Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 243-modda. Soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma
33-BOB. SOLIQ SOLISHDAN OZOD ETISH
243-modda. Soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma 244-modda. Soliq solishdan ozod etiladigan moliyaviy xizmatlar 245-modda. Soliq solishdan ozod qilinadigan sugʻurta xizmatlari 246-modda. Soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish 243-modda. Soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma (1-q.) Agar ushbu Kodeksning 260-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, quyidagilarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma soliq solishdan ozod etiladi: 1) maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga qarash boʻyicha xizmatlarni; (OʻzR 03.12.2020-y. OʻRQ-653-son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang) 2) bemorlar va keksalarni parvarish qilish boʻyicha xizmatlarni; 3) dafn etish byurolari va qabristonlarning marosim xizmatlarini, diniy ashyolarni, diniy tashkilotlar hamda birlashmalar tomonidan udumlarni va marosimlarni oʻtkazishga doir xizmatlarni; 4) protez-ortopediya buyumlarini, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun inventarni, shu jumladan ushbu buyumlar va inventarni ishlab chiqaruvchilar tomonidan realizatsiya qilinadigan buyumlar va inventarni, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxslarga ortopedik protezlash, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moʻljallangan protez-ortopediya buyumlarini va inventarni taʼmirlash hamda ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlarni; (OʻzR 17.05.2022-y. OʻRQ-770-son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang) 5) davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalarining mahsulotlarini ushbu muassasalar tomonidan realizatsiya qilish; 6) ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizi nogironligi boʻlgan shaxslardan iborat boʻlgan hamda nogironligi boʻlgan shaxslar mehnatiga haq toʻlash fondi umumiy mehnatga haq toʻlash fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan, yagona ishtirokchisi nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan realizatsiya qilinadigan tovarlar va xizmatlarni; OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq 2023-yil 1-apreldan 7) band oʻz kuchini yoʻqotadi 7) pochta markalarini (kolleksiya qilinadiganlaridan tashqari), markali otkritkalarni, konvertlarni; 8) pensiyalar va nafaqalar toʻlashga doir xizmatlarni; OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq 2023-yil 1-apreldan 9) band oʻz kuchini yoʻqotadi 9) budjet mablagʻlari hisobidan bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlarini. Mazkur soliq solishdan ozod etish tegishli moliya organining budjetdan mablagʻlar ajratish toʻgʻrisidagi xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda qoʻllaniladi; 10) oʻqitish (taʼlim) sohasidagi xizmatlarni, shu jumladan test sinovlari va imtihonlar oʻtkazishni tashkil etish xizmatlarini, xususan: boshlangʻich, oʻrta, oʻrta maxsus, texnik va kasb-hunar, oliy taʼlim va oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim sohasidagi taʼlim xizmatlarini; taʼlim muassasalari (tashkilotlari), shuningdek kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradigan tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan qoʻshimcha taʼlim berish boʻyicha xizmatlarni; maktabgacha taʼlim va tarbiya dasturlari doirasida taʼlim va tarbiyalash faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda bolalarga qarash va ularni parvarishlash boʻyicha xizmatlarni, toʻgaraklarda, seksiyalarda (shu jumladan sport seksiyalarida) va studiyalarda voyaga yetmagan bolalar bilan mashgʻulotlar oʻtkazish boʻyicha xizmatlarni; 11) tibbiy xizmatlar (bundan kosmetologik xizmatlar mustasno). Ushbu bandning maqsadida tibbiy xizmatlar jumlasiga, xususan, quyidagilar kiradi: (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang) tibbiy yordamga va sanitariya xizmati koʻrsatishga doir xizmatlar; tashxis qoʻyish, profilaktika va davolash boʻyicha xizmatlar; stomatologik xizmatlar, shu jumladan tishlarni protezlash boʻyicha xizmatlar; 12) veterinariya xizmatlarini. Ushbu bandning maqsadida veterinariya xizmatlari jumlasiga, xususan, quyidagilar kiradi: veterinariyaga oid xizmatlar koʻrsatish, hayvonlarga tashxis qoʻyish va ularni davolash boʻyicha xizmatlar; hayvonlar va inson uchun umumiy boʻlgan kasalliklardan aholini himoya qilish; Oʻzbekiston Respublikasi hududini hayvonlarning yuqumli kasalliklari kirib kelishidan himoya qilish; davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning veterinariya va veterinariya- sanitariya xavfsizligini taʼminlash; 13) dori vositalarini, veterinariya dori vositalarini, tibbiyot va veterinariya uchun moʻljallangan buyumlarni; 14) sanatoriy-kurort, sogʻlomlashtirish xizmatlarini, shuningdek budjet tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan jismoniy tarbiya va sportga doir xizmatlarni. Ushbu bandning maqsadida: (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang) a) sanatoriy-kurort va sogʻlomlashtirish xizmatlari jumlasiga sanatoriylar, shifoxonalar, profilaktoriylar, kurortlar, pansionatlar, dam olish uylari va zonalari, bolalar dam olish oromgohlari hamda boshqa dam olish tashkilotlari tomonidan ularning asosiy faoliyati doirasida koʻrsatiladigan, ular yuridik shaxslar yoki yuridik shaxslarning tarkibiy boʻlinmalari tomonidan koʻrsatilishidan qatʼi nazar, yoʻllanmalar yoki joysiz davolanish uchun beriladigan hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan xizmatlar kiradi; b) budjet tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan jismoniy tarbiya va sport xizmatlari jumlasiga, xususan, sport inshootlarida, maktablarda, klublarda sport turlari boʻyicha oʻquv guruhlari hamda jamoalarida sogʻlomlashtirish yoʻnalishidagi jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlarini oʻtkazishga oid xizmatlar, umumjismoniy tayyorgarlik xizmatlari, sport musobaqalarini yoki bayramlarini, sport-tomosha tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha xizmatlar, shuningdek mazkur tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish uchun sport inshootlarini ijaraga berish kiradi; (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi kichik band) (Oldingi tahririga qarang) 15) yoʻlovchilarni yagona tariflar boʻyicha tashish xizmatlarini koʻrsatish: a) umumiy foydalanishdagi yoʻlovchi tashish shahar transportida va yoʻlovchi tashish avtomobil transportida (bundan taksi, shu jumladan yoʻnalishli taksi mustasno) mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadigan tariflar boʻyicha; (OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659- son Qonuni tahriridagi band) b) shahar atrofidagi yoʻnalishda temir yoʻl transportida; 16) uy-joy fondini saqlash va taʼmirlash yuzasidan aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar. Uy- joy fondini saqlash va taʼmirlash yuzasidan koʻrsatiladigan xizmatlar jumlasiga lift xoʻjaliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari va boʻlimlari, uy-joy fondidan foydalanish, uni saqlash va taʼmirlash boshqarmalari hamda boʻlimlarining bevosita aholi tomonidan haq toʻlanadigan xizmatlari, shu jumladan ushbu xizmatlarga uy-joy mulkdorlari shirkatlari orqali haq toʻlash kiradi; (OʻzR 16.08.2021-y. OʻRQ-708-son Qonuni tahriridagi band) 16-1) boshqaruvchi tashkilotlar yoki koʻp kvartirali uylarni boshqaruvchilar tomonidan umumiy mol-mulkni boshqarish, unga texnik xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash, shuningdek koʻp kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini obodonlashtirish boʻyicha koʻrsatilayotgan xizmatlar hamda bajarilayotgan ishlar; (OʻzR 31.05.2022-y. OʻRQ-773-son Qonuniga muvofiq kiritilgan band) 17) tovarlarni (xizmatlarni), agar tovarlarni berish (xizmatlar koʻrsatish) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida bepul amalga oshirilsa; 18) qimmatbaho metallardan ishlangan bank va oʻlchovli quymalarini, qimmatbaho metallardan ishlangan quyma (investitsiya) tangalarni (numizmatika maqsadlari uchun foydalaniladigan tangalardan, shuningdek qimmatbaho metallardan ishlangan chet el tangalaridan tashqari), zargarlik buyumlarini, qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish jarayonida hosil boʻladigan parchalarni va chiqindilarni, qimmatbaho metallarning oʻlchov plastinalari va granulalarini, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni, shuningdek qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan yarim tayyor mahsulotlarni; (OʻzR 14.10.2021-y. OʻRQ-722- son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang) 19) bojsiz savdo bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni; 20) yuridik va jismoniy shaxslarga muayyan huquqlar berilganda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va vakolatli organlar, tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarni, agar bunday xizmatlar koʻrsatish shart ekanligi qonunchilikda belgilangan boʻlsa, faoliyatning muayyan sohasida ushbu organlar va tashkilotlarning zimmasiga yuklatilgan alohida vakolatlarni bajarish doirasida davlat boji yoki boshqa toʻlovlar undiriladi; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683- son Qonuni tahriridagi band) 21) budjet mablagʻlari hisobidan bajariladigan yer-kadastr, yer tuzish, tuproqqa oid va geobotanika ishlarini; OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq 2023-yil 1-apreldan 22) band oʻz kuchini yoʻqotadi 22) budjet mablagʻlari hisobidan har yillik mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturlari doirasida koʻrsatiladigan geologiya xizmatlari; 23) xalqaro moliyaviy institutlarning qarzlari va hukumat tashkilotlarining xalqaro qarzlari hisobidan olinadigan tovarlarni (xizmatlarni), agar ularni soliqdan ozod etish qonunda nazarda tutilgan boʻlsa; (OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi band) OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq 2023-yil 1-iyuldan 24) band oʻz kuchini yoʻqotadi 24) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qoʻriqlash boʻlinmalari xizmatlarini; 25) telekommunikatsiya tarmoqlarida operativ-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari, shuningdek mazkur vositalardan foydalanishga hamda ularga xizmat koʻrsatishga doir xizmatlar; 26) metsenatlik koʻmagi tarzida beriladigan (koʻrsatiladigan) tovarlarni (xizmatlarni); 27) ushbu Kodeksning 244-moddasida nazarda tutilgan moliyaviy xizmatlarni; 28) ushbu Kodeksning 245-moddasida nazarda tutilgan hayotni sugʻurta qilish xizmatlarini va boshqa sugʻurta xizmatlarini. (2-q.) Ushbu moddada sanab oʻtilgan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir aylanma soliq toʻlovchilarda bunday faoliyatni amalga oshirish uchun tegishli litsenziyalar va boshqa ruxsat etuvchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, agar uning amalga oshirilishini litsenziyalash lozim boʻlsa yoki ruxsat etuvchi hujjatlar talab etsa, qonunchilikka muvofiq soliq solishdan ozod etiladi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (3-q.) Soliq solinadigan aylanmalarni va ushbu moddaning qoidalariga muvofiq soliq solishdan ozod etiladigan aylanmalarni amalga oshiradigan soliq toʻlovchilar ushbu Kodeksning 268-moddasiga muvofiq aylanmalarning alohida hisobini yuritishi shart. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling