Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq solishdan ozod etiladigan


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

244-modda. Soliq solishdan ozod etiladigan 
moliyaviy xizmatlar 
(1-q.)
Quyidagi moliyaviy xizmatlar soliq solishdan ozod etiladi: 


1) bank operatsiyalari, bundan qiymati qatʼiy summada belgilangan xizmatlar mustasno, 
xususan: 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga 
qarang) 
yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablagʻlarini omonatlarga jalb etish; 
yuridik va jismoniy shaxslarning jalb etilgan pul mablagʻlarini banklar nomidan hamda 
ularning hisobidan joylashtirish; 
yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlarini, shu jumladan bank kartalari 
boʻyicha hisob-kitoblar uchun xizmat qiluvchi bank hisobvaraqlarini yuritish, shuningdek bank 
kartalariga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq operatsiyalar; 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son 
Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang) 
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning topshirigʻiga koʻra 
ularning bank hisobvaraqlari boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish; 
yuridik va jismoniy shaxslarga kassa xizmatlarini bank kassalari yoki maxsus asbob-
uskunalar (bankomat, avtomatik depozit mashinalar va hokazo) orqali koʻrsatish; 
chet el valyutasining naqd puldagi va naqd pulsiz oldi-sotdisi (shu jumladan chet el 
valyutasining oldi-sotdi operatsiyalariga doir vositachilik xizmatlari koʻrsatish); 
bank kafolatlarini bajarish (bank kafolati boʻyicha toʻlov); 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-
son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang) 
majburiyatlarning pul shaklida bajarilishini nazarda tutuvchi uchinchi shaxslar uchun 
kafillik berish; 
akkreditivlar boʻyicha hisob-kitoblar va toʻlovlar; 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son 
Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang) 
toʻlov tizimlari, dasturlaridan va uskunalardan foydalangan holda hisob-kitoblarni 
(toʻlovlarni) amalga oshirish; 
2) hisob-kitoblar ishtirokchilari oʻrtasida axborot va texnologik hamkorlikni, shu jumladan 
hisob-kitoblar ishtirokchilariga bank kartalari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar boʻyicha 
axborotni toʻplash, unga ishlov berish va uni taqdim etish yuzasidan xizmatlar koʻrsatilishini 
taʼminlovchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar; 
3) yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini, kooperativlarning 
pay fondlaridagi va investitsiya pay jamgʻarmalaridagi paylarni, qimmatli qogʻozlarni hamda 
hosila moliyaviy vositalarni realizatsiya qilish, bundan soliq solinishi lozim boʻlgan hosila 
moliyaviy vositalarning asos aktivini realizatsiya qilish mustasno. Ushbu boʻlim maqsadlarida 
hosila moliyaviy vositani realizatsiya qilish deganda uning asos aktivini realizatsiya qilish, 
shuningdek kontrakt boʻyicha mukofotlar summalarini, variatsiyaga oid marja summalarini 
toʻlash, hosila moliyaviy vositalar shartlariga muvofiq asos aktiv toʻlovi boʻlmagan hosila 
moliyaviy vosita taraflarining boshqa davriy yoki bir martalik toʻlovlari tushuniladi; 
4) realizatsiya qilinishi ushbu qismning 3-bandiga binoan soliq solishdan ozod etiladigan 
hosila moliyaviy vositalar asosida yuzaga keladigan majburiyatlar boʻyicha huquqlardan 
(talablardan) boshqa shaxs foydasiga voz kechish (ularni boshqalarga berish); 
5) forfeyting va faktoring operatsiyalari; 
6) zayomlarni pul shaklida berishga doir shartnomalardan va (yoki) kredit shartnomalaridan 
kelib chiqadigan majburiyatlar yuzasidan kreditorning huquqlaridan (talablaridan) boshqa shaxs 
foydasiga voz kechish (ularni boshqalarga berish, olish) boʻyicha, shuningdek boshqa shaxs 
foydasiga voz kechish shartnomasi asosida dastlabki shartnoma yuzasidan qarz oluvchining har 
bir yangi kreditor oldidagi majburiyatlarining bajarilishga doir operatsiyalar; 
7) kreditlarni, zayomlarni pul shaklida va qimmatli qogʻozlar bilan berish, shu jumladan ular 
boʻyicha foizlar bilan birga berish, shuningdek REPO operatsiyalari, shu jumladan REPO 
operatsiyalari boʻyicha qimmatli qogʻozlar berilganligi uchun toʻlanishi lozim boʻlgan pul 
summalari; 
8) mol-mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) berishga doir xizmatlarning ushbu xizmatlar 
boʻyicha foizli daromadlar olishga taalluqli qismi boʻyicha; 


9) qimmatli qogʻozlar (aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar) bilan bogʻliq 
operatsiyalar. Qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalar jumlasiga qimmatli qogʻozlarni 
saqlash, qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqni hisobga olish, qimmatli qogʻozlarni oʻtkazish 
hamda ularning reestrini yuritish, qimmatli qogʻozlar savdosini tashkil etish boʻyicha operatsiyalar 
kiradi, ularni tayyorlash boʻyicha xizmatlar bundan mustasno; 
10) tranzaksiyalarni bir vaqtning oʻzida toʻlov ishtirokchilari oʻrtasida vositachilik haqlarini 
taqsimlagan holda amalga oshirish bilan bogʻliq toʻlov tizimlarining moliya xizmatlari. 
(2-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq 
qoʻmitasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va qimmatli qogʻozlarga 
taalluqli qism boʻyicha qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish boʻyicha vakolatli organ bilan 
kelishilgan holda, ushbu moddaning qoidalarini qoʻllash tartibi yuzasidan tushuntirishlar, shu 
jumladan ayrim aylanmalarni batafsil aniqlashtirish boʻyicha tushuntirishlar berishga haqli. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling