Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Korxona mol-mulk majmuasi sifatida


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

251-modda. Korxona mol-mulk majmuasi sifatida 
realizatsiya qilinganda soliq bazasini 
aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari 
(1-q.)
Korxona mol-mulk majmuasi sifatida realizatsiya qilinganda, soliq bazasi ushbu 
moddada belgilangan tartibda, uni realizatsiya qilishning soliqni oʻz ichiga oladigan narxi 
miqdorida, ushbu korxona mol-mulkining har bir soliq obyekti boʻyicha alohida aniqlanadi. 
(2-q.)
Agar korxonani realizatsiya qilish narxi uning tarkibiga kiradigan jami mol-mulkning 
balans qiymatidan past boʻlsa, korxonani realizatsiya qilish narxining mazkur mol-mulkning 
balans qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadigan tuzatish koeffitsiyenti qoʻllaniladi. 


(3-q.)
Agar korxonani realizatsiya qilish narxi uning tarkibiga kiradigan jami mol-mulkning 
balans qiymatidan yuqori boʻlsa, korxonani realizatsiya qilishning debitorlik qarzi summasiga va 
qimmatli qogʻozlar qiymatiga kamaytirilgan narxining realizatsiya qilingan korxona tarkibiga 
kiradigan mol-mulkning debitorlik qarzi summasiga va qimmatli qogʻozlarning qiymatiga 
kamaytirilgan balans qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadigan tuzatish koeffitsiyenti qoʻllaniladi. 
Ushbu qismga muvofiq tuzatish koeffitsiyentini hisob-kitob qilishda qimmatli qogʻozlarning 
qiymati, agar u faqat bozor qiymati boʻyicha qayta baholangan boʻlsa, chiqarib tashlanadi. 
(4-q.)
Mol-mulkning har bir turini realizatsiya qilish narxi uning balans qiymatining ushbu 
moddaning ikkinchi yoki uchinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda belgilanadigan tuzatish 
koeffitsiyentiga koʻpaytmasi sifatida aniqlanadi. 
(5-q.)
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan holatda, debitorlik qarzining 
summasiga doir tuzatish koeffitsiyenti qoʻllanilmaydi. Agar bunday holda qimmatli qogʻozlarning 
qiymati qayta baholangan boʻlsa, mazkur koeffitsiyent ularning qiymatiga nisbatan ham 
qoʻllanilmaydi. 
(6-q.)
Korxona sotuvchisi tomonidan korxona sotilgan narxni koʻrsatgan holda jamlama 
hisobvaraq-faktura tuziladi. 
(7-q.)
Jamlama hisobvaraq-fakturada asosiy mablagʻlar, nomoddiy aktivlar, ishlab chiqarish 
uchun moʻljallangan va ishlab chiqarish uchun moʻljallanmagan mol-mulkning boshqa turlari
debitorlik qarzining summalari, qimmatli qogʻozlarning qiymati hamda balans aktivlarining 
boshqa pozitsiyalari mustaqil pozitsiyalarga ajratiladi. Jamlama hisobvaraq-fakturaga 
inventarizatsiya dalolatnomasi ilova qilinadi. 
(8-q.)
Jamlama hisobvaraq-fakturada har bir mol-mulk turining narxi ushbu moddaning 
beshinchi qismida nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda balans 
qiymatining tuzatish koeffitsiyentiga koʻpaytmasiga teng deb qabul qilinadi. 
(9-q.)
Realizatsiya qilinishiga soliq solinadigan mol-mulkning har bir turi boʻyicha tegishli 
ravishda soliq stavkasi va tegishli soliq summasi koʻrsatiladi. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling