Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Asosiy vositalarning ayrim obyektlari


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

270-modda. Asosiy vositalarning ayrim obyektlari
koʻchmas mulk obyektlari va nomoddiy aktivlar 
boʻyicha hisobga olish uchun qabul qilingan 
soliq summalariga tuzatish kiritish 
(1-q.)
Ushbu Kodeksning 266-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilgan 
obyektlar boʻyicha hisobga olish uchun qabul qilingan soliq summasiga ushbu Kodeksning 267-
moddasiga muvofiq obyektlardan kelgusida foydalanilgan taqdirda tuzatish kiritilishi lozim
bundan toʻliq amortizatsiya qilingan yoki ishga tushirilgan paytidan eʼtiboran oʻn yildan ortiq vaqt 
oʻtgan obyektlar mustasno. 
(2-q.)
Soliqqa tuzatish kiritish summasi ushbu obyektlar boʻyicha ilgari hisobga olish uchun 
qabul qilingan soliq summasidan kelib chiqqan holda, ularning bunday tuzatish kiritilayotgan 


sanadagi (qayta baholash hisobga olinmagan holdagi) balans (qoldiq) qiymatiga mutanosib 
ravishda hisoblab chiqariladi. Bunda soliqqa tuzatish kiritish summasi mazkur obyektlar balans 
qiymatining koʻpayishiga olib boriladi. 
(3-q.)
Agar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan obyektdan kelgusida soliq 
toʻlovchi tomonidan ushbu boʻlimga muvofiq soliq solinishi lozim boʻlgan tovarlarni ishlab 
chiqarish va realizatsiya qilish (xizmatlar koʻrsatish) uchun yangidan foydalanilsa, soliq toʻlovchi 
tuzatish kiritishga va hisoblab chiqarilgan soliq summasini ushbu moddaning ikkinchi qismida 
nazarda tutilganiga oʻxshash tartibda hisobga olish uchun qabul qilishga haqli. 
(4-q.)
Ushbu Kodeksning 266-moddasi birinchi qismi 1-bandida koʻrsatilgan obyektlar 
boʻyicha hisobga olish uchun qabul qilinmagan soliq summasi, agar soliq toʻlovchi tomonidan 
keyinchalik bunday obyektlardan ushbu Kodeksning 267-moddasi birinchi qismi 1-bandida 
koʻrsatilgan maqsadlar uchun foydalanilsa, hisobga oʻtkazilishi lozim, bundan toʻliq amortizatsiya 
qilingan yoki ishga tushirilgan paytidan eʼtiboran oʻn yildan ortiq vaqt oʻtgan obyektlar mustasno. 
(5-q.)
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismiga muvofiq soliqqa tuzatish kiritish summasi ilgari 
mazkur obyektlar qiymatiga kiritilgan soliq summasidan kelib chiqqan holda, ularning tegishli 
soliq summasini oʻz ichiga oladigan, bunday tuzatish kiritilgan sanadagi (qayta baholash hisobga 
olinmagan holdagi) balans (qoldiq) qiymatiga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi. Ushbu 
qismga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliqqa tuzatish kiritish summasi ushbu Kodeksning 266-
moddasi uchinchi qismida belgilangan tartibda hisobga oʻtkazilishi lozim. 
(6-q.)
Agar ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan obyektdan keyinchalik 
realizatsiya qilinishi soliq solishdan ozod etilgan tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar koʻrsatish) 
uchun yangidan foydalanilsa, soliq toʻlovchi hisobga oʻtkaziladigan soliq summasiga tuzatish 
kiritishni amalga oshirish hamda ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibga 
oʻxshash tartibda hisoblab chiqarilgan soliq summasini tiklashi kerak. 
(7-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan obyektdan realizatsiyasiga soliq 
solinadigan tovarlarni (xizmatlarni) ham, soliq solishdan ozod qilingan tovarlarni ishlab chiqarish 
(xizmatlarni koʻrsatish) uchun ham foydalanilgan taqdirda, tiklanishi lozim boʻlgan soliq summasi 
koʻrsatilgan obyekt boʻyicha hisobga olish uchun qabul qilingan, obyektning bunday tuzatish 
kiritilgan sanadagi balans (qoldiq) qiymatiga (qayta hisoblashni hisobga olmagan holda) toʻgʻri 
keladigan soliq summasining qismi sifatida aniqlanadi. Mazkur qism soliq solishdan ozod qilingan 
realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining joriy kalendar yili davomida oʻsib boruvchi 
yakun bilan aniqlanadigan realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) umumiy qiymatining ulushiga 
mutanosib ravishda belgilanadi.
(8-q.)
Agar ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan obyektdan kelgusida ham 
realizatsiya qilish aylanmasi soliq solishdan ozod qilinadigan, ham realizatsiya qilish aylanmasiga 
soliq solinadigan tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar koʻrsatish) uchun foydalanilsa, hisobga 
olinmaydigan soliq summasi quyidagi tartibda aniqlanadi: 
1) ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan tartibga oʻxshash tartibda hisoblab 
chiqarilgan, obyektning balans (qoldiq) qiymatida hisobga olingan soliq summasi ajratiladi; 
2) ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan tartibga muvofiq hisobga 
olinmaydigan, soliq solishdan ozod qilingan aylanmaga toʻgʻri keladigan soliq summasining 
ajratilgan qismi aniqlanadi. Qoldiq summa ushbu bobga muvofiq hisobga olinadi. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling