Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Soliq bazasini aniqlash tartibi
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
248-modda. Soliq bazasini aniqlash tartibi
(1-q.) Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq bazasi ushbu Kodeksning 176-moddasi talablarini hisobga olgan holda, aksiz soligʻini (aksiz toʻlanadigan tovarlar, xizmatlar uchun) hisobga olib, unga soliqni kiritmagan holda, bitim taraflari tomonidan qoʻllanilgan narxdan (tarifdan) kelib chiqqan holda realizatsiya qilinadigan tovarlarning (xizmatlarning) qiymati sifatida aniqlanadi. (2-q.) Xaridorlarga realizatsiya qilish boʻyicha aylanmani amalga oshirish sanasida chegirmalar (boshqa tijorat bonuslari) bergan soliq toʻlovchi soliq bazasini bunday chegirmalar (tijorat bonuslari) chegirib tashlangan holdagi narxdan (tarifdan) kelib chiqqan holda aniqlaydi. (3-q.) Soliq bazasi quyidagi hollarda tovarlarning (xizmatlarning) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq aniqlanadigan bozor qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi: (OʻzR 11.03.2022-y. OʻRQ-758-son Qonuni tahriridagi xatboshi) 1) tovarlarni (xizmatlarni) boshqa tovarlarga (xizmatlarga) ayirboshlab realizatsiya qilishda; 2) agar ushbu Kodeksning 239-moddasi birinchi qismi 2-bandida yoki ikkinchi qismining 2- bandida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, tovarlarni (xizmatlarni) bepul berishda (koʻrsatishda); 3) yuridik shaxsning mol-mulkidan ushbu Kodeksning 239-moddasi toʻrtinchi qismi 6- bandiga muvofiq shaxsiy maqsadlarda foydalanishda. (4-q.) Agar bitimning narxi tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatidan past yoki yuqori boʻlsa, soliq organlari soliq bazasiga tuzatish kiritishga haqli. Soliq toʻlovchi bunday qaror yuzasidan bitimning narxi bozor narxlariga muvofiqligini va soliq toʻlashdan boʻyin tovlashga qaratilmaganligining asoslarini taqdim etish yoʻli bilan nizolashishga haqli. (5-q.) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan (import qilingan) tovarlarni realizatsiya qilish chogʻida soliq bazasi ushbu tovarlarni olib kirish (import qilish) chogʻida budjetga haqiqatda toʻlangan soliq hisoblab chiqarilgan qiymatdan past boʻlishi mumkin emas. (6-q.) Qaytarib berish sharti bilan qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallardan tovarlar ishlab chiqarish boʻyicha xizmatlar realizatsiya qilingan taqdirda, soliq bazasi ularni qayta ishlashga doir xizmatlarning qiymati asosida, unga soliqni kiritmagan holda, aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha esa ularni qayta ishlashga doir xizmatlarning qiymati asosida, ushbu Kodeksga muvofiq hisoblab chiqarilgan aksiz soligʻi hisobga olingan holda aniqlanadi. (7-q.) Obyektlarni qurishda, shu jumladan obyektlarni foydalanish uchun tayyor qilib qurishda, qurilish-montaj, taʼmirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy ishlarni, shuningdek uzoq texnologik (bir hisobot davridan ortiq) davriylikdagi boshqa uzoq muddatli shartnomalarni bajarishda soliq bazasi har bir kalendar oyning oxirida haqiqatda bajarilgan ishlar hajmining ushbu Kodeksning 303-moddasiga muvofiq soliq bazasi kiritilmagan holda aniqlanadigan qiymati asosida aniqlanadi. Agar shartnomaga binoan bu ishlarni materiallar bilan taʼminlash majburiyati buyurtmachining zimmasida boʻlsa, ushbu materiallarga boʻlgan mulk huquqi buyurtmachining oʻzida saqlanib qolgan taqdirda, soliq bazasi bajarilgan hamda tasdiqlangan ishlarning qiymatidan kelib chiqqan va buyurtmachi materiallarining qiymatini soliq bazasiga kiritmagan holda aniqlanadi. (8-q.) Jismoniy shaxslarga mehnat haqi hisobiga yoki dividendlar toʻlovlari hisobiga tovarlar berilganda (xizmatlar koʻrsatilganda), shuningdek ushbu Kodeksning 239-moddasi toʻrtinchi qismi 3-bandida belgilangan hollarda soliq bazasi tovarlarning (xizmatlarning) ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq aniqlanadigan qiymatidan kelib chiqqan va soliqni hisobga olgan holda aniqlanadi. (9-q.) Erkin bojxona hududining bojxona rejimiga soliq toʻlamasdan joylashtirilgan tovar yoʻqotilganda soliq bazasi ushbu Kodeksning 254-moddasi birinchi qismiga muvofiq aniqlanadi. (10-q.) Tovarlarni (xizmatlarni) olishga boʻlgan huquqni beruvchi vaucherni realizatsiya qilish chogʻida vaucherning soliq hisobga olingan holdagi qiymati soliq bazasi boʻladi. (11-q.) Olib sotish uchun jismoniy shaxslardan olingan avtomobillar va uy-joy koʻchmas mulk obyektlari realizatsiya qilingan taqdirda, soliq bazasi soliq summasini oʻz ichiga oladigan, realizatsiya qilish narxi va sotib olish qiymati oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi. (12-q.) Foyda soligʻini hisoblab chiqarishda ushbu Kodeksning 317-moddasiga muvofiq xarajatlari chegirilmaydigan soliq toʻlovchining oʻz ehtiyojlari uchun oʻzi ishlab chiqargan tovarlardan foydalanilganda (oʻz kuchi bilan xizmatlar koʻrsatilganda), soliq bazasi ushbu tovarlarning (xizmatlarning) bunday soliq toʻlovchi tomonidan oʻtgan 90 kun davomida realizatsiya qilingan aynan shunday (ular mavjud boʻlmaganda shunga oʻxshash) tovarlarning (xizmatlarning) oʻrtacha oʻlchangan narxidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan qiymati sifatida, koʻrsatilgan davrda bunday realizatsiya mavjud boʻlmaganda esa aksizlar hisobga olingan (aksizosti tovarlar uchun) va soliq qoʻshilmagan bozor narxlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. (13-q.) Ushbu boʻlimga muvofiq realizatsiya qilishga doir aylanmalari soliq solinmaydigan aylanmalar boʻlgan chiptalar, abonementlar, yoʻllanmalar (joysiz davolanish uchun berilgan hujjatlar) va xizmatlarni olish huquqini beruvchi boshqa hujjatlar realizatsiya qilingan taqdirda, soliq bazasi soliq summasini oʻz ichiga oladigan, realizatsiya qilish narxi va ularni sotib olish narxi oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi. (14-q.) Soliq bazasini aniqlashning boshqa shartlar va holatlarni hisobga oladigan oʻziga xos xususiyatlari ushbu Kodeksning 249-256-moddalarida belgilanadi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling