Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-1-modda. Soliq summalarini hisobga
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 267-modda. Hisobga olinmaydigan soliq summasi
266-1-modda. Soliq summalarini hisobga
olishning ayrim oʻziga xos xususiyatlari (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq kiritilgan modda) (1-q.) Guvohnomasining amal qilishi toʻxtatib turilgan yoki tugatilgan yoxud bekor qilingan soliq toʻlovchi tomonidan haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha toʻlangan (toʻlanishi lozim boʻlgan) soliq summasi hisobga olinmaydi. Mazkur hodisalar yuzaga kelganda, bunday soliq toʻlovchiga undan haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha toʻlangan (toʻlanishi lozim boʻlgan) soliq summasi uning xaridorlarida ham hisobga olinmaydi. (2-q.) Guvohnomaning amal qilishi toʻxtatib turilganligi munosabati bilan hisobga olish uchun qabul qilinmagan, haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha toʻlangan (toʻlanishi lozim boʻlgan) soliq summasi guvohnomaning amal qilishi qayta tiklangan taqdirda, guvohnomaning amal qilishi toʻxtatib turilgan sanadan eʼtiboran soliq toʻlovchida va uning xaridorlarida hisobga olinadi (tuzatiladi). 267-modda. Hisobga olinmaydigan soliq summasi (1-q.) Tovarlarni (xizmatlarni) olish (olib kirish) chogʻida soliq toʻlovchi tomonidan toʻlangan soliq summasi ushbu Kodeksning 266-moddasiga muvofiq quyidagi hollarda hisobga olinmaydi: 1) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalari ushbu boʻlimga muvofiq soliq solishdan ozod etilgan tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish (xizmatlar koʻrsatish) uchun moʻljallangan asosiy vositalar, koʻchmas mulk obyektlari va nomoddiy aktivlar sotib olinganda (olib kirilganda); 2) tovarlar (xizmatlar) ushbu qismning 1-bandida koʻrsatilgan asosiy vositalarni, koʻchmas mulk obyektlarini qurish, modernizatsiyalash, rekonstruksiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash va taʼmirlash uchun sotib olinganda; 3) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalari soliqdan ozod etilgan tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish (xizmatlar koʻrsatish) uchun sotib olinganda; 4) tovarlar (xizmatlar) soliq toʻlovchi boʻlmagan yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan sotib olinganda; 5) vakillik xarajatlari; 6) tovarlar (xizmatlar) bepul olinganda, bundan oluvchi ular boʻyicha soliq toʻlagan hollar mustasno; 7) soliq toʻlovchining shaxsiy ehtiyojlari uchun foydalanishga moʻljallangan, ushbu Kodeksning 317-moddasiga muvofiq foyda soligʻini hisoblab chiqarishda xarajatlar chegirib tashlanmaydigan tovarlar (xizmatlar) sotib olinganda. (2-q.) Soliq toʻlovchi tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish chogʻida toʻlagan soliq summalari quyidagi tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish yoki olib kirish chogʻida ham, agar bu tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish amalga oshirilayotgan faoliyat turiga bogʻliq boʻlmasa, hisobga olinmaydi: 1) yengil avtomobillarni, mototsikllarni, vertolyotlarni, motorli qayiqlarni, samolyotlarni, shuningdek motorli vositalarning boshqa turlarini va ular uchun yoqilgʻini; 2) alkogol va tamaki mahsulotlarini. (3-q.) Ushbu Kodeksning 268-270-moddalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, hisobga olinmaydigan soliq summasi sotib olingan tovarlarning (xizmatlarning) qiymatida hisobga olinadi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling