Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
242-modda. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish
boʻyicha aylanma amalga oshirilgan sana (1-q.) Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan hisobvaraq-faktura taqdim etilgan sana yoki tovarlar joʻnatilgan (berilgan) sana, agar ushbu sana hisobvaraq-faktura taqdim etilgan sanadan oldin kelsa, tovarlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma amalga oshirilgan sanadir. (2-q.) Agar tovarni joʻnatish (berish) amalga oshirilmasa, tovarga boʻlgan mulk huquqi xaridorga oʻtkazilgan kun tovarlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma amalga oshirilgan sanadir. (3-q.) Koʻchmas mol-mulk realizatsiya qilingan taqdirda, koʻchmas mol-mulkni boshqa shaxs tasarrufiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomaning taraflari tomonidan imzolangan qabul qilib olish-topshirish dalolatnomasi boʻyicha xaridorga koʻchmas mol-mulk berilgan sana aylanma amalga oshirilgan sana deb hisoblanadi. (4-q.) Xizmatlar koʻrsatilganligi faktini tasdiqlovchi hisobvaraq-faktura yoki boshqa hujjat rasmiylashtirilgan (imzolangan) sana xizmatlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma amalga oshirilgan sanadir. (5-q.) Ushbu moddaning toʻrtinchi qismi qoidalari boshlanishi bir hisobot (soliq) davriga, tamomlanishi esa boshqa hisobot (soliq) davriga toʻgʻri keladigan xizmatlarga nisbatan ham qoʻllaniladi. (6-q.) Elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal xizmatlar, aloqa xizmatlari, moliyaviy va sugʻurta xizmatlari, quvurlar tizimi orqali yuklarni tashishga doir xizmatlar realizatsiya qilinganda, tovarlar (xizmatlar) doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilingan boshqa xollarda tovarlar yetkazib berilgan (xizmatlar koʻrsatilgan) kalendar oyning soʻnggi kuni tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma amalga oshirilgan sanadir. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism) (7-q.) Obyektlar qurilishida, shu jumladan obyektlarni foydalanish uchun tayyor holda qurishda, shuningdek uzoq (bir soliq hisoboti davridan ortiq) texnologik davriylikdagi uzoq muddatli shartnomalar boʻyicha, agar tuzilgan uzoq muddatli shartnomalar shartlarida xizmatlarni har oyda topshirish nazarda tutilmagan boʻlsa, har bir kalendar oyning oxirgi kuni aylanma amalga oshirilgan sana deb hisoblanadi. (8-q.) Mol-mulk moliyaviy ijaraga (lizingga) berilganda, moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi taraflari tomonidan imzolangan qabul qilish-topshirish dalolatnomasiga koʻra mol- mulk ijaraga oluvchining (lizingga oluvchining) tasarrufiga berilgan sana aylanma amalga oshirilgan sana deb hisoblanadi. (9-q.) Soliq toʻlovchining oʻz ehtiyojlari uchun tovarlarni berishda (xizmatlar koʻrsatishda) aylanma amalga oshirilgan sana deb soliq toʻlovchining tegishli ichki hujjati bilan rasmiylashtirilgan, ushbu tovarni berish (xizmatlar koʻrsatish) amalga oshirilgan kun eʼtirof etiladi. (10-q.) Tovarlar eksport bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqilgan taqdirda, quyidagi sanalar tovarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma amalga oshirilgan sana deb hisoblanadi: 1) bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadigan bojxona chegarasi haqiqatda kesib oʻtilgan sana; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 2) bojxonaga oid deklaratsiyalashni amalga oshirgan bojxona organining belgilari qoʻyilgan holda tovarlarga taalluqli bojxona yuk deklaratsiyasi roʻyxatdan oʻtkazilgan sana - davriy va (yoki) vaqtinchalik bojxonaga oid deklaratsiyalashdan foydalanilgan hollarda. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling