Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
stavkaning qoʻllanilishi
(1-q.) Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasi toʻlangan soliqni qoplash (qaytarish) yoʻli bilan nol darajali stavkasi boʻyicha tortiladi, agar ushbu tovarlar (xizmatlar) quyidagicha olinsa: 1) chet el diplomatik vakolatxonalarining va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning rasmiy foydalanishi uchun, shuningdek ushbu vakolatxonalar diplomatik va maʼmuriy-texnik xodimlarining (shu jumladan ular bilan birga yashaydigan oila aʼzolarining) shaxsiy foydalanishi uchun; 2) Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida tovarlarni (xizmatlarni) sotib olayotgan soliq toʻlovchilar tomonidan, agar bitimda nol darajali stavka qoʻllanilishi nazarda tutilgan boʻlsa. (2-q.) Agar tegishli chet davlatning qonunchiligida Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalariga va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarga, ushbu vakolatxonalarning diplomatik hamda maʼmuriy-texnik xodimlariga (shu jumladan ular bilan birga yashaydigan oila aʼzolariga) nisbatan xuddi shunday tartib belgilangan boʻlsa yoxud bunday norma Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan boʻlsa, nol darajali stavkani qoʻllash ushbu moddaning birinchi qismi 1-bandiga muvofiq amalga oshiriladi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (3-q.) Suv taʼminoti, kanalizatsiya, sanitariya jihatdan tozalash, issiqlik taʼminoti boʻyicha aholiga koʻrsatiladigan xizmatlarni realizatsiya qilishga doir aylanmaga, shu jumladan bunday xizmatlarni uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan aholi nomidan, shuningdek idoraviy uy-joy fondi uylarida yashayotgan aholi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining boʻlinmalari tomonidan olishga, nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadi. (4-q.) Nol darajali stavka qimmatbaho metallarni ishlab chiqaruvchilar tomonidan qimmatbaho metallarni olish boʻyicha vakolatli organga realizatsiya qilinadigan bunday metallarga nisbatan qoʻllaniladi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling