Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq bazasiga tuzatish kiritish


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

257-modda. Soliq bazasiga tuzatish kiritish 
(1-q.)
Soliq toʻlovchida soliq bazasiga tuzatish kiritish quyidagi hollarda amalga oshiriladi: 
1) tovarlar toʻliq yoki qisman qaytarilganda
2) koʻrsatilgan xizmatlardan voz kechilganda; 
3) bitim shartlari oʻzgarganda, shu jumladan joʻnatilgan tovarlarning, koʻrsatilgan 
xizmatlarning narxi va (yoki) soni (hajmi) oʻzgarganda; 
4) tovarlarni (xizmatlarni) sotuvchi tomonidan chegirmalar berilganda. Ushbu bandda 
nazarda tutilgan tuzatish kiritish, agar siylovlar berish shartlari shartnoma shartlarida yoki soliq 
toʻlovchining narx (tarif) siyosatida nazarda tutilgan boʻlsa, ilgari amalga oshirilgan tovarlarni 
(xizmatlarni) yetkazib berish boʻyicha soliq bazasini kamaytiradi. Bunday shartlar tovarlar 
yetkazib berish (xizmatlar koʻrsatish) shartnomasining muayyan shartlarini xaridor tomonidan 
bajarishni, shu jumladan tovarlarning (xizmatlarning) muayyan hajmini olishni va muddatidan 
oldin haq toʻlashni nazarda tutishi mumkin.
(2-q.)
Soliq bazasiga uni kamaytirish yoki koʻpaytirish tarafga tuzatish kiritish bir yillik 
muddat doirasida, kafolat muddati belgilangan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha esa kafolat muddati 
doirasida amalga oshiriladi. 
(3-q.)
Soliq toʻlovchida soliq bazasiga tuzatish kiritish tovarlarga (xizmatlarga) haq toʻlash 
boʻyicha majburiyat ushbu Kodeksning 313-moddasiga muvofiq umid qilib boʻlmaydigan 
qarzdorlik deb eʼtirof etilganda va uni hisobdan chiqarish lozim boʻlgan hollarda ham amalga 
oshiriladi. Bunday holda tuzatish kiritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan tasdiqlanadi. 
(OʻzR 11.03.2022-y. OʻRQ-758-son Qonuni tahriridagi qism) 
(4-q.)
Soliq bazasiga tuzatish kiritish (salbiy yoki ijobiy) qoʻshimcha hisobvaraq-faktura 
yoki ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar yuzaga kelganligini tasdiqlovchi 
boshqa hujjatlar asosida va ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollar roʻy bergan 
soliq davrida amalga oshiriladi. 
(5-q.)
Soliq bazasi xatolarni tuzatish natijasida oʻzgartirilgan taqdirda, shuningdek ilgari 
yozib berilgan hisobvaraq-fakturaga oʻzgartish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish zarur boʻlganda 
ushbu moddaning qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday holda ilgari yozib berilgan hisobvaraq-faktura 
bekor qilinadi va uning oʻrniga qonunchilikda belgilangan tartibda tuzatilgan hisobvaraq-faktura 
rasmiylashtiriladi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 


(6-q.)
Tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib beruvchi tomonidan soliq bazasiga tuzatish kiritish 
amalga oshirilayotganda, xaridor yetkazib beruvchi tomonidan rasmiylashtirilgan qoʻshimcha 
hisobvaraq-faktura asosida ilgari oʻzi hisobga olish uchun qabul qilgan soliq summasiga tegishli 
tarzda tuzatish kiritadi (koʻpaytiradi yoki kamaytiradi). 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling