Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Toʻlangan soliq summalarini hisobga olish
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
266-modda. Toʻlangan soliq summalarini hisobga olish
(1-q.) Budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasini aniqlashda, agar ushbu Kodeksning 267-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchi haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha toʻlangan (toʻlanishi lozim boʻlgan) soliq summasini hisobga olish orqali ushbu Kodeksning 265-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliqning umumiy summasini kamaytirishga, quyidagi shartlarni bir vaqtda bajargan taqdirda, haqli boʻladi: 1) soliq toʻlovchining tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish (xizmat koʻrsatish) bilan bogʻliq faoliyatini amalga oshirish chogʻida tovarlardan (xizmatlardan), foydalanilganda realizatsiya qilish boʻyicha aylanmasiga soliq solinishi, shu jumladan nol stavka boʻyicha soliq solinishi lozim boʻlganda; 2) olingan tovarlarga (xizmatlarga) soliq toʻlovchi tomonidan hisobvaraq-faktura yoki yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan soliq summasi alohida ajratib koʻrsatilgan boshqa hujjat olinganda hamda tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib beruvchi soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilganda; 3) tovarlar olib kirilgan (import qilingan) taqdirda soliq budjetga toʻlanganda; 4) ushbu Kodeksning 255 va 256-moddalarida nazarda tutilgan hollarda soliq budjetga toʻlanganda; 5) nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadigan tovarlar eksportida chet ellik sotib oluvchi (toʻlovchi) tomonidan eksport qilinayotgan tovarlar uchun haq toʻlanganligini tasdiqlovchi bank hujjatidan koʻchirma mavjud boʻlsa, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi band) (2-q.) Nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadigan tovarlarni eksportga realizatsiya qilish aylanmasi maqsadida foydalaniladigan, haqiqatda olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan (toʻlangan) soliq tovarlar eksportidan soliq toʻlovchining Oʻzbekiston Respublikasidagi bank hisobvaragʻiga kelib tushgan valyuta tushumining ulushida hisobga olinadi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism) (3-q.) Agar soliq toʻlovchi oxirgi bir yil davomida valyuta tushumlarini oʻz vaqtida taʼminlab kelayotgan va eksport shartnomalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorligi boʻlmagan intizomli soliq toʻlovchilar toifasiga kiritilgan boʻlsa, eksport qilinadigan tovarlar uchun ishlatilgan, haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan (toʻlangan) soliq summasi soliq toʻlovchining Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi hisobvaraqlariga chet el valyutasi tushumi kelib tushishidan qatʼi nazar hicobga olinadi. Tovarlar "eksport" bojxona rejimi ostida chiqarilgan kundan eʼtiboran bir yuz sakson kalendar kuni ichida valyuta tushumi yoki uning bir qismi soliq toʻlovchining Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi hisobvaraqlariga kelib tushmagan taqdirda, hisobga olingan soliq summasi yoki uning tegishli qismi belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) (4-q.) Nol darajali stavka boʻyicha tortiladigan tovarlar eksporti vositachilik, topshiriq shartnomasi boʻyicha vositachi, ishonchli vakil orqali amalga oshirilgan taqdirda, soliq vositachining, ishonchli vakilning yoki soliq toʻlovchining hisobvaragʻiga kelib tushgan valyuta tushumining summasi ulushida hisobga olinadi. (5-q.) Oʻzbekiston Respublikasi hududi realizatsiya qilish joyi deb eʼtirof etilmaydigan xizmatlarni koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari ushbu bobda belgilangan tartibda haqiqatda olingan tovarlar boʻyicha toʻlangan (toʻlanishi lozim boʻlgan) soliq summasini hisobga olish huquqiga ega. Bunda ushbu bobni qoʻllash maqsadida bunday xizmatlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanmadan olinadigan soliq solinadigan aylanmaga tenglashtiriladi. (6-q.) Soliq toʻlovchi tomonidan asosiy vositalar (shu jumladan oʻrnatiladigan asbob- uskunalar), nomoddiy aktivlar va koʻchmas mulk obyektlari, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlar sotib olinganda, shuningdek kelgusida oʻz asosiy vositalari sifatida foydalanish uchun moʻljallangan aktivlarni yaratish uchun tovarlar (xizmatlar) sotib olinganda sotuvchi tomonidan soliq toʻlovchiga taqdim etilgan soliq summasini hisobga olish toʻliq hajmda amalga oshiriladi. Soliq toʻlovchi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga bunday tovarlarni olib kirish chogʻida ushbu soliq toʻlovchi tomonidan toʻlangan soliq summasini hisobga olish xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi. (7-q.) Mol-mulk ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida olingan taqdirda, oluvchi mol-mulkni ustav fondiga (ustav kapitaliga) berish chogʻida ishtirokchi tomonidan toʻlangan soliq summasini hisobga olish huquqiga ega. Ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida olingan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va koʻchmas mol-mulk obyektlari, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlar boʻyicha ishtirokchi ularni berish chogʻida toʻlagan soliq ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan tartibda berilgan aktivlarni oluvchi soliq toʻlovchida hisobga olinadi. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (8-q.) Agar ushbu Kodeksning 470-1-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchi boʻlmagan shaxs soliq toʻlovchi sifatida ushbu Kodeksning 237-moddasiga muvofiq maxsus roʻyxatga olish hisobiga qoʻyilganda, shuningdek soliq toʻlashdan ozod etish bekor qilingan taqdirda soliq toʻlovchi maxsus roʻyxatga olish hisobiga qoʻyish (ozod qilishni bekor qilish) sanasida oʻz balansida mavjud boʻlgan tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlarining va uzoq muddatli aktivlarning balans qiymatida hisobga olingan soliq summasini ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan shartlarga rioya etilgan taqdirda, hisobga olish huquqiga ega. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (9-q.) Ushbu moddaning sakkizinchi qismiga muvofiq hisobga olinadigan soliq summasi: (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi xatboshi) tovar-moddiy zaxiralarning qoldiqlari boʻyicha - shaxs roʻyxatdan oʻtkazish hisobiga qoʻyilgan sanadan oldingi soʻnggi oʻn ikki oy ichida olingan, soliq toʻlovchida uni roʻyxatdan oʻtkazish hisobiga qoʻyish (ozod etishni bekor qilish) sanasida mavjud boʻlgan tovar-moddiy zaxiralar qoldigʻiga toʻgʻri keladigan tovarlarning (xizmatlarning) haqiqiy qiymati boʻyicha; uzoq muddatli aktivlar boʻyicha - mazkur obyektlarning shaxs soliq boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish hisobiga qoʻyilgan (ozod etish bekor qilingan) sanadagi qayta baholanishi hisobga olinmagan, soliqning tegishli summasini oʻz ichiga olgan balans (qoldiq) qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. (10-q.) Agar soliq toʻlovchi sifatida hisobda turmaydigan chet el yuridik shaxsi komitent (ishonch bildiruvchi) boʻlsa, tovar tegishli vositachilik (topshiriq) shartnomasiga muvofiq shartlar asosida vositachi (ishonchli vakil) tomonidan realizatsiya qilingan taqdirda, ushbu tovar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda toʻlangan soliq summasi tegishli soliq davrida vositachi (ishonchli vakil) tomonidan realizatsiya qilingan tovarlar ulushiga toʻgʻri keladigan ulushda vositachi (ishonchli vakil) tomonidan hisobga olish uchun qabul qilinadi. (11-q.) Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxsi yoki yakka tartibdagi tadbirkor boʻlgan komitentning (ishonch bildiruvchining) topshirigʻiga koʻra olingan tovar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vositachi (ishonchli vakil) tomonidan olib kirilgan taqdirda, import qilingan tovarning bojxona rasmiylashtiruvi chogʻida vositachi (ishonchli vakil) tomonidan toʻlangan soliq komitentda (ishonch bildiruvchida) hisobga olinishi lozim. (12-q.) Transport ekspeditsiyasi shartnomasi boʻyicha majburiyatlarni bajarish chogʻida ekspeditor tomonidan tashuvchidan va (yoki) boshqa yetkazib beruvchilardan olingan xizmatlarga doir soliq summasi bunday shartnoma boʻyicha ekspeditorning mijozi boʻlgan tarafda hisobga olinadi. (13-q.) Sotuvchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining soliq toʻlovchisi boʻlmagan chet ellik shaxsga ushbu chet ellik shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida tovarlarni (xizmatlarni) olish chogʻida taqdim etilgan yoki ushbu chet ellik shaxslar tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish maqsadlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishi chogʻida ular tomonidan toʻlangan soliq summalari hisobga olinishi lozim. Soliqning mazkur summalari ushbu Kodeksning 255-moddasiga muvofiq soliq agenti tomonidan ushbu chet ellik shaxsning daromadlaridan ushlab qolingan soliq budjetga toʻlanganidan keyin, ushbu shaxs olgan (olib kirgan) tovarlardan (xizmatlardan) faqat soliq agenti qiymatidan soliqni ushlab qolgan tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish maqsadida foydalanilgan qismi boʻyichagina hisobga olinishi yoki ushbu chet ellik shaxsga qaytarilishi lozim. Bunda soliqning mazkur summalari, basharti chet ellik shaxs ushbu Kodeksning 237-moddasiga muvofiq soliq toʻlovchi sifatida maxsus roʻyxatdan oʻtkazish hisobiga qoʻyilgan boʻlsa, hisobga olinishi yoki ushbu shaxsga qaytarilishi lozim. (14-q.) Agar soliq toʻlovchi realizatsiya qilish boʻyicha aylanmasiga soliq solinishi lozim boʻlgan tovarlarni (xizmatlarni), shuningdek realizatsiya qilish boʻyicha aylanmasi soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilsa, hisobga olinishi lozim boʻlgan soliq summasi ushbu Kodeksning 268-moddasida belgilangan tartibda aniqlanadi. (15-q.) Agar hisobga olish huquqi tovarlarni (xizmatlarni) olish boʻyicha qalbaki yoki koʻzboʻyamachilik uchun tuzilgan bitim natijasida vujudga kelganligiga oid dalillar mavjud boʻlsa, soliq organlari hisobga olishni bekor qilishni yoki unga tuzatishni amalga oshirishga haqli. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling