Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Yuqori turuvchi organ tomonidan
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
235-modda. Yuqori turuvchi organ tomonidan
shikoyatni koʻrib chiqish (1-q.) Shikoyatni koʻrib chiqish davomida uni bergan shaxs oʻz dalillarini tasdiqlovchi qoʻshimcha hujjatlarni shikoyat boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar taqdim etishga haqli. (2-q.) Yuqori turuvchi soliq organi shikoyatni, uni bergan shaxsning dalillarini tasdiqlovchi hujjatlarni, shikoyat koʻrib chiqilishi davomida taqdim etilgan qoʻshimcha hujjatlarni, shuningdek quyi turuvchi soliq organi tomonidan taqdim etilgan materiallarni koʻrib chiqadi. (3-q.) Shikoyatni koʻrib chiquvchi soliq organi oʻz tashabbusiga koʻra yoki murojaat qiluvchining iltimosiga koʻra shikoyatni eshitishni tashkil etishi mumkin. (4-q.) Yuqori turuvchi soliq organi shikoyatni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: shikoyatni qanoatlantirmasdan qoldiradi; soliq organining normativ xususiyatga ega boʻlmagan hujjatini bekor qiladi; soliq organining qarorini toʻliq yoki qisman bekor qiladi; soliq organining qarorini toʻliq bekor qiladi va ish yuzasidan yangi qaror qabul qiladi; soliq organlari mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) noqonuniy deb eʼtirof etadi va ishning mohiyati boʻyicha qaror chiqaradi. (5-q.) Agar shikoyat bergan shaxs shikoyat boʻyicha qaror qabul qilinishiga qadar ushbu shikoyatni koʻrib chiqish davomida taqdim etilgan qoʻshimcha hujjatlarni qarori ustidan shikoyat berilgan soliq organiga oʻz vaqtida taqdim etish mumkin boʻlmagan sabablar boʻyicha tushuntirishlarni taqdim etgan boʻlsa, bu qoʻshimcha hujjatlar yuqori turuvchi soliq organi tomonidan koʻrib chiqiladi. Mazkur qoida ushbu Kodeksning 159 yoki 166-moddalarida nazarda tutilgan tartibda qabul qilingan qarorlar ustidan shikoyat berilganda qoʻllaniladi. (6-q.) Yuqori turuvchi soliq organi, agar shikoyatni koʻrib chiqish natijasida soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish tartib-taomilining muhim shartlari buzilganligi aniqlangan boʻlsa, ushbu Kodeksning 159 yoki 166-moddalarida nazarda tutilgan tartibda qabul qilingan qarorni bekor qilishga haqlidir. (7-q.) Yuqori turuvchi soliq organi qarorni bekor qilib, koʻrsatilgan materiallarni, shikoyat bergan shaxsning vajlarini tasdiqlovchi hujjatlarni, shikoyatni koʻrib chiqish davomida taqdim etilgan qoʻshimcha hujjatlarni va ushbu Kodeksning tegishincha 159 yoki 166-moddalarida nazarda tutilgan tartibda quyi turuvchi soliq organi tomonidan taqdim etilgan materiallarni koʻrib chiqadi hamda ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan qarorni qabul qiladi. (8-q.) Ushbu Kodeksning 159-moddasida nazarda tutilgan tartibda qabul qilingan qaror ustidan berilgan shikoyat boʻyicha qaror, soliq auditi natijalari boʻyicha soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish va (yoki) qoʻshimcha hisoblangan soliqlarni toʻlash toʻgʻrisidagi qaror shikoyat olingan sanadan eʼtiboran bir oy ichida yuqori turuvchi soliq organi tomonidan qabul qilinadi. Bu muddat soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) tomonidan quyi turuvchi soliq organlaridan shikoyatni koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni (axborotni) olish uchun yoki shikoyat bergan shaxs qoʻshimcha hujjatlarni taqdim etganda uzaytirilishi, biroq oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. (9-q.) Ushbu moddaning sakkizinchi qismida koʻrsatilmagan shikoyat boʻyicha qaror soliq organi tomonidan shikoyat olingan sanadan eʼtiboran oʻn besh kun ichida qabul qilinadi. Bu muddat soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) tomonidan quyi turuvchi soliq organlaridan shikoyatni koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni (axborotni) olish uchun yoki shikoyat bergan shaxs qoʻshimcha hujjatlar taqdim etganda uzaytirilishi, biroq oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. (10-q.) Soliq organi rahbarining (rahbar oʻrinbosarining) shikoyatni koʻrib chiqish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qarori shikoyat bergan shaxsga qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran uch kun ichida topshiriladi yoki yuboriladi. (11-q.) Soliq organining shikoyatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qarori shikoyat bergan shaxsga qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran uch kun ichida topshiriladi yoki yuboriladi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling