Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

35-BOB. SOLIQ STAVKALARI. 
SOLIQ DAVRI 
258-modda. Soliq stavkalari 
259-modda. Soliq davri 
258-modda. Soliq stavkalari 
(1-q.)
Agar ushbu Kodeksning 36-bobida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, soliq 
stavkasi 12 foiz miqdorida belgilanadi. 
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi 
qism) 
(2-q.)
Ushbu Kodeksning 36-bobida nazarda tutilgan hollarda soliq stavkasi 0 foiz miqdorida 
belgilanadi. 
259-modda. Soliq davri 
Ushbu Kodeksning 39-bobida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, bir oy soliq davridir. 
OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son
Qonuniga 
muvofiq ikkinchi qism chiqarib tashlangan 
Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmasi oyiga bir milliard soʻmdan 
oshmaydigan soliq toʻlovchilar uchun soliq davri chorak hisoblanadi. (OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-
659-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) 
36-BOB. NOL DARAJALI STAVKA BOʻYICHA 
SOLIQ SOLINADIGAN AYLANMA 
260-modda. Eksport operatsiyalariga va ularga 
tenglashtirilgan operatsiyalarga soliq solish 
261-modda. Eksport operatsiyalarini tasdiqlash 
263-modda. Xalqaro tashishlar bilan bogʻliq 
xizmatlarga soliq solish 
264-modda. Ayrim hollarda nol darajali 
stavkaning qoʻllanilishi 
260-modda. Eksport operatsiyalariga va ularga 
tenglashtirilgan operatsiyalarga soliq solish 
(1-q.)
Nol darajali stavka boʻyicha soliq solish quyidagilar realizatsiya qilinganda amalga 
oshiriladi: 


1) Oʻzbekiston Respublikasi hududidan eksport bojxona tartib-taomiliga olib chiqilgan 
tovarlar; 
2) ilgari Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga 
joylashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan tovarlar va (yoki) Oʻzbekiston 
Respublikasi hududidan bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan 
tovarlarni qayta ishlash natijasida olingan (hosil boʻlgan) tovarlar (qayta ishlash mahsulotlari, 
chiqindilar va (yoki) qoldiqlar); 
3) Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan gʻamlab qoʻyilgan narsalar. Ushbu 
modda maqsadida havo kemalaridan risoladagidek foydalanilishini taʼminlash uchun zarur 
boʻlgan yoqilgʻi va yonilgʻi-moylash materiallari gʻamlab qoʻyilgan narsalar deb eʼtirof etiladi; 
4) chet eldan keltirilgan tovarlarni tashish chogʻida bojxona tranziti bojxona tartib-taomiliga 
joylashtirilgan tovarlarni bevosita Oʻzbekiston Respublikasi hududiga yetib kelish joyidagi 
bojxona organidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish joyidagi bojxona 
organigacha tashish yoxud transportda tashish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xizmatlar; 
5) xalqaro tashishlar bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xizmatlar. 
(2-q.)
Nol darajali stavkani ayrim hollarda qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari ushbu 
Kodeksning 264-moddasida belgilangan. 
(3-q.)
Nol darajali stavkani qoʻllash huquqini tasdiqlovchi hujjatlar soliq hisoboti bilan birga 
taqdim etiladi. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling