245-modda. Soliq solishdan ozod qilinadigan sugʻurta xizmatlari
(1-q.)
Sugʻurta qilish, birgalikda sugʻurta qilish va qayta sugʻurta qilish xizmatlari boʻyicha
sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan amalga oshiriladigan sugʻurta qilish
boʻyicha xizmatlar bu xizmatlar natijasida:
1) sugʻurta bozorining professional ishtirokchisi quyidagilarni olsa, qoʻshilgan qiymat
soligʻidan ozod qilinadi:
sugʻurta qilish, birgalikda sugʻurta qilish va qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha
sugʻurta mukofotlari;
qayta sugʻurta qilishga topshirilgan shartnomalar boʻyicha vositachilik haqi va tantyemalar;
sugʻurta agenti, sugʻurta va qayta sugʻurta brokeri, syurveyer hamda sugʻurta bozorining
boshqa professional ishtirokchilarining xizmatlari uchun vositachilik haqi;
sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari (aktuariylar, ajasterlar, syurveyerlar,
assistans xizmatlari va shu singarilar) koʻrsatgan xizmatlardan olinadigan daromadlar;
qonunchilikka muvofiq sugʻurtalovchiga oʻtgan, sugʻurta qildiruvchining (naf oluvchining)
yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxslardan talab qilish huquqini realizatsiya qilishdan
olinadigan mablagʻlar;
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi)
qayta sugʻurta qilish shartnomalari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, ular boʻyicha
sugʻurta mukofotlarining qaytarib berilgan qismi summalari;
bevosita sugʻurta faoliyatini amalga oshirishdan olinadigan boshqa daromadlar;
2) sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi) quyidagilarni olsa, qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod
qilinadi:
sugʻurta toʻlovi (sugʻurta tovoni);
preventiv tadbirlar oʻtkazish uchun beriladigan mablagʻlar;
sugʻurta qilish shartnomasi zararsiz amal qilishi uchun sugʻurtalovchi toʻlaydigan
mablagʻlar;
sugʻurta qilish shartnomasiga muvofiq boshqa mablagʻlar.
(2-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq
qoʻmitasi bilan birgalikda ushbu modda qoidalarining qoʻllanilish tartibi yuzasidan, ayrim
aylanmalarni batafsillashtirgan xolda, tushuntirishlar berishga haqli.
Do'stlaringiz bilan baham: |