Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

254-modda. Tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga 
olib kirishda soliq bazasini aniqlash tartibi 
(1-q.)
Tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda soliq bazasi quyidagilarni 
qoʻshgan holda hisoblab chiqarilgan ushbu tovarlarning qiymati sifatida aniqlanadi: 
1) tovarlarning bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadigan bojxona 
qiymatini; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
2) tovarlar Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilayotganda toʻlanishi lozim boʻlgan aksiz 
soligʻi va bojxona bojini. 
(2-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona 
tartib-taomiliga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududidan ilgari olib chiqilgan tovarlarning 
qayta ishlash mahsulotlari ushbu hududga olib kirilayotganda soliq bazasi bunday qayta 
ishlashning qiymati sifatida aniqlanadi. 
(3-q.)
Soliq bazasi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan bir nomdagi, turdagi 
va markadagi tovarlarning har bir guruhi boʻyicha alohida aniqlanadi. 
(4-q.)
Agar Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarning 
bir turkumi tarkibida bir vaqtning oʻzida ham aksiz toʻlanadigan, ham aksiz toʻlanmaydigan 
tovarlar mavjud boʻlsa, soliq bazasi mazkur tovarlarning har bir guruhiga nisbatan alohida 
aniqlanadi. 
(5-q.)
Agar Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar 
turkumi tarkibida bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga muvofiq 
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan ilgari olib chiqilgan tovarlarning qayta ishlash mahsulotlari 
mavjud boʻlsa, soliq bazasi xuddi shunday tartibda aniqlanadi. 
255-modda. Tovarlar (xizmatlar) chet ellik shaxslar 
tomonidan realizatsiya qilinganda soliq agentlari 
tomonidan soliq bazasini aniqlashning 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling