Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
31-BOB. SOLIQ TOʻLOVCHILAR VA
SOLIQ SOLISH OBYEKTI 237-modda. Soliq toʻlovchilar 238-modda. Soliq solish obyekti 237-modda. Soliq toʻlovchilar (1-q.) Oʻzbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi va (yoki) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi quyidagilar qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchilar deb eʼtirof etiladi (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi): 1) Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari; 2) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi soliq davrida bir milliard soʻmdan oshgan yoxud ixtiyoriy ravishda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashga oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorlar; 3) Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi chet el yuridik shaxslari, agar tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish joyi deb Oʻzbekiston Respublikasi eʼtirof etilsa; 4) faoliyatni Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasalar orqali amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari; 5) oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma) doirasida amalga oshiriladigan faoliyat boʻyicha - oddiy shirkatning ishlarini yuritish vazifasi zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs - oddiy shirkatning ishtirokchisi; 6) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtuvchi shaxslar. Mazkur shaxslar bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchilar deb eʼtirof etiladi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) (2-q.) Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha soliq majburiyatlari ushbu boʻlimda belgilangan hollarda va tartibda soliq agentlari tomonidan bajariladi. (3-q.) Quyidagilar soliq toʻlovchilar deb hisoblanmaydi, bundan ushbu moddaning birinchi qismi 6-bandida nazarda tutilgan hollar mustasno: 1) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari - oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida. Bunda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchilar deb eʼtirof etilishi mumkin; (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ- 812-son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang) 2) aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchi shaxslar. (4-q.) Soliq toʻlovchilar soliq organlarida qoʻshilgan qiymat soligʻini (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq deb yuritiladi) toʻlovchi sifatida maxsus roʻyxatdan oʻtkazish hisobida turadi. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (5-q.) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan quyidagilarning tartibi belgilanadi: soliq organlarida soliq toʻlovchi sifatida maxsus roʻyxatga olish hisobiga qoʻyilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani (bundan buyon ushbu boʻlimda guvohnoma deb yuritiladi) berish; guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, qayta tiklash, tugatish yoki uni bekor qilish; guvohnoma oʻz vaqtida berilmaganligi yoki uni berish rad etilganligi yoxud guvohnomaning amal qilishi toʻxtatib turilganligi, tugatilganligi yoki uning bekor qilinganligi, shuningdek oʻz vaqtida qayta tiklanmaganligi munosabati bilan soliq organining qarori ustidan shikoyat qilish; soliq toʻlovchi sifatida maxsus roʻyxatga olish hisobidan chiqarish. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) Qarang: VMning 2022 yil 22-sentyabrdagi 595-son Qarori bilan tasdiqlangan "Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarini soliq organlarida qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maxsus roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida"gi Nizom Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling