab chiqariladi. Bunda soliqning umumiy summasi bunday soliq bazalarining har biri
boʻyicha alohida hisoblab chiqarilgan soliq summalarini qoʻshish orqali hisoblab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: